1-mavzu: Har-xil jismoniy chiniqqan sportchilarning o`lchamli ish bajarishda organizmning funksional rezervlarini tekshirish. Ishdan maqsad



Yüklə 125,42 Kb.
səhifə8/8
tarix30.12.2021
ölçüsü125,42 Kb.
#49158
1   2   3   4   5   6   7   8
AMALIY SPORT FIZIOLOGIYASI

Sinaluvchining I.SH.

Ko`rsatkichlar

Ishgacha

Ish bajarish vaqtida

Ishdan keyin

1-min

2-min

3-min

4-min

5-min




10 sekunddagi puls soni

























Arterial qon bosimi(mm.s.u maks/min)

























30 s dagi nafas olish soni























4-mavzu: O’lchamli ish bajarishda sportchini organizmidagi fiziologik holatlar dinamikasini tekshirish (ishga kirishish va turg’un holatlar)

Ishdan maqsad. Turgan joyida takroriy yugurish paytidagi vegetativ funksiyalar dinamikasini aniqlash.

Zarur jihozlar: pnevmograf, kimograf, nafas ventili, ulash uchun rezina nay, gaz schyotchigi, Duglas qopi, elektrometranom, sekundomer, spirt, paxta.

Ishni bajarish tartibi. Sinaluvchi odamning o‘tirgan holatida 10 sekunddagi pulsi, nafas olish soni, 30 sekunddagi o‘pka ventilyatsiyasi aniqlanadi va bir minut ichida necha marta nafas olish harakatlari yozib olinadi. So‘ngra u elektrometranom tovushiga mos ravishda minutiga 120 marta qadam tashlab, turgan joyida 30 sekunddan olti marta yuguradi. Yugurishning har bir takrori orasida 10 sekunddagi puls, nafas olish soni va 30 sekunddagi o‘pka ventilyatsiyasini aniqlash uchun 30 sekund tanaffus beriladi.

Sinaluvchi har gal yugurgandagi qadamlari soni elektrometranom tovushiga monand hisoblab boriladi. O‘pka ventilyatsiyasining miqdori va nafas olish soniga qarab nafas olish chuqurligi hisoblanadi.

Tekshirishda olingan natijani quyidagi tartibda daftarga yozib, xulosa chiqaring.
Takroriy yugurishda tashqi nafas olishning ba’zi bir ko’rsatkichlari va puls urishining o‘zgarishi


Tekshirishlar vaqti

Ko’rsatkichlar

30 sekunddagi qadamlar soni

10 sekunddagi puls soni

30 sekunddagi nafas

olish soni

nafas olish chuqurligi

30 sekunddagi o‘pka ventilyatsiyasi

Tinch holatda
















Yugurishdan keyin
















1-

2-

3-

4-

5-

6-

7-

















5-mavzu: O`lchamli ish bajarishda sportchi organizmidagi fiziologik holatlar dinamikasini tekshirish (tiklanish holati).

Ishdan maqsad. Organizm turli xil funksiyalarini tik­lanish davri harakteri va muddatini kuzatish.

Zarur jihozlar: Rivo-Rochchi apparati, fonendoskop, sekundomer, pnev­mograf, veloergometr, gaz schyotchigi, elektrokardiograf, Duglas qopi, uch yulli kran, klapanli nafas niqobi.

Ishni bajarish tartibi. Talabalar kichik-kichik gruppalarga bo’linadi. Sinaluvchi o‘tirgan holatda yuragining elektrokardiogrammasi yozib olinadi, arterial qon bosimi o‘lchanadi, o‘pkasining minutlik hajmi aniqlanadi va 1 minutda necha marta nafas olishi yozib olinadi. Sinaluvchining nisbiy tinch holatini tularoq ta’riflash uchun hamma ko‘rsatkichlar (Puls, nafas olish soni, o‘pka ventilyasiyasi)ning 1 minutdagi o‘rtacha darajasi aniqlanadi. Shundan keyin sinaluvchi veloergometrga o‘tirib, 15 minut mobaynida pedalni minutiga 90 marta aylantirish bilan ish bajaradi. Ishning oxirgi minutida sinaluvchining 10 sekunddagi pulsi sanaladi, necha marta nafas olishi yoziladi va o‘pka ventilyasiyasi tekshiriladi. Ish batamom tugagandan keyin ko‘rsatkichlar qayta o‘lchab chiqiladi. Puls soni, arterial qon bosimi, pnevmogramma va o‘pka ventilyasiyasi to’liq tiklangandan keyingina tekshirish ishlari to‘xtatiladi.

Odatda, yuqoridagidek ish bajarilgandan keyin arterial qon bosimi, puls va nafas soni ishdan oldingi holatga tezroq, nafas olish chuqurligi va o‘pka ventilyatsiyasi esa keyinroq qaytadi, ya’ni keyinroq tiklanadi.

Tekshirish tugagandan keyin olingan natijani quyidagi tartibda daftarga yozib, xulosa chiqaring.

Veloergometrda ish bajargandan keyin qon aylanish va tashqi nafas olishning ba’zi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi


Tekshirish vaqti


Ko‘rsatkichlar

Nafas chuqurligi

puls soni

nafas olish

soni

Qon bosimi

n.m.x.

Maksimal

minimal

Tinch holatda

Tiklanish davri:

1 min

2 min

3 min

4 min

5 min

















Sxemada keltirilganlarga asoslanib, turli funksiya va ko‘rsatkichlarning har xil vaqtda normaga qaytishiga sabab bo‘ladigan omillar haqida qisqacha tushuncha bering.


6-7-8-mavzu: Jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik) ni

tekshirish.

Nazariy tushuncha. Harakat sifatlari deganda, odam harakat faoliyatining xususiyatlari: kuchi, tezligi, chidamliligi chaqqonligi va bo’g’imlar harakatchanligi tushuniladi. Bu sifatlar jismoniy tarbiyalash jarayonida rivojlanib boradi. Odamning tashqi qarshilikni yengish yoki tashqi kuchlarga qarshi ta’sir ko’rsatish qobiliyati muskul kuchi deyiladi. Odam kuchining yuzaga chiqishida muskulning taranglanish xossasi, ya’ni tonusi asosiy faktor hisoblanadi, biroq bu o’rinda gavda og’irligining ham ma’lum roli borligini unutmaslik kerak. Shuning uchun odam kuchi absolyut va nisbiy deb farq qilinadi.

Odamning biror harakatida gavda og’irligini hisobga olmay o’lchangan kuch absolyut kuch deyiladi. Odamning 1 kg vazniga to’g’ri keladigan kuch nisbiy kuch deyiladi.

Ayrim muskul kuchini absolyut va nisbiyga farqlashda ular taranglanish darajasining uning anatomik kesimiga nisbati nisbiy muskul kuchi deyiladi. Muskul taranglanish darajasining muskul tolalarining ko’ndalang kesimiga nisbati esa absolyut muskul kuchi deb yuritiladi.

Odamning ixtiyoriy maksimal kuchi uning absolyut kuchidan ancha kam bo’ladi. Absolyut kuch bilan ixtiyoriy kuchning farqi kuch defisiti (yetishmovchiligi) deyilib, mashq qilish natijasida u birmuncha kamayadi.



Tezkorlik deganda, ayni sharoitning minimal vaqt bo’lagida odamning ish bajarish qobiliyati tushuniladi. Odam harakat faoliyatining tezligi harakat apparatining qo’zg’alishi, qozg’alishni o’tkazishi, nerv jarayonlarining dinamikasi kabi qator omillarga bog’liq.

Chidamlilik odam uzoq vaqt davomida sur’atni pasaytirmasdan ish bajarish qobiliyati. Chidamlilik maxsus jismoniy sifat bo’lib, bajariladigan ishning xususiyatiga uzviy borliq.

Chaqonlik — odamning harakat faoliyatini o’zgaruvchan sharoit talabiga mos holda fazo va vaqtda aniq bajarish, harakat elementlarini yaxlit harakat aktida keltirish qobiliyati.

Ishdan maqsad. Sportchilarning harakat tezligi, kuchi, chidamliligi va chaqqonligining yuzaga chiqish xususiyatini hisoblash va baholash.

Zarur jihozlar: qo’lning qisish kuchini va gavdaning tiklanish kuchini o’lchash uchun dinamometr, elektrosekundomerga ulangan qo’l dinamometri, veloergometr, diametri 1—2 sm, uzunligi 50 sm keladigan metall yoki yog’och tayoqcha, qog’oz varaqlari, qalam.

Ishni bajarish tartibi. 1. Muskulning qisqarish oldidagi uzunligining muskul kuchiga ta’sirini aniqlash. Talabalar kichik-kichik guruhga bo’linadi. Sinaluvchilar qo’l panjasi va gavdasini maksimal darajada bukib, 30 sekund turganidan keyin qo’llarining qisish kuchi bilan gavdasini tiklash kuchi aniqlanadi. So’ng qo’li va gavdasi maksimal yozilgan holatda 30 sekund turgandan keyin qayta tekshiriladi.Olingan natija ish daftariga yoziladi.

2. Muskul kuchiga harakat analizatorining safarbarlik ta’sirini kuzatish. Sinaluvchining nisbiy tinch holatida qo’l dinamometri bilan barmoqlarining qisish kuchi o’lchanadi. So’ngra sinaluvchi tik turgan holatda qo’llarini oldinga uzatib maksimal tezlik bilan 10 marta ko’tarib tushiradi. Qo’l barmoqlarining qisish kuchi qaytadan o’lchanadi. Endi sinaluvchi qo’llarini oldingi tartibda 30 marta ko’tarib tushiradi va qo’l barmoqlaring qisish kuchi o’lchanadi.

Olingan natijalar jadval shaklida yozilib tahlil qilinadi va xulosa qilinadi.



Sinaluvchining I.Sh

Tajriba sharoiti

Qo’lni qisish kuchi

Gavdani tiklanish kuchi










O’ng qo’l

Chap qo’l










Muskul tolasining minimal uzunligidan keyin

Muskul tolasing maksimal uzunligidan keyin

Qo’llarni 10 marta ko’tarib tushirishdan keyin

Qo’llarni 30 marta ko’tarib tushirishdan keyin











Guruhdagi talabalarga bir varaqdan qog’oz tarqatiladi. Tajriba o’tkazuvchi odam sekundomerga qarab turgan holda maksimal tezlik bilan qogoz’ga nuqta qo’yishni boshlashga va 5 sekund o’tishi bilan ishni to’xtatishga ishora qiladi har bir kishi qo’ygan nuqtalar sonini sanab, uni 5 ga bo’lish bilan bir sekunddagi harakat tezligi aniqlanadi. Normada bunday harakatni sekundiga 6—8 marta bajarish mumkin. Harakat tezligini yuqoridagi usulda tekshirishda sinov uch marta o’tkazilib, tekshirish natijasining yirindisini uchga bo’lish o’rtachasi yoziladi va daftarga yoziladi.



Chaqqonlik sifatini aniqlash.

Sinaluvchining chaqqonligini aniqlashda turli usullardan foydalanish mumkin, ulardan eng qulaylari:

a) sinaluvchi kishi turgan joyida oyoqlarini qo’zg’atmasdan metall yoki yog’och o’qni kaftiga tik qo’yib, shu vaziyatda qancha ushlab turish vaqti aniqlanadi. Bu vaqt qancha uzoq bo’lsa, chaqqonlik shuncha yuqori baholanadi.

b) sinaluvchiga oldingi ishda qo’llangan tayoqchani belgilangan (bo’yoq bilan halqa chizilgan) qismidan tutib qolishi kerakligi tushuntiriladi. So’ngra tajriba o’tkazuvchi tayoqchani bo’yi baravar ko’tarib turib, vertikal holatda tushirib yuboradi. Sinaluvchi tayoqchani belgilangan qismidan qancha oraliqda tutib qolishiga qarab uning chaqqonligi aniqlanadi.






Sinaluvchining I.SH

1 sek harakat

reaksiya tezligi

Tayoqchani muvozanatda ushlash vaqti (sek)

Tayoqchani tutib qolishda yo’l qo’yilgan hato















9-mavzu: Umumiy razminkani fiziologik asoslash.

Ishdan maqsad: Umumiy razminkani fiziologik asoslash

Zarur jihozlar. Rivo-Rochchi apparati, fonendoskop, sekundomer, pnevmograf, kimograf, elektrometronom, nafas niqobi, gaz schyotchigi, uch tarmoqli kran.

Ishni bajarish tartibi. Razminka maхsus tanlangan jismоniy mashqlar kоmplеksi bo’lib, u har qanday spоrt mashqi va spоrt musоbaqasi оldidan o’tkaziladi. Razminka mashqlari spоrtchi оrganizmining funksional imkоniyatlarini оshiradi, uni bo’ladigan ishga tayyorlaydi, maksimal ish qobiliyatining yuzaga kеlishi uchun sharоit yaratadi.

Jismоniy tarbiya darsida, kirish qismining o’tkazilishi ish kuni bоshlanish оldidan gimnastika mashq o’tkazilishi ham shu maqsadga asоslangandir.

Оranizmning funksional sistеmalari, ayniqsa vеgеtativ urganlari kishi ishga kirisha hamоn birdaniga eng yuqori darajada ishlay оlmaydi. Оrganlar ishi maksimal darajaga ko’tarilishi uchun malum vaqt (3-4 daqiqagacha) talab qilinadi, shundan kеyingina ishga to’liq kirishib kеtiladi. Razminka mashqlari оrganizmning sistеmalari ishini kuchaytirish rivоjlantirish bilan birga uning ishga kirishib kеtish vaqtini qisqartiradi: yani оrganizm ishga tеzrоq kirishib kеtadi.

Razminka mashqlari ta’sirida markaziy asab sistеmasining qo’zaluvchanligi оptimal holatgacha ko’tariladi: mоddalar gazlar almashinuvi asta-sеkin kuchayadi, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tеzlashadi, dеpоlardan qоn aylanish sistеmasiga qоn chiqish natijasida, uning tarkibida qоn tanachalarining sоni оrtadi, gеmоglabin miqdori ko’payadi, nafas sistеmalarining funksional holati kuchayadi, tеr bеzlarining ishi оrtadi, asab sistеmasi va harakat reaksiyasining vaqti qisqaradi, mashq yuqori darajada mоhirlik, katta kuch yuqori tеzlik chaqqonlik va chidamlilik bilan bajariladi.

Razminka mashqlarining organizmga ta’siri bajariladigan mashqlar haraktеriga (mas: harakat tеzligi, muddati, og’ir chiziq yеngilligi va х.k.), spоrt turiga, spоrtchining jismоniy chidamligiga, оb-havо sharоitlari, spоrtchining individual хususiyatlari kabi bir qancha оmillarga bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham razminka muddati qanday mashqlar kоmplеksidan tashkil tоpishi spоrtchining individual хususiyatlariga qarab tanlanishi kеrak, ayniqsa, ma’lum spоrt turi bo’yicha o’tkaziladigan mashq va musоbaqalar оldidan razminka o’tkazish bunga katta ahamiyat bеrish lоzim bo’ladi.

Umum va maхsus razminka

Razminka 2 ta turga ajraladi. Umumiy razminka va maхsus razminka. Umumiy razminka оrganizmning umumiy ish qоbilityani оshirishga karatilgan bo’lib, asоsan vеgеtativ funksiyalarni kuchaytirish bilan ifоdalanidi. Ayniqsa yuqori tеzlik bilan bajariladigan harkatlar uchun yurak tоmir, nafas оrganlarining funksiyasi va tana harоratining birоz ko’tarilishi muhim ahamiyatga ega.

Tana harоratining bunday оrtishi skеlеt muskullari ishini kuchaytiradi, mоddalar parchalanishi hosil bo’lgan mahsulоtlarni ko’pincha sut kislоtasining to’liq оksidlanshini ta’minlaydi, muskullar faоliyatining fоydali kоeffitsеntini оshiradi, charchashga mоyilligini kamaytiradi.

Tana harоratining birоz оrtishi bilan harakat apparatida yuzaga kеladigan o’zgarishlar shundan ibоratki, yoglarning yumshashi oqibatida muskul elastikligi оrtadi. Mo’rtlik kamayadi, buginlardagi suyaklar yopishqоqlik kamayadi, bo’g’imlardagi harakatchanligi yaхshilanadi, ulardagi paylarning cho’ziluvchanligi оrtadi. Shuning uchun ham yaхshi tashkil etilgan razminka bilan bajariladigan mashq mashg’ulоtlarida razminkasiz bajariladigan muskul ishidagiga nisbatan muskullarning, paylarining haddan tashqari cho’zilishi travmalanishi (shikastlanish) kam bo’ladi, bundan tashqari gavdaning birоz qizishi bilan to’qimalardagi fеrmеntlarning faоlligi оrtadi, natijada kimyoviy reaksiyalar tеzlashadi, parchalanish va shikastlanish reaksiyalari tezroq o’tadi. Bu hol muskul ishining bajarilishida, uning enеrgiya bilan ta’minlanishida muhim rоl o’ynaydi. Razminka mashqlari ta’sirida asab hujayralarining qo’zg’aluvchanligi va labilligi, asab jarayonlarining dinamikasi оrtadi. Asab jarayonlari harakatchanligining оrtishi harakat aktlarining yuqori tеzligi bilan bajarilishini ta’minlaydi. Razminka mashqlari ta’sirida asab hujayralarida yuzaga kеlgan o’zgarishlar izi asоsiy ishga o’tishida zarur ahamiyatga ega, ya’ni ishga kirishib kеtishini tеzlashtiradi.

Maхsus razsminka har bir spоrt turi uchun хоs bo’lgan mashqlar kоmplеksidan ibоrat bo’lib, ayniqsa spоrt turi bilan shug`ullanishda mashq va musоbaqa оldidan o’tkaziladi.

Хush nima uchun maхsus razminka zarur, nеga umumiy razminka bilan chеgaralanib bo’lmaydi.

Har bir spоrt turida bajariladigan mashqlar o’ziga хоsligi bilan farqlanadi, ya’ni spоrt turida bajariladigan mashqlar ma’lum muskullar gruppasining ma’lum оrganlari, ma’lum sistеmalarining faоlrоq ishlashini talab etadi. Umumiy razminka bajarilganda, bu elеmеntlar ishiga unchalik jalb etmasligi mumkin. Qisqacha qilib aytganda, maхsus razminka оrganizmni ma’lum spоrt turi bo’yicha bajariladigan ishga tayyorlaydi, shu ishning funksiyasini yеtarli darajada rivоjlantiradi.

Yuqorida ko’rsatilganlar bilan bir qatorda shuni aytish kеrakki, razminka mashg’ulоtlari charchashga оlib bоrmaydigan, ya’ni tеr ajrala bоshlanguncha (оdatda 10-30 daqiqa) davоm etish kеrak. So’ngra razminka tugagandan kеyin 3-10 daqiqa ichida asоsiy ishni bоshlash zarur. Agar razminka bilan asоsiy ish оralig’i 10 daqiqadan ko’pga cho’zilmasa, asоsiy ishni bоshlash оldidan qisqa muddatli razminka mashqlari o’tkazish zarur, chunki razminka ta’sirida rivоjlangan fiziоlоgik funksiyalar muddatli razminka mashqlari o’tkazish zarur, chunki razminka ta’sirida rivоjlangan fiziоlоgik funksiyalar mashqlar tugashi bilan asta sеkin оrganizmning tinch holatidagi darajasiga qaytib, оrganizmni ishga tayyorgarligi pasaya bоshlaydi.




10-mavzu:Vestibulyar apparat qo’zg’alishida vegetativ funksiyalari o’zgarishini

tekshirish

Nazariy tushuncha. Odam harakat qilish, ko’rish, vestibulyar analizator va shuningdek, ma’lum darajada eshitish kompleksi yordamida o’zini fazoda orientatsiya qiladi.

Vestibulyar analizator boshining fazodagi holati o’zgarishini analiz qilish bilan gavda muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Vestibulyar analizatorning periferik qismi bo‘lgan vestibulyar apparatning chiniqqan bo‘lishi sport trenirovkasida muhim ahamiyatga ega. Gimnastlar, dorbozlar, suvga sakrovchilar, suzuvchilar, yadro uloqtiruvchilarning vestibulyar reaksiyalari turg‘unligi chiniqmagan kishilar reaksiyalariga nisbatan o‘rta hisobda 2—2,5 marta ortiq bo‘ladi. Suzuvchilarda vestibulyar reaksiyalarning ancha turg‘un bo‘lishini suzishdagi harakatlar — boshning ritmik burilishi, burchakli tezlanishlar, doimiy harorat ta’siri bilan tushuntiriladi. Dorbozlik, gimnastika, suzish mashg‘ulotlarida vestibulyar apparatning haddan tashqari kuchli qo‘zg‘atilishi sport natijalarini pasaytirishi mumkin.



Mashg‘ulotdan olingan natijani quyidagi tartibda daftarga yozib, xulosa chiqaring.

Vestibulyar apparatning chinihqanligini baholash uchun Yarotskiy tavsiya etgan quyidagi sinov qo‘llaniladi.

Vestibulyar sistemaning holati faqat mashq qilish va yoshga bog‘liq bo‘lmay, tug‘ma omillarga ham bog‘liq.

Ishdan maqsad. Vestibulyar analizatorning chidamliligini baholash.

Zarur jihozlar: Rivo-Rochchi apparati, sekundomer, elektrometranom, qo‘l dinamometri.

Ishni bajarish tartibi. Sinaluvchi odamni o‘tqazib qo‘yib, bir minutdagi puls soni, barmoqlarining qisish kuchi aniqlanib, arterial qon bosimi o‘lchanadi. So‘ngra unga Yarotskiy testi bo‘yicha yuklama beriladi, ya’ni u oyoqlarini juftlab tik turgan holatda ko‘zlarini yumib, sekundiga ikki marta boshini o‘ng va chap tomonga buradi, oldinga va orqaga, o‘ngga



74-rasm. Vestibulyar reaksiyalarning turg‘un holatini aniqlash uchun boshni harakatlantirish kompleksi.
va chapga egadi, soat strelkasining harakati bo‘yicha va aksincha aylantiradi (74-rasm). Bu harakatlarning har biri 30 sekund to‘xtovsiz bajariladi va 5 sekund tanaffus qilib, yana 30 sekund davom ettiriladi.

Mashq tugaganidan keyin puls soni, arterial qon bosimi, barmoqlarning qisish kuchi qayta aniqlanadi.

Sinaladigan sportchi oyoqlarini juft qo‘ygan holda tik turadi. Tajriba o‘tkazuvchi ishni bajarishni taklif etishi bilan u boshini katta tezlikda aylantira boshlaydi va buni muvozanatini yo‘qotguncha davom ettiradi (sinaluvchi yiqilib tushmasligi uchun uning yonida talabalardan biri ogoh bo‘lib turishi kerak). Mashq boshlanganidan to tugaguncha o‘tgan vaqt sekundomer bilan o‘lchanadi. Bu tekshirishda Yarotskiy ko‘rsatishicha, sog‘lom odam o‘rta hisobda 28 sekund davomida muvozanatini saqlay oladi, chiniqqan (o‘rgangan) sportchilar esa 90 sekund va undan ortiq vaqtda ham muvozanatini yo‘qotmay tura oladi.
Nazorat savollar

1. Vestibulyar analizatorning funksiyasini tushuntirib bering?

2. Vestibulyar apparatning funksional holati qanday tekshiriladi?

3. Qaysi sport turi vakillarida vestibulyar apparat boshqalarnikiga nisbatan yaxshi chiniqqan bo‘ladi, buni qanday izohlash mumkin.




11-mavzu: Sportchi ish qobiliyatini bo’yicha kursi yordamida aniqlash.

Ishdan maqsad: Sportchi ish qobiliyatini PWS 170 bo`yicha kursi yordamida aniqlash.

Zarur jihozlar: balandligi 50 sm, 43 sm va 40 sm bo’lgan kursilar, metranom, sekundomer.

Ishni bajarish tartibi. Garvard step-testi bo’yicha ish qobiliyatini aniqlashda sinaluvchilarning yoshiga, jinsiga qarab kursi tanlanadi (jadvalga qarang).

Garvard step-testi bo’yicha ish bajarishda odamning yoshiga va jinsiga tegishli kursi tanlash.

Sinaluvchining jinsi va yoshi

Kursining balandligi(sm)

Kursiga ko’tarilish muddati(min)

Erkaklar

Ayollar


Bolalar-yigitlar

Qizlar


50

43

50



40

5

5

4



4

Sinaluvchi to’rtta hisob bilan kursiga ko’tariladi va tushadi. Kursiga ko’tarilish minutiga 30 marta bo’ladi, buning uchun metranom bir minutda 120 marta tovush beradigan qilib sozlanadi. Metranomning bitta tovushida sinaluvchi bir oyog’ini kursiga qo’yadi, ikkinchisida ikkinchi oyog’ini quyib kursi ustiga chiqadi, uchinchi tovushda bir oyog’ini kursidan tushirib yerga qo’yadi, to’rtinchi tovushda ikkinchi oyog’ini ham yerga qo’yadi .Shunday tezlik bilan 5 minut davomida ishlaydi, ish tugagandan keyingi 2, 3 va 4- minutlarning birinchi 30 sekundidagi puls sanaladi. Bunga qo’shimcha qilib tiklanish davrining 5 minut davomida har bir minutning 10 sekundidagi puls 50 sekundida qon bosimi o’lchab turiladi. Bu tekshirish dalillari ish qobiliyatining qo’shimcha ko’rsatkichlari hisoblanadi Ishdan keyingi 2, 3 va 4-minutlarning 30 sekundida aniqlangan puls bo’yicha quyidagi formulaga muvofiq ish qobiliyati aniqlanadi.



IGST=T*100/( f2+f3+f4)*2

Bu yerda IGST- Garvard step-testi indeksi,

T- ish bajarish muddati.

f2,f3,f4- 2, 3, 4- minutlarning 30 sekundidagi puls soni

masalan: f2=53, f3=44, f4=43 ishlash muddati 5 min bo’lsa

IGST=300*100/53*44*43*2=107




LABORATORIYA MASHG’ULOTI
1 Laboratoriya ishi: Jismoniy sifatlardan chidamlilikni tekshirish.
Yukni ushlab turishda chidamlilikni aniqlash

Talabalar 3—4 kishilik guruhga bo’linadi va navbat bilan quyidagi usulda yukning ma’lum darajadagi kuchni saqlab turishga chidamliligi aniqlanadi.

Sinaluvchi talaba qo’li barmoqlarining maksimal qisish kuchi aniqlanadi.

So’ngra unga elektrosekundomerga ulangan dinamometrni maksimal kuchning 75% ga teng kuch bilan qisib turish taklif etiladi. Elektrosekundomer to’xtashi bilan sinaluvchi yuklamani necha sekund bajargani aniqlanadi. Agar qo’l fonari batareykasi va lampochkasi ulangan dinamometr bilan ishlansa, lampochkaning uchishi sinaluvchi yuklamani bajarishdan to’xtaganini ko’rsatadi. Bunday holatda sinaluvchi berilgan yuklamani necha sekund ushlab tura olishini sekundomer bilan aniqlanadi. Chidamlilik sifati tekshirilgan odamda nisbiy baholanadi.



Charchashgacha ish bajarishda chidamlilikni aniqlash

Sinaluvchining bitta qo’li barmoqlarining qisish kuchi uch marta aniqlanadi va eng yuqori ko’rsatkich daftarga yoziladi. So’ngra u poyondoz ustida qo’llarining kafti va oyoq uchlariga tayanib yotgan holatda gavdasini ko’tarib tushiradi. Bu ishni o’zi ko’tara olmay qolguncha bajaradi. Shundan keyin qisish kuchi o’lchangan kishi qo’l barmoqlarining qaytadan tekshiriladi. Olingan natija quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi.

K=π/H Agar K<1 bo’lsa chidamlilik yuqori, K>1 bo’lsa chidamlilik past deb baholanadi.

Sinaluvchi odamning chidamliligini tekshirish natijalari.




Sinaluvchining I.SH

Yukni tutub turish vaqti (sek)

Qo’lni qisish kuchi(kg)










Mashq bajarishgacha

Mashq bajarishdan keyin

K ning qiymati


















2 Laboratoriya ishi: Gavda muvozanatini saqlash malakasini turg’unligini tekshirish (statometriya)

Nazariy tushuncha. Organizmning shaxsiy rivojlanishi davomida hosil bo’lgan va avtomatlashgan darajagacha puxtalangan kuch hakatlari harakat malakasi deb ataladi. Harakat malakasi shartli reflekslar sistemasi bo’lgani sababli bog’lanishlar asosida shakllanadi. Puxtalangan vaqtincha odatlangan harakatlarni bajarishda jarayonlarining stereotipi yuzaga keladi. Vaqtincha bog’lanishlar sistemasining hosil bo’lishi odatlangan harakatni bajarish programmasining hosil bo’lish asosini tashkil etadi.

Harakat malakasining shakllanishi analizatorlar funksiyaning taqsimlanishi bilan kuzatiladi, chunki muskul sezgisi harakatni nazorat qilishda boshharuvchi rol o’ynaydi va qisman ko’rish analizatorlarining funksiyasini ham bajaradi Ko’rish analizatori sharoitni va faoliyat natijasini farq qilishda, shubhasiz, ishtirok etadi.

Fazoda gavda muvozanatini saqlash vatqtining kattaligi kuchnning malakasi bilan sport turiga qarab har xil bo’ladi. Gavda muvozanatini saqlash malakasi muntazam trenirovka jarayonida takomillashib boradi. Malakani takomillashgan darajada egallash o’ziga xos sezgi kompleksining vujudga kelishiga sabab bo’ladi.

Ishdan maqsad: Gavda muvozanatini saqlashda uning tayanch satxi va yerga tortilish markazi joylashishining ahamiyatini tushunish.

Zarur jihozlar: sekundomer, poyondoz.

Ishni bajarish tartibi: Sportchining statistik holatlari muvozanatni saqlash qobiliyati sekin-asta qiyinlashib boradigan 4 xil holatda tekshiriladi; hamma holatlarda ham ko’z yumilgan bo’ladi.

Birinchi holatda: oyoq uchlarida turib qo’llarni yonga osiltirib ushlanadi, oyoqlar juftlangan bo’ladi;

Ikkinchi holatda: oyoqlarni juftlab, oyoq uchlarida turib, qo’llar yuqoriga uzatilgan bo’ladi;

Uchinchi holatda: bir oyoqda turib, qo’llar yon tomonga uzatiladi va gavda gorizantal holatda bo’ladi;

To’rtinchi holatda: bir oyoqda turib, qo’llar yuqoriga uzatiladi va ikkinchi oyoqni bo’g’imidan 90° bukib ko’tariladi (1-rasm).


1-rasm. Ko’zni yumib turgan holda gavda muvozanatini

saqlashga doir sinovlar kompleksi

(A.I. Yarotskiy bo’yicha)
Tekshirishda olingan natijani quyidagi tartibda yozib, muvozanatni malakasini turg’unligini baholang.
Har xil statik holatlarda gavda muvozanatini saqlash vaqti




Sinaluvchining I.SH

Sport turi

Statik turg’unlikni saqlash vaqti (sek)

I-holat

II-holat

III-holat

IV-holat





















Yuqori malakali sportchilarni tekshirishda uchinchi holatdagi muvozanatni saqlash vaqtini belgilash tavsiya etilad. Bu test sport gimnastikasida, dorbozlikda, figurali uchishda, otishda va boshqalarda amaliy ahamiyatga ega.




3 Laboratoriya ishi: Sportchi ish qobiliyatini Garvard step-testi va organizmning aerob imkoniyatlari bo’yicha baholash.

IGST baholashda puls va qon bosimining qancha vaqt ichida va qanday holatda tiklanishini hisobga olish zarur. Tiklanish davrining 5-minutida puls va qon bosimi normal reaksiya bilan tiklanib yoki gipertonik, distonik, gipotonik reaksiyalar bilan kuzatilishi mumkin.

Test indeksi baho

55 dan kam yomon

55—64 o’rtachadan past

65—79 o’rtacha

80—89 yaxshi

90 va undan ko’p a’lo
Agar IGST ning yuqori ko’rsatkichi normatonik reaksiya bilan kuzatilsa, ish qobiliyati yaxshi hisoblanadi. Bordiyu, indeks yuqori gipotonik reaksiya bilan kuzatilsa, ish qobiliyati qanoatlanarli baholanadi. Bunday reaksiya yurak-tomir sistemasining yuqori darajali kuchlanishi va charchashidan darak beradi.

Agar IGST gipertonik yoki distonik reaksiya (2, 3 va 4-minutlarda tugamaydigan ton) fenomeni bilan kuzatilsa, ish qobiliyati qoniharsiz deyiladi.



Tekshirishda olingan dalillar bo’yicha ish qobiliyati aniqlanadi va jadvallarda keltirilgan dalillar bilan taqqoslab baholanadi.


4 Laboratoriya ishi: Sportchi ish qobiliyatini RS testi bo’yicha veloegrometr yordamida tekshirish.

Nazariy tushuncha. Jismoniy ish qobiliyati ma’lum vaqt ichida odam bajaradigan ishining eng katta hajmi bilan belgilanadi. Jismoniy ish qobiliyati bir qancha biologik, ekologik va sotsial omillarga bog’liq bo’lib, uni aniqlash turli sohalarda muhim ahamiyatga ega. Jismoniy ish qobiliyatini vositasiz va vositali usullarda aniqlash mumkin. Vositasiz usul bilan aniqlash, birinchidan, juda ko’p vaqt talab qiladi, ikkinchidan odam holdan toyganicha ishlashi zarur bo’ladi. Bunday holatda odam sog’ligiga zarar qilishi mumkin, shuning uchun ish qobiliyatini aniqlashda vositali usullar qo’llanadi.

Ishdan maqsad Sportchi ish qobiliyati PWS 170 testi bo`yicha veloergometr yordamida tekshirish.

Zarur jihozlar: veloergometr, sekundomer.

Ishni bajarish tartibi. PWC170 testi bo’yicha ish qobiliyatini aniqlashda sinaluvchi odam veloergometrda 5 minutdan 2 marta yengilroq ish bajaradi. Har ikkala ish 5-minutning oxirgi 30 sekundi davomida puls sanaladi; ikkinchi ish hajmi birinchi ish bajarishdagi puls o’zgarishiga qarab belgilanadi (quyidagi jadvalga qarang).
PWC170 ni aniqlash uchun ish quvvatining ko’rsatkchlari

(V.A. Karpman bo’yicha)


Tavsiya etiladigan PWC170 miqdori(kgm/min)

Birinchi ish quvvati PWC170 (kgm/min)

Birinchi ishda 1 min yurak qisqarishlariga qarab 2- ishning quvvati PWC170(kgm/min)

80-89

90-99

100-109

110-119

120-129

1000 gacha

1000-1500



1500 dan ortiq

400

500


600

1100

1300


1500

1000

1200


1400

900

1100


1300

800

1000


1100

700

900


1000



Berilgan ish quvvati va aniqlangan puls soni quyidagi formulaga qo’yilib, ish qobiliyati aniqlanadi.

W=N1+(N2-N1)*170*f1/ f2 –f1


Bu yerda N2,N1 birinchi va ikkinchi ish quvvati;

f2 ,f1 — birinchi va ikkinchi ishdagi puls soni.

Misol: N1— 800, N2 — 1500 kgm/min.



F1-115, f2-165.

PWC170= 800 +(1500 —800)-170-115/165-115=1570 kgm/min.



Jismoniy chiniqmagan erkaklarda PWC170 o’rta hisobda 1027 kgm/min yoki 15,5 kgm/min kg ga, ayollarda 640 kgm/min yoki 10,5 kgm/min kg ga teng.

Sportchi ayollarning jismoniy ish qobiliyati o’rta hisobda 780 kgm/min ga teng bo’lib, sport yo’nalishiga ham bog’liq; masalan, chidamlilikda chiniqayotgan sportchi ayollarning (chang’i, qayiqchilik, konkida uchish) ish qobiliyati o’rta hisobda 1244 kgm/min ga, gimnast ayollarda esa 835 kgm/min ga teng.
Yüklə 125,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin