1-mavzu: Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi



Yüklə 67,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.11.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#166129
1   2   3   4   5
Geometrik materiallarni o\'rgatish metodikasi

Maydon (Yuza) 
O'quvchilarda shaklIaming yuzasi haqidagi tasavvurni shakllantirish metodikasi miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish umumiy metodikasi 
asosida qurildi. Yuza haqidagi tushunchalar bolalarda har qanday figura, kattami, kiehikmi, baribir tekislikda rna'lum yuzani egallashi lozim degan 


oddiy tushunehaga tayanib olib boriladi. Ko'rilayotgan tushunchani tushuntirish uchun shaklning namoyish qilishga mo'ljallangan yoki yakka tartibdagi 
modellaridan foydalaniladi.
Rasmlarni bir-biri ustiga qo'yish yo'li bilan bolalar ikki shaklning yuzasi teng ekanligiga, to'rtinchisi esa beshinchidan kichik, beshinchining 
ichiga sig'a olishini ko'radilar. O'qutuvchi shakllarni yuzasi oshib borishi tartibda joylashtirishni va ularni raqamlar bilan belgilashni taklif etadi. 
Bunday mashqlar jarayonida bolalarning yuza haqidagi tasavvurlarini aniqlashtiriladi. Shundan so’ng turli shakllarning yuzalarini taqqoslashni taklif 
etadi. Buning uchun ushbu shakldagi kataklar sonini sanab chiqish lozimligini bolalarning o'zlari anglab etadilar_ Shakl yuzasi qancha katta bo'lsa, 
kataklar soni ham ko'p bo'ladi. Buning oqibatida yana bir o'lcham - uchburchakni ham tanlash imkoni tug'iladi. Yuzalarni taqqoslashda bir xii 
o'lchamdan foydalanish zarurligiga bolalar diqqatini qaratish lozim. Buning uchun turli kvadratlarga taqsimlangan namoyish shakllardan foydalanish 
mumkin. Bolalar kesma uzunligi bilan tanishish davrida bajargan mashqlardan foydalanish mumkin. «Uch o'quvchi bir maydon yuzasini o'lchadilar, 
ulardan birinchisining javobi 8, ikkinchisi 4, uehunchisi 2 edi. Nega bunday bo'ldi? Bolalarning qay biri yuzani to'g'ri o'lchadi? (shakl daftarga 
chiziladi) o'quvchilar o'lchov vaqtida uchchala bola o'z o'lchamidan foydalarganligi tufayli uch xii javob olinganini tushunib yetadilar. O'qituvchi 
uchchala o'lchamlarni turli ranglarga bo'yaydi. Bu kabi mashqlar o'quvchilarni o'lchov uchun yagona birlik - 1 kv. sm (har tomoni bir sm. o'lchov 
birligi) ni umumiy o'lchov birligi sifatida qabul qilish fikriga olib keladi. Har bir o'quvchida bir kv.sm o'lchov modeli bo'lishi kerak. Maydon yuzini 
o'ichash jarayonini o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirishlari uchun bolalarga turli xil geometrik shakllar berilib, ularni 1 kv. sm model bilan 
o'lchash tavsiya etiladi. Bu topshiriq shu tomoni bilan ma'lumki, shakllar yuzasini o'lchash davomida ular shakl maydoni qancha kvadrat santimetrdan 
iborat ekanini bilishga harakat qiladilar. O'quvchilar 1 kv. sm o'lcham modelni figura yuzasiga joylashtirib, hisoblab chiqishlari qiyin. Kvadrat to'r 
kataklar chizilgan yupqa qog'ozdan foydalanish esa ancha qulay ekanini tushunib yetadilar. Shu bilan bolaiar paletkadan foydalanishni o'rganib, uning 
yordamida turli shakllar yuzasini topish bo'yicha mashqlar bajaradilar. To'g'ri burchakli to'rtburchaklar yuzasini aniqlashda amaliy usullardan 
foydalanish lozim. Bu usul to'g'ri to'rtburchakda nechta 1 kv.sm modul o'lchami borligini ko'rsatadi. Buni yana ham qulayroq yo'l bilan, ya'ni 
to'rtburchak enini bo'yiga ko'paytirish bilan ham topish mumkin. 

Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin