1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə58/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
биол маж лекция

Superovulyatsiya. Sut emizuvchilarda urg‘ochi hayvonlar maxsuldorligini oshirishning imkoniyatlari katta hisoblanadi. Tuxumdonda o‘n va yuz minglab ovotsitlar mavjud. Biroq, ontogenez davrida ulardan bir qismigina avlod sifatida foydalaniladi. Qolgan ovotsitlar atreziyaga (qayta rivojlanish) uchraydi va avlod davom etishida qatnashmaydi.
Superovulyatsiya – gormonlar ta’sirida vujudga keltiriluvchi holat hisoblanib, hayvonlar tuxumdonida bir necha marotaba ko‘proq tuxum hujayralar urug‘lantiriladi. Turga bog‘liq holatda urug‘lantiriladigan tuxum hujayralar soni 3-8 va hatto 50 marotabagacha oshirilishi mumkin. Bu usul yordamida maxsuldor qora mol zotlaridan katta miqdordagi maxsuldor zotli avlodni olish mumkin.
Sun’iy urug‘lantirish. Hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ko‘paytirishda foydalaniladigan eng qadimiy va yaxshi o‘zlashtirilgan biotexnologik usullardan biri hisoblandi. Bu usuldan foydalanish natijasida jinsiy infeksiyalarning tarqali cheklanadi, bu infekisyalar ba’zida hayvonlarni bepusht qilib qo‘yishi mumkin. Shuningdek, bu usul samarali maxsuldorlikka ega bo‘lgan genetik potensialdan yaxshi foydalanish imkonini tug‘diradi. Sun’iy urug‘lantirishning iqtisodiy samaradorligi shundaki, bunda ishlab chiqaruvchilar sonining kamayishiga olib keladi, genopi bo‘yicha xo‘jalik jihatidan foydali bo‘lgan zotlarni jadal sur’atlarda ko‘paytirish imkonini beradi.
Embrionlar transplantatsiyasi. Hayvonotchilik sohasida hozirgi kunda embrionlar transplantatsiyasi juda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Embrionlarni ko‘chirib o‘tqazish orqali yuqori maxsuldorlikka ega bo‘lgan qora mollar avlodini keskin orttirish mumkin. Embrion transplantatsiyasi yoki embriotexnologiya donor hayvon bachadonidan bir yoki bir nechta embrionlarni olib, embrionlar tug‘ilgunga qadar rivojlanuvchi, retsepient hayvon bachadoniga o‘tqazishdan iborat. Bu usul donorlarning superovulyatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, maxsuldor hayvonlarning katta miqdordagi avlodini yaratish imkonini beradi. Bu usul yordamida u yoki bu zotdagi hayvonlar embrionini boshqa hududlarga go‘sht beruvchi qora mollarni retsepient sifatida foydalanib tarqatish mumkin. Bu usuldan foydalanish qishloq xo‘jalik hayvonlarida genafondning mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasida oddiy usulda tarqalishini ta’minlaydi. Embrionlarni ko‘chirib o‘tqazish maxsuldor qoramollarni ma’lum sabablarga ko‘ra, kassalik yoki yoshi o‘tib qolishiga bog‘liq holatda tug‘ish imkoniyatlari yo‘qotilganda ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Quyonlarda oqsim kasalligiga qarshi immunitet xosil qilishda kasallangan hayvonlarni saqlab qolishda xam transplantatsiya usuli qo‘l keladi. Bunda embrion transplantatsiyalanuvchi jinsiy yo‘llar orqali embrionda oqsim kasalligi virusi yo‘qotiladi. Transplantatsiya usuli embrionlarni vaqtinchalik saqlash uchun xam foydalaniladi. Quyon tuxumdonlarida qo‘ylarning embrionlarini uzoq masofalarga tashish amalga oshirilgan.
70-yillarda embrionlarni ko‘chirib o‘tqazish faqat jarrohlik usulida amalga oshirilgan, keyinchalik esa bu ish nisbatan kam zarar beruvchi va qiyin xirurgik ishlarni kamaytiruvchi holatda, tabiiy yo‘lak orqali zondlar yordamida bajarila boshlangan. Bunda zond uchta kanaldan iborat bo‘ladi. Bu kanallardan biri balonni shishirishga mo‘ljallangan, buning natijasida bachadon tarmoqlari bekitiladi, suyuqlik oqimi to‘siladi. Boshqa kanal orqali 25-30oS haroratga ega bo‘lgan, fiziologik eritma jo‘natiladi va embrion yuvilib, eritma bilan birgalikda uchinchi kanal orqali probirkaga tushiriladi, bunda probirkadagi eritma suv hammomiga o‘rnatilgan bo‘lib, harorati 35oS ni tashkil qiladi. Bu suyuqlikdan embrion chiqarib olinadi. O‘rtacha miqdorda donor superovuyatsiyasi holatida 5 tadan 7 tagacha embrion olish mumkin.
Transplantatsiya maxsus zond yoki urug‘lantirish to‘pponchalari amalga oshiriladi. Embrionlar bachadon yo‘laklariga joylashtiriladi. Urg‘ochi retsepientlarning stel xususiyati - 21-kunlikda qon plazmasi tarkibidagi progesteron miqdori orqali tekshiriladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin