3-mavzu: Statik ishlarni bajarganda organizmdagi fiziologik o`zgarishlarni
tekshirish.
Ishdan maqsad. Q o`llarga tayanib, oyoqlarni burchak qilib turganda yurak-tomir va nafas olish sistemalarining ba`zi bir ko`rsatkichlarini aniqlash.
Zarur jihozlar.Rivo-Rochchi apparati, pnevmograf, kimograf, fonendoskop, sekundomer.
Ishni bajarish tartibi. Talabalar kichik-kichik(4-5tadan bo`lib) guruhlarga bo`linadi. Statik ish oldidan sinaluvchi odamning o`tirgan holatida 10 sekunddagi puls soni, arterial qon bosimi aniqlanadi va bir minut davomidagi nafas harakatlari yoziladi. So`ngra u oldin 30 sekund, keyin 60 sekund davomida 0,5m oraliqda qo`yilgan stollarda qo`llariga tayangan holda oyoqlarini uzatib 90 gradus burchak ostida ushlab turadi. Har bir ishni bajarish jarayonida sinaluvchining 10 sekunddagi pulsi sanalib, pnevmogrammasi yozib olinadi. Ish tugashi bilan sinaluvchi odamning o`tirgan holatida tiklanish davri har minutning 10 sekundida puls qayta sanaladi, har 2 minutda qon bosimi o`lchab turiladi va tiklanish davrining har bir minutining 30 sekundida nafas olish harakatlari yoziladi. Olingan pnevmogramma bo`yicha 30 sekunddagi nafas olish soni aniqlanadi. Funktsional ko`rsatkichlar ishdan oldingi holatga qaytguncha tekshirish shu tartibda davom ettiriladi.
Olingan natijani quyidagicha tartibda ifodalang.
Qo`llarga tayanib, oyoqlar burchak ostida yozilganda yurak-tomir va tashqi nafas ko`rsatkichlarining o`zgarishi.