1-mavzu: Har-xil jismoniy chiniqqan sportchilarning o`lchamli ish bajarishda organizmning funksional rezervlarini tekshirish. Ishdan maqsad



Yüklə 125,42 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2021
ölçüsü125,42 Kb.
#49158
1   2   3   4   5   6   7   8
AMALIY SPORT FIZIOLOGIYASI

Zarur jihozlar. Rivo-Rochchi apparati, fonendoskop, sekundomer, pnevmograf, kimograf, elektrometronom, nafas niqobi, gaz schyotchigi, uch tarmoqli kran.

Ishni bajarish tartibi. Talabalar guruhlarga bo`linadi. 3 daqiqa davomida sinaluvchi odamning nisbiy tinch holatdagi pulsi bilan arterial qon bosimi aniqlanadi va nafas olish harakatlarini yozib olib, nafasning minutlik hajmi aniqlanadi. So`ng sinaluvchi odamga maksimal tezlik bilan 20 sek davomida biror bir ish bajarish taklif etiladi. Masalan, turgan joyida maksimal tezlik bilan yugurish yoki Garvard-Step testi bo`yicha zinaga ko`tarilib tushishva hokazo. Harakat tezligi ko`z bilan chamalab yoki maksimal tezlikka sozlangan elektrometronom tovushi bo`yicha kuzayib turiladi. Yuklama tugashi bilan har minutning birinchi 10 sekundida puls, har 2 minutda qon bosimi aniqlanadi, har minutning birinchi 30 sekundida nafas olish harakatlari yoziladi va shu vaqtda chiqarilgan nafas havosi schyotchik orqali o`tkaziladi. Shunda olingan ko`rsatkichlar ishdan oldingi ko`rsatkichlarga qaytguncha shu tartibda tekshirish davom ettiriladi.

So`ng sinaluvchiga o`rtacha tezlikda 20 minut ish bajarish taklif etiladi, ya`ni u elektrometronom tovushi bo`yicha minutiga 120 marta qadam tashlab, turgan joyida yuguradi. Yuklama tugashi bilan puls, qon bosimi, nafas olish harakatlari va nafasning minutlik hajmi xuddi maksimal tezlikda ish bajarishdagiga o`xshash tekshiriladi.



Yüklə 125,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin