Toshkent farmasevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti sanoat farmatsiya yo’nalishi mavzu : jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali sog’lom turmush tarzini shakllantirish
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI SANOAT FARMATSIYA FAKULTETI SANOAT FARMATSIYA YO’NALISHI MAVZU : VOLEYBOLNING RIVOJLANISH TARIXI, O’YIN TEXNIKASI, TAKTIKASI VA QOIDALARI
Voleybol toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2.24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Voleybol toʻrining katakchalari soni 1 000 ta (enida 100 ta va boʻyida 10 ta) boʻlib, bitta katagining toʻrt tomoni 10 sm dan boʻladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi..
Voleybol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro voleybol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo voleybol konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda ommaviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi

Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Voleybol AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi
1895—1920-yillar voleybol oʻyini rivojlanishining birinchi bosqichi boʻlib hisoblanadi. Oʻyinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 1900-yil — Kanada, 1908-yil — Kuba, 1909-yil — Puerto-riko, 1910-yil — Peru, 1917-yil — Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900—1913-yillar — Yaponiya, Kitay, Filippinda, 1914-yil — Angliya, 1917-yil — Fransiya.

Voleybol sobiq ittifoqda 1920—1921-yillarda oʻrta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) nohiyalarida tarqala boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shugʻullanishga sanʼat va teatr vakillari kirishdilar. 1923-yilda tashkil etilgan „Dinamo“ jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targʻib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq SHarqda — Xabarovsk va Vladivostokda paydo boʻldi. 1925-yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP/b/ MK 1925-yil 13-iyul qarori katta ahamiyatga ega boʻldi. Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri boʻlgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish zarurligi uqtirib oʻtildi. Markaziy qoʻmita qarori voleybolning tobora taraqqiy etib borishiga kuchli taʼsir koʻrsatadi.
Oʻyin uch yoki besh partiyadan iborat boʻlib, har bir partiya 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 boʻlsa, oʻyin 17 ochkogacha davom etadi. Soʻnggi partiya (3-va 5-)da oʻyin hisobi „taym-brek“ asosida olib boriladi. Yaʼni oʻyindagi har bir harakat natijasiga qarab toʻpni oʻyinga kiritish huquqi qaysi jamoada boʻlishidan qatʼiy nazar jamoaga magʻlubiyat yoki gʻalaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada oʻyin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. Oʻyin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar:
Zarba berishda: tana va tana qismlarini toʻrga tegib ketishi (9 metrli belgilangan chegara oraligʻida), qoʻnish vaqtida oyoq oʻrta chiziqdan butunlay oʻtib ketsa, raqib tomonidagi toʻpga tegilsa va hokazo.

Himoyada:
Toʻpni qabul qilishda: agar toʻpni uzatishdagi xatolar boʻlsa;
Toʻsiq qoʻyishda: zarba berishdagi xatolar boʻlsa, ochko olishdan yoki toʻpni oʻyinga kiritish huquqidan mahrum qiladi.