O`simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishiga xissa qo`shgan chet el olimlari
olimlar
D. Pristli
A.N.Baxx
T.Sossyur
M. Kalvin
D.I. Arnon
R.Emerson
R. Xill
J. Senebe
Y. Ingenxauz
1899 yilda professor Varlix Rossiyada о‘sadigan dorivor о‘simliklar atlasini va shu davrda rus olimi N. I. Annenkov botanika lug‘atini tuzadi. Bu kitoblar hozir ham о‘z qimmatini yо‘qotmagan. Shveysariyalik farmatsiya professori Chirx G‘arbiy Yevropada о‘sadigan о‘simliklar ustida uzoq vaqt ish olib boradi. Uning shu sohada yozgan uch jildlik kitobi olamga mashhur. Birinchi jahon urushi boshlangandan sо‘ng chet mamlakatlardan Rossiyaga dori mahsulotlari olib kelish imkoni bо‘lmay qoldi. Shundan keyin Rossiya florasini, ayniqsa dorivor о‘simliklarni о‘rganish va ularni kо‘p miqdorda yig‘ish ishlari boshlanib ketdi. Ba’zi dorivor о‘simliklar (kо‘knori, angishvonagul, kanakunjut) plantatsiyalari tashkil etildi. Belladonna о‘simligi о‘sadigan joylar aniqlandi. Rossiya dorivor mahsulotlarga muhtoj bо‘lsada, lekin ularni yig‘ish ishlari faqat Rossiyaning Yevropa qismidagina uyushtirilgan bо‘lib, floraga boy Kavkaz, Sibir, О‘rta Osiyo va boshqa yerlar e’tibordan chetda qoldirilgan edi. Xalq komissarlari Soveti 1921 yilda dorivor о‘simliklarni yig‘ish va ekish tо‘g‘risidagi maxsus Dekret chiqaradi. Bu Dekret farmatsevtika sanoatining rivojlanishida, dorixonalarni dori mahsulotlari bilan ta’minlash hamda dorivor о‘simliklarni yig‘ishda katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Dori mahsulotlarini yig‘ish ishi bilan faqat davlat mahkamalari shug‘ullana boshlaydi va bu ish ma’lum reja asosida olib boriladi. Dekret asosida yangi ilmiy-tekshirish muassasalarini ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi qо‘llanma va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar yaratish zarur edi. Shu maqsadda 1931 yilda Butunittifoq dorivor va xushbо‘y о‘simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILAR) ochiladi.
Bundan tashqari, Butunittifoq о‘simlikshunoslik instituti (VIR) ochiladi. Bu institutning asosiy vazifasi chet eldan keltirilgan dorivor va boshqa foydali о‘simliklarni ekish usullarini hamda ularning agrotexnika qoidalarini о‘rganishdan iborat edi. Dorivor о‘simliklarni ekish va agrotexnika usullarini о‘rganish bilan ularga bо‘lgan ehtiyojni qondirish qiyin bо‘lib, shu sababli dorivor о‘simliklarni qidirib topish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyalar Kavkaz, О‘rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq va boshqa tumanlar florasini о‘rgana boshladi. Bunday ekspeditsiyalar Butunittifoq dorivor о‘simliklar instituti (VILR), Sobiq Ittifoq va respublikalar Fanlar Akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika bog‘lari, farmatsevtika institutlari va boshqa oliy о‘quv yurtlari hamda ilmiy-tekshirish institutlarining ayrim laboratoriyalari tomonidan uyushtirilib kelindi. Ayniqsa, bu sohada VILR va Sobiq Ittifok Fanlar Akademiyasining botanika bog‘lari tomonidan (L.A.Utkin, P.S.Massagetov va boshqalar rahbarligida) о‘tkazilgan ekspeditsiyalar diqqatga sazovordir. Ekspeditsiyalar natijasida yangi, ayniqsa chet eldan keltirilgan dorivor о‘simliklar о‘rnini bosadigan juda kо‘p dorivor о‘simliklar topildi. Shy bilan birga qator dorivor о‘simliklarning kо‘p о‘sadigan joylari, ularning zahiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib ketayotgan muhim dorivor о‘simliklarni ma’lum miqdorda tayyorlash va ularni saqlab qolish tadbirlari ishlab chiqildi.