1-mavzu âGlobal iqtisodiy rivojlanishâ fanining predmeti va vaz-hozir.org
5.5. Globallashtirishdagi nuqsonlar Globallashtirish oldingi davrga qaraganda hozirgi vaqtda yuqori bosim ostida turibdi. Ushbu bosim hamma joylarda ham sezilayapti. Sahroi Kabirdan Janubiy Afrika mamlakatlari, Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va О‘rta Osiyoning katta qismi turg‘unlik yoki iqtisodiy pasayish holatidadir. Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada sekin iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda.
Ochiq bozor va erkin savdo tarafdorlariga bunday vaziyat jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Nima uchun globalizatsiya xavf ostida qoldi? Nima uchun uning samarasi faqatgina ayrim mamlakatlarda tо‘planadi? Biroz balanslashtirilgan globalizatsiyaga erishish mumkinmi? Ushbu savollarga osongina javob topish qiyin. Bozorlarni ochish, iqtisodiy о‘sish uchun zarurdir, lekin bu yetarli sharoit emas. Dunyoning ayrim mintaqalari globalizatsiyadan katta manfaat kо‘rmoqda: misol tariqasida Xitoy va Sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarini keltirish mumkin. Biroq globalizatsiya bir qator mamlakatlarda, xususan Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika mamlakatlari ham zarar kо‘rdi.
AQSH hukumati qashshoq davlatlarda yuzaga kelayotgan muammolarga ularning о‘zlari sababchi degan taasurotni qoldirishga harakat qilishadi. Afrika davlatlaridagi sekin iqtisodiy о‘sishga Amerika liderlari fikricha, ulardagi boshqaruvning yomonligida, deyishadi.
Huquqiy qо‘llanmaning boshqaruvi bо‘yicha farqlanuvchi (yaxshi tarafi bilan) davlatlar – Ganu, Tanzaniya, Malavi va Gambiyani kо‘rib chiqamiz. Ushbu davlatlarning yashash darajasi oxirgi ikki о‘n yilliklarda pasaygan, bu paytda Osiyoning Pokiston, Bangladesh, Mayami va Shiri-Lanka kabi mamlakatlarda iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda.
Shuni nazarda tutish lozimki, iqtisodiy faoliyat natijalari faqatgina boshqaruv sifatiga bog‘liq bо‘lmay balki о‘sha mamlakatning geosiyosiy joylashuviga va iqtisodiyotning strukturasiga ham bog‘liqdir.
Aholisi kо‘p bо‘lgan mamlakatlarda aholisi kam mamlakatlarga qaraganda jadal iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda. Dengizga chiqish imkoniyati keng bо‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy kо‘rsatkichlari kо‘pincha suv yо‘llaridan uzoq mamlakatlar kо‘rsatkichlaridan oshib ketadi.
Malyariya (infeksion) kasalligi darajasi yuqori mamlakatlarda iqtisodiy о‘sish sekin bо‘lishi kuzatilsa, ushbu kasallik kam bо‘lgan mamlakatlarda esa iqtisodiy о‘sish yuqori bо‘ladi. Katta bozorlarga ega bо‘lgan boy mamlakatlar bilan chegaradosh rivojlanayotgan mamlakatlarda xususan Meksikada katta iqtisodiy yutuqlarga erishilmokda. Ushbu farqlanishlar haqiqatda muhim о‘rin tutadi. Agar boy mamlakatlar bundan sо‘ng ham shu kabi tuzilmaviy masalalarga e’tibor bermasa, biz ”yutish” va “yutqazish” о‘rtasida miqdor qanchalik о‘sib borishiga guvoh bо‘lamiz. Rivojlangan mamlakatlar barcha aybni “kam omadli” mamlakatlarga qо‘yib, ularni qandaydir ma’noda globalizatsiyaning yaxshi tomonlaridan foydalanilmayotganini e’tirof etadilar. Bu nafaqat ayrim mintaqalarda qashshoqlashish darajasining oshishiga, balki har xil salbiy holatlar, ya’ni zо‘ravonlik, terrorizm kabilar ta’sirida noroziliklarning о‘sishiga olib keladi.
Shunday ekan, globalizatsiya jarayoniga rivojlangan davlatlar, xususan AQSH taklif etganday jiddiy e’tibor berish vaqti yetdi. U eng zaruriy va chetlab bо‘lmaydigan vazifalar dunyoda kambag‘al kishilarni asosiy ehtiyojlarini qondirishga erishishdan boshlash lozim. Kо‘pgina hollarda bu holat davlat boshqaruvi bilan yaxshilanadi. Boshqa muammolarga kelsak, mamlakatni qashshoqlikka olib keluvchi asosiy sabablar sirasiga kasalliklar, iqlimning о‘zgaruvchanligi, unumsiz tuproq, bozordan uzoqlik va boshqalarni keltirish mumkin.
Haqqoniy baholash shuni kо‘rsatadiki, bunday muammolarni о‘sha mamlakatlar о‘zlari alohida hal qila olmaydilar. Har xil boshqaruvdagi muammolarni aytish о‘rniga haqiqatda har-xil yanada yomon oqibatlar kelib chiqishini oldini olish maqsadida yetarli moliyaviy yordam kо‘rsatish lozim.
Quyida ushbu xulosalar bо‘yicha namuna keltiramiz. Kasalliklardan saqlash va kasallik profilaktikasini ta’minlay oladigan, yetarli dori-darmonlar bilan ta’minlaydigan sog‘liqni saqlash tizimini ta’minlash lozim. Ushbu holatda sog‘liqni saqlashda bir kishiga yillik xarajat 40 AQSH dollarini tashkil etadi. Bu summa rivojlangan davlatlarda 2 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Normal faoliyatni olib boruvchi sog‘liqni saqlash tizimining qiymati YAIMdan oshadi. Yillik jon boshiga tо‘g‘ri keluvchi daromad 200 AQSH dollarini tashkil etuvchi Malaviga yetarli yordam kо‘rsatilmasa, Malavi aholisi har xil kasalliklardan halok bо‘ladi.
Muvaffaqiyatli globalizatsiya bizdan vrach kabi mulohaza qilishga undaydi. Biz kambag‘allarni gunohlari uchun ularni tanqid qilish о‘rniga, iqtisodiy о‘sish mamlakat, mintaqa iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan aniq tashxisni qо‘yishga harakat qilishimiz kerak.
Ayrim mintaqalarda xususan Andax va О‘rta Osiyoda asosiy muammo geografik bо‘linishdir. Bundan asosiy maqsad yо‘llar qurish, havo orqali xatlar jо‘natish bu dunyoning boshqa hududlarida yangi texnologiyalar bо‘yicha ishlovchi mutaxassislar bilan internet orqali aloqalarni kuchaytirishdir. Aynan rivojlangan mamlakatlar shu kabi loyihalarni kasallik va kamchiliklarni tо‘ldirishi lozim.
JAR va Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlar uchun asosiy vazifa kasallik tarqalishi ustidan nazoratni о‘rnatish, tuproq unumdorligini oshirish va ma’lumotlarga erkin kirish imkoniyati hisoblanadi.
Boshqa bir qator mintaqalarda suv muammosi diskriminatsiya (eto negativnoye otnosheniye, predvzyatost, nasiliye, nespravedlivost i lisheniye opredelyonnix prav lyudey po prichine ix prinadlejnosti k opredelyonnoy sotsialnoy gruppe), ayollar yoki ayrim guruhlar manfaatiga ziyon, shuningdek, muammolarni ayrim xususiyatlarini kо‘zda tutuvchi muammolardir.
Allaqachon globalizatsiya murakkabliklariga jiddiy qarash lozim. Vashington konsensusi, ya’ni vaziyat qanday bо‘lishiga qaramay bir yagona siyosatni qо‘llash fikri yakuniga yetgan. Mana endi hammaga globalizatsiya samarasini kо‘rish bо‘yicha murakkab ishlarni boshlash zarur. Hamkorlik aloqalarini olib borayotgan mamlakatlarda yomon mafkuraviy, siyosiy fikrlarni chiqarib tashlashga erishish lozim. Bizning umumiy kelajagimiz shunga bog‘liq.