Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Kasimova Eʼzozxon Аlijanovnaning



Yüklə 42,5 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#88339
MTRK 3 yangilik


Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Kasimova Eʼzozxon Аlijanovnaning 09.00.04 -Ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotida milliy va diniy qadriyatlarga tayanish ijtimoiy rivojlanish omili” mavzusidagi dissertatsiyasi natijalaridan amaliyotda foydalanilgani toʼgʼrisida
DАLOLАTNOMА
Mamlakatimizda amalga tatbiq etilayotgan Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yoʼnalishlardan biri «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʼylangan, oʼzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat» qilib belgilangan. Demokratik islohotlar davrida mamlakatimizning ijtimoiy-maʼnaviy barqarorligiga tahdid tugʼdiradigan salbiy gʼoyalar taʼsiridan himoyalash uchun milliy va diniy qadriyatlar tushunchasining mazmun-mohiyati, namoyon boʼlish shakllari, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi oʼrni muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Kasimova Eʼzozxon Аlijanovnaning 09.00.04 -Ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Yangi oʼzbekiston taraqqiyotida milliy va diniy qadriyatlarga tayanish ijtimoiy rivojlanish omili” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi ilmiy yangilik va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oldiga qoʼygan vazifalarni amalga oshirishda foydalandi.
Tadqiqotning koʼpmillatlilik sharoitida milliy meros, diniy va milliy qadriyatlar, milliy urf-odat va anʼanalarni umuminsoniy tamoyillar bilan uygʼunlashtirish milliy bagʼrikenglikni namoyon qiluvchi hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka xizmat qiluvchi mexanizm ekanligi oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy barkamollik tarbiyasida ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3907-son, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 736-con Qarori bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy rukndagi ko‘rsatuv va eshittirishlar, 2021–2022 yillardagi “Taʼlim va tapaqqiyot”, “Millat va maʼnaviyat”, “Oʼzbekiston yoshlari” eshittirishlarini samarali tashkil etish hamda dastur va stsenariylarni tayyorlashda foydalanilgan.
Direktor o’rinbosari A.Abduvaliyev
Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin