8
8,16, va undan ortiq paket kabi joylashgan. Kokklar guruxi stafilokoklar
(grekcha Stafilion shingil) - uzum shingiliga o‘xshash bo‘lib joylashgan
kokklar.
Mikrokoklar, tetrakoklar odam uchun patogen emas, qolganlari har-xil
yuqumli kasalliklar, aksariyat yiringli yallig‘lanish chaqiradi.
Tayoqchasimon
bakteriyalar (grekcha – Bacterium- tayoqcha) eng ko‘p
tarqalgan va har-xil guruhdagi bakteriyalar. Spora hosil qilishiga qarab,
tayoqchasimon bakteriyalar ikkiga bo‘linadi:
1. Bakteriyalar yoki spora hosil qilmaydigan tayoqchalar
B
deb belgilanadi.
2. Batsillalar va klostridiylar- spora hosil qiladigan bakteriyalar
Bac
deb
belgilanadi (lotincha Bacillus- tayoqcha), klostridiylarni esa
Clostir
(-yig‘, duk,
urchuq)
Tayoqchasimon bakteriyalarning uzunligi va qalinligi har xil bo‘ladi.
Masalan: semiz va ingichka, kalta va uzun. Har xil shaklga ega bo‘lishi
mumkin: tuxumsimon, sharsimon, silindsimon, dumaloqlashgan. Tayoqchasimon
bakteriyalar ichida juda ko‘p yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari mavjud:
ichak infeksiyalari, jarohat, zoonoz va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: