Toshkent farmasevtika instituti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə6/9
tarix13.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#129475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Мавзу

Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor о‘simliklar bilan davolab kelingan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tibbiyotlarida ishlatiladigan dorivor о‘simliklar ayniqsa diqqatga sazovor. Dorivor о‘simliklarning foydali xususiyatlarini qadim zamonlarda ham halqimiz bilgan va ulardan turli xastaliklarni davolash uchun foydalangan. Shifobaxsh о‘simliklardan foydalanish о‘zining qadimiy zaminiga ega. Bu zamin qadimiy Hind tabobatida boshlangan desak xato qilmaymiz. Hindiston florasi о‘simliklarga juda boy bо‘lib, unda kо‘plab dorivor о‘simliklar ham о‘sadi. Shuning uchun bu yerda bemorlar asosan Hindistonning о‘zida о‘sadigan dorivor о‘simliklar bilan davolanganlar. Hind tabobati dori-darmonlar haqidagi ma’lumotlarni ulug‘ hakim Sushrut (m. a. IV asr) «Yajur-veda» nomli mashhur kitobida 700 ta shifobaxsh giyohlarga tavsif bergan. U kitobda nomi keltirilgan dorivor giyohlardan Hind tabobatida hozir ham foydalanib kelinmokda. Hind tibbiyoti Tibet, Xitoy, Yaponiya, keyinchalik Mо‘g‘iliston va Buryatiyaga yoyila boshlaydi. Bu davlatlardagi mahalliy dorivor о‘simliklar soni Hindistondan keltirilgan о‘simliklar hisobiga orta bordi. Tibet tibbiyoti Hind tibbiyoti ta’sirida rivojlandi. Mashhur «Djut-shi» («Shifobaxsh dori-darmonlar mohiyati») kitobi ham Hindiston «Yajur-veda» si asosida yozilgan.

Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan о‘simliklar, hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab vrachlarining xizmati katta bо‘ldi. Ular tibbiyot sohasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga qayta nashrdan chiqardilar hamda Hindistondagi dorivor mahsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida qо‘llay boshladilar. О‘z davrining mashhur tabiblari bо‘lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, eronlik Abu Mansur Muvafaq, xorazmlik Al-Xorazmiy, Abu Rayxon al-Beruniy, arab Ibn Baytar va boshqalarni butun dunyo taniydi. Abu Mansur Muvafaq Hindistonga sayohat qilib, hind tibbiyoti hamda u yerda ishlatiladigan dorivor moddalar bilan tanishadi va bu haqda kitob yozadi. U о‘z kitobida 466 ta о‘simlik va 44 xil hayvondan olinadigan dorivor mahsulotlarning qо‘llanishini ta’riflaydi. Bokulik farmatsiya magistri Abdul Axundov 1893 yilda bu kitobni chuqur о‘rganib, arab tilidagi dorivor mahsulotlarni aniqladi. Ibn Baytar о‘z kitobida 1400 xil dorivor mahsulotlarni ta’riflagan. Mashhur hakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik «Al-qonun» («Tib qonunlari») kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag‘ishlangan bо‘lib, kitobning II jildida о‘sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor о‘simliklar, ulardan va hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda mineral dorivor vositalar ta’riflangan. Kitobda keltirilgan dorivor о‘simliklar soni 500 tadan, о‘simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 tadan oshadi. «Al-qonun» kо‘pgina Ovrupo tillariga tarjima kilingan bо‘lib, fakat lotin tilining о‘zida 16 marta chop etilgan. XVI asrgacha Ovrupo vrachlari undan qо‘llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa tabo- batda va an’anaviy tibbiyotda hozirda ham «Al-qonun»dan keng foydalanilmoqda.


Qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida «Kitob as-saydana fit-tibb», ya’ni «Tibbiyotda farmakognoziya» asarini yaratadi. Bu asarda о‘sha davrning sharq tabobatida qо‘llaniladigan 674 ta dorivor о‘simlik va 90 ta о‘simlik mahsulotlari tо‘g‘risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, «Saydana»da yana 104 ta hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda shu vaqtgacha tо‘g‘ri aniqlanmagan 113 ta dorivor о‘simliklar hakida ma’lumotlar bor.
Yukorida keltirilgan Ibn Sino va Al-Beruniy asarlarida farmakognoziyaga tegishli qator masalalar (dorivor о‘simlik mahsulotlarini yig‘ish, quritish, saklash muddati, ulardan dori turlari tayyorlash masalalari va boshqalar) о‘z ifodasini topgan.
XIII asrda birinchi marta arab farmakopeyasi «Karabadini» nomi bilan (xorazmlik mashhur hakim Ismoil Jurjoniy о‘zining «Xorazmshoh Karabadini» kitobini XII asrning boshlarida yozgan edi) va farmakopeya tipidagi bir qancha kitoblar («Mahzan al-adviya», «Tuhfat-ul-mо‘minin», «Tazkiran-i-Umil Albob») bosilib chiqdi. Shu davrda dorixonalar ham ochildi.
XV asrda Amerika qit’asi ochilishi munosabati bilan Yevropa medsinasida ishlatiladigan dorivor о‘simlik turlari Amerika о‘simliklari (masalan, tamaki, kakao, xin daraxti va boshqalar) hisobiga kо‘paya boshladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin