1-mavzu: Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi


Geometrik tushunchalar billan tanishuv



Yüklə 67,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#166129
1   2   3   4   5
Geometrik materiallarni o\'rgatish metodikasi

Geometrik tushunchalar billan tanishuv
Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo'lgan. Geometriya yunoncha so'z bo'lib, "yer o'lchash" degan ma'noni bildiradi (geo yer, metreo - 
o'ichayman).
Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bovilon, ayniqsa, Yunoniston olimlari katta hissa qo'shdilar. Yer maydonlari sathini 
o'lchash, ariqlar o'tkazish, turli ko'rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig'ishini bilish zarurati 
geometriyaga oid dastlabki ma'lumotlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Nuqta, kesma, siniq chiziq, to 'g'ri chiziq, ko 'pburchak, kvadrat, to 'g'ri 
to'rtburchak. uchburchak, aylana, doira, shar, kub-bularning hammasi geometrik shakllardir. Har qanday geometrik shakl nuqtalar to'plamidan iborat. 
Buyuk yurtdoshlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va ulaming shogirdlari geometriya 
fanini o'z asarlari va ilmiy natijalari bilan boyitishdi. Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularning uzunliklari, yuzi, 
hajmlarini hisoblash bilan shug 'ullanadi. Siz, aziz o'quvchilar, sodda geometrik shakllar (to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va ulardan tuzulgan 
shakllar)ning tomonlari uzunligini, yuzini o'lchash va hisoblash bilan shug'ullanasiz. Har bir kattalikni o'lchash uchun esa o'lchov birligi zarur. Shuning 
uchun ham hayotimizda juda muhim bo'lgan uzunlik, yuz o'lchov birliklari bilan tanishasiz. 
«10 gacha raqamlash» mavzusini o'rganishda bolalar nuqta va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to'rtburchak, beshburchaklar va 
boshqa ko'pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi. «100 raqamigacha bo'lgan sonlarni qo'shish va ayirish» mavzusini o'rganishda esa 
to'g'riburchak, to'g'riburchakli to'rtburchak, kvadratlar, kopburchaklarning bir ko'rinishi sifatida o'rganadilar.
2- va 3-sinflarda geometrik shakllari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlami shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 


 a) Geometrik shakllar va ulaming elementIari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o'rganiladi, geometrik shakllami tanib olish va o'zaro 
farqlash ko'nikmalari shakllanadi.
b) Katak daftarda chizg'ich va uchburchak shakllami yasash.
d) Shakllami guruhlarga ajratish.
e) Shakllarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa shakllar yasash. 
t) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish. 
g) (4-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalami o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirish. 
Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida geometrik tasavvumi shakllantirish metodikasida ma'lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon 
va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak. 
Geometrik elementlarni o'rganishda quyidagi metodlardan masalan, geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog'oz, cho'plar, plastilin va 
simlardan shakllarning modellarini yasash, qog'ozda geometrik shakllarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvumi rivojlantirishga omil bo'ladi. 
Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki, bolalar 
ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik shakllaming barcha 
sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvuming to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan, to'g'riburchakli to'rtburchakni o'rganishjarayonida bolalar 
uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.
Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan-sinfga o'tgan sari o'zgarib boradi. Masalan, «kesma», «burchak», 
"ko'pburchak" kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol 
berish noto'g'ri bo'lar edi. Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o'z bilimi doirasida javob 
bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor). 
Quyi sinf o'quvchilarini geometrik shakllar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo'igan harakat nafaqat dasturiy talablami oshirishga, shu bilan 
birga materialni noto'g'ri o'zlashti-rishga qadar xatolarga yo'l qo'yishga, masalan, o'quvchilar kvadratning to'g'ri burchakli to'rtburchak ekanligini 
sezmaydilar, kO'pburchakli shakllar hisobiga faqat besh-olti burchakli shakllami kiritadilar. 
Boshlang'ich sinflarda geometrik materialni o'rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to'g'ri va to'g'ri bo'lmagan burchaklar, ko'p burchakli 
shakllar (burchaklar soniga ko'ra uchburchak, to'rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar. 


 Mashg'ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to'g'ri to'rtburchak, to'rtburchak yoki ko'pburchakli shakl deb atay 
olsinlar. 
Geometrik materialni o'rganishda chizma va o'lchov asboblarini qo'llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik shakllar tasvirini yasash bilan 
bog'liq bo'lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko'nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday holatlarda bajarilayotgan ishlarni so'zlar 
bilan tariflay olish, dasturda ko'zda tutilgan simvolika(belgi, ramz) va atamalarni qo'llay olish muhim ahamiyatga egadir. 
Shuni ham nazarda tutish zarurki, boshlang'ich sinflarda olingan geometrik shakllarni yasash va o'Ichashga doir ko'nikmalar bolalar ongida uzoq 
vaqtlar saqlanib qoladi.
Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari 
chizg'ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqIik biIan o'Ichash ko'nikmasiga ega bo'lishlari kerak. Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni 
bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash 
ko'nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo'yish kerak. 
Chizish va o'Ichashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa 
fanlardan, 
jumladan, 
mehnat 
darsi, 
tasviriy 
san'at, 
tabiatshunoslik 
mashg'ulotlaridan 
ham 
foydalanish 
lozim. 

Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin