O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
“MIKROBIOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA” fanidan
o‘quv qo‘llanmasi
NARKULOV JAHANGIR
“UMUMIY MIKROBIOLOGIYA”
2018-yil
6
UMUMIY MIKROBIOLOGIYA.
Mikroblar morfologiyasi.
Mikroblar olamiga bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, viruslar, va
prionlar kiradi. Ushbu mikroolam vakillarining ayrimlariga mustakil yashash
qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun «mikroorganizmlar» atamasi mos keladi
(bakteriyalar, zamburug‘lar, jonivorlar). Bakteriyalarning o‘zagi, o‘zak qobiliyati-
ga ega bo‘lmagan bakteriyalar -
prokariotlar
, boshqalarni (zamburug‘lar, sodda
jonivorlar) chegaralangan o‘zak saqlaydi, ularni
eukariotlar
deb ataladi.
Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Ular havoda, tuproqda, suvda,
ovqat maxsulotlarida, atrof buyumlarida, tanamizning ichida va yuzasida, o‘simlik
va hayvonlar organizmlarida uchraydi. Mikroblarning bunday keng tarqalishi
ularni tabiatda va odam hayot faoliyatida ahamiyati juda katta ekanligidan
darak beradi.
Mikroorganizmlar barchasi uch toifaga bo‘linadi patogen yoki zararli-
odam,hayvon,o‘simlik organizmlarida turli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadigan
shartli- patogen va nopatogenlarga bo‘linadi.
Bakteriyalar
(lotincha bacteria katakcha, tayoqcha) tabiatda keng
tarqalgan biologik xususiyatlari jihatidan har xil bo‘lgan, bir hujayrali, o‘simlik-
lar dunyosidan kelib chiqqan, xlorofilsiz guruhlardir.
Bakteriyalar prokariotlar podshoxligiga, skotobakteriyalar bo‘limiga man-
sub, Berji aniqlamasida 2-dan 17-guruhlarga kiradi. Bakteriyalarning o‘lchamlari
har-xil bo‘lib, mikrometrlarda (mkm) o‘lchanadi. Ularning ichida yirik, mayda va
o‘rtacha kattalikdagi bakteriyalar uchraydi, 0,1-0,15 mkmdan 16-28 mkm gacha
keladi. Aksari kasallik qo‘zg‘aydigan bakteriyalarning kattaligi 0,2 mkmdan 10
mkmgacha keladi. Eng yirik bakteriyalarga kuydirgi va gazli gangrena qo‘zg‘a-
tuvchilari eng maydalariga-brutsellez va tulyaremiya qo‘zg‘atuvchilari kiradi.
Bakteriyalar ularga bir xil shakl beradigan elastik hujayra devoriga ega.
Bakteriyalarning shakllari bilan farqlanadigan 4 ta asosiy guruhlari mavjud:
dumaloq, biroz uzunchoq, ovalsimon, lansetsimon yoki loviya shakldagi
bakteriyalar:
7
-
kokklar;
-tayoqchasimon;
-ipsimon;
-burama shakldagi bakteriyalar.
Hamma bakteriyalar o‘zlarining shakllaridan qat’iy nazar, oddiy ikkiga
bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, ammo bo‘linish usullari har xildir: uzunasiga,
ko‘ndalang, ikkita o‘zaro kesishgan (perpendikulyar) tekislikda va boshqalar
bo‘linish usullariga qarab, bakteriyalar ichida morfologik farq kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |