3.Amaliy mashg’ulot: Dorivor o’simlikdan olinadigan fitopreparatlarning farmasevtika sanoatidagi o’rni Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o‘simliklar kimyosini va o‘simliklardan olinadigan dorivor maxsulotlarni analiz qilish usullari va ularni sanoatda olinish texnologiyalarini o‘rgatadi.
Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko‘p bosqichlidir. O‘simlik tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o‘simlik xom ashyosini sifatini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi.
Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va og’ir kasalliklarni davolash uchun o‘simliklardan tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu O‘simliklaming kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo‘lgan qismlaridan - ya’ni ba’zi o‘simliklaming er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba’zilarining esa er ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘, po‘stloq yoki o‘t o‘simliklaming butunlay er ustki qismi-o‘ti) foydalaniladi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir. CHunki kimyo fanining ayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko‘plab kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo‘li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor preparatlarning 40% ga yaqini o‘simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada ko‘proq ishlatish rejalashtirilmoqda.
Dorivor o‘simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo‘lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yo‘li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste’mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o‘zgarishlami yuzaga keltirishidir. SHunga ko‘ra so‘nggi vaqtlarda butun dunyoda o‘simlik dorivor preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o‘simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o‘z navbatida fanning axamiyatini yanada ortishiga olib keladi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
5.Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar xamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor o‘simliklarni o‘rganish. SHu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi, xamda asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalarning yMadigan organlari va vaqti aniqlanadi.
6.O‘simlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqarish xamda ularning texnologiyalarini yaratish.
7.Dorivor maxsulotlarga normativ-texnik xujjatlarni (NTX) tuzish. Buning uchun dorivor maxsulotlarning chinligini, sifatli xamda biolgik faol moddalarini aniqlash usullarini mukammallashtirish, qayta ko‘rib chiqish yoki yangi usullar yaratish.
8.Fitopreparatlar va dorivor o‘simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi dorivor o‘simliklar izlab topish va yangi, samarali fitopreparatlar yaratish. SHu maqsadda xalq orasida va an’anaviy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarni xamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarning boshqa turlarini o‘rganishni tashkil qilish.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fanini farmatsevtika institutlarida o‘qitiladigan barcha fanlar bilan bog‘liqligi katta. Bu fan quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bularga organik va noorganik kimyo, dori turlari texnologiyasi, galen preparatlari, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari, botanika, o‘simliklar to‘qimalari biotexnologiyasi, analitik va fizik, kolloid kimyo, biokimyo va farmakalogiya fanlari kiradi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari qismlaridan tashkil topgan. Nazariy qismida bu fanning axamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi, tarixi, dorivor o‘simliklarning manbai, ulardan biologik faol moddalarni ajratish va tozalash usullarini, texnologiyalarini (texnologik sxema va jarayonlari bilan), analiz qilishning umumiy usullarini o‘rganadi. Institut laboratoriyalarida o‘tkaziladigan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarda dorivor maxsulotlarni NTX (NTD) buyicha analiz qilishni, ulardan olinadigan preparatlarni jarayonlari texnologiyasi, xamda ularda ishlatiladigan apparatlar o‘rganiladi.
Dorivor o‘simliklarni o‘rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Dorivor o‘simlik va maxsulotining o‘zbekcha va lotincha nomlarini, o‘simliklarning qaysi oilaga mansubligi.
Dorivor maxsulotlarini yig’ish va quritish usullarini bilish.
O‘simliklardan dorivor maxsulotlarni ajratib olish texnologiyasini, xamda shu texnologik jarayonlarda ishlatiladigan jixozlar va ularning ishlash prinsipini bilish.
Dorivor maxsulotlarni boshqa aralashmalardan ajrata bilish.
Dorivor maxsulotning kimyoviy tarkibini asosiy ta’sir etuvchi va birga uchraydigan moddalarini bilish. Asosiy ta’sir etuvchi birikmalarning kimyoviy formulasini yoza bilish. O‘simlik tarkibidagi moddalarning sharoit ta’sirida miqdor va sifat o‘zgarishlarini bilish.
O‘simlik maxsulotlarining tibbiyotda va boshqa soxalarda ishlatilishini, ulardan tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish.