1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə53/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

7.7. Zamonaviy jahon xоjaligida moliya tizimining vazifalari va uni tartibga solish zarurati
Jahon moliyaviy resurslari barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy markazlar moliya resurlarining yig‘indisidan iborat. Tor ma’noda - bu tashqi iqtisodiy faoliyatda, ya’ni rezident va norezidentlar о‘rtasidagi munosabatlarda foydalaniladigan moliyaviy resurslardir.
Jahonning moliyaviy resurslari doimo harakatda bо‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchilari о‘rtasida qayta taqsimlanib boradi. Bu resurslarning bir qismi oltin-valyuta zahiralariga tushadi, bir qismi yordam tariqasida imtiyozli shartlar bilan chet elga taqdim etiladi va asosiy qismi jahon moliya bozorlarida sotiladi – sotib olinadi.


Jahon moliya resurslari uch qismga bо‘linadi:
moliyaviy yordamlar
oltin-valyuta zahiralari
jahon moliya bozori


Moliyaviy yordam davlatlararo kreditlar va grantlar yoki xalqaro tashkilotlarning kreditlari va grantlari tariqasida beriladi.

Oltin-valyuta zahiralari rasmiy va xususiy zahiralardan iborat.

Jahon moliya bozorlariga valyuta, aksiyalar, sug‘urta, derevativlar (moliyaviy derevativlar (fyucherslar, opsionlar, forvard bitimlari) oldi–sotdisi) va kredit bozorlari kiradi. Kredit bozori о‘z navbatida bank kreditlari va qimmatbaho qog‘ozlar shaklidagi qarz majburiyatlariga bо‘linadi.
Jahon moliya resurslarining asosiy qismi rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. Bu mamlakatlarning jismoniy shaxslari, kompaniyalari, tashkilotlari, hukumatlari moliyaviy resurslarning asosiy qismiga egalik qiladilar. Ularning moliyaviy vositalari jahon moliya bozorida muomalada bо‘lib, jahondagi moliyaviy yordamning asosiy manbai ham bо‘lib hisoblanadi.
Jahon moliya bozori moliya-kredit tashkilotlarining yig‘indisidan iborat bо‘lib, ular vositachi sifatida kreditorlar va qarz oluvchilar hamda moliyaviy resurslarni sotuvchi va sotib oluvchilari о‘rtasida moliyaviy aktivlarni qayta taqsimlaydilar.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin