Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining vazifasi: dorivor o‘simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, kimyoviy tarkibi va tasnifi, tabobatda qo‘llanilishi, qimmatbaho dorivor turlarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish masalalarini о‘rganishdan iborat.
Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivor о‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor vositalar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. О‘simliklar о‘z tarkibida ma’lum kasallikka shifo bо‘la oladigan, kishi organizmiga qandaydir ta’sir kо‘rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Buning uchun shu о‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bо‘lgan qismlaridan, ya’ni ba’zi о‘simliklarning yer osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba’zilarining esa ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘, pо‘stlok yoki о‘t о‘simliklarning butunlay yer ustki qismi — о‘ti) foydalaniladi. Biologik faol moddalar о‘simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda tо‘planmaydi. Ba’zi о‘simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida tо‘planadi. Dorivor vosita tayyorlashda ishlatiladigan biologik faol birikmalarga boy bо‘lgan о‘simlik organlari dorivor mahsulotdeb ataladi.
Dorivor o`simliklar fiziologiyasi va biokimyosining boshqa fanlar bilan aloqasi
Dorivor o`simliklar fiziologiyasi va biokimyosi kimyo
sitologiya
fizika
biokimyo
ekologiya
biofizika
Umumiy mikrobiologiya
biotexnologiya
botanika
Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bо‘lgan biologik faol moddalari bо‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. Biologik faol moddalar kо‘pincha ayrim о‘simliklarga xos bо‘lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona, mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, skopalamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis, marvaridgul, erizimum о‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’noguldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsiantlar), kumarinlar, efir moylari, flavonoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar sifatida uchraydi. Ba’zi dori turlari, dorivor vosita va toza moddalar о‘simlik hamda hayvonlarning birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan efir moylari, smolalar, moy va yog‘lar, daraxt yelimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari), lanolin, prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi.