QON BOSIMI - tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi
Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi.
ARTERIAL BOSIMNI Sfigmomanometr , tonometr,to’g’ridan to’g’ri,katetr yordamida o’lchashimiz mumkin
Tomirdagi qon bosimini o‘lchashning bir necha usullari bor. Masalan: 1. To‘g‘ridan – to‘g‘ri qon tomiriga igna kiritib, ignani ikkinchi tomonini rezina naycha bilan manometrga ulanib o‘lchanadi. 2.Yirik qon tomiriga ingichka katetr (ingichka polietilen naycha) kiritib uni ikkinchi uchi manometrga ulanadi va bosim o‘lchanadi. 3. Klinikada qo‘llaniladigan, qonsiz, qon bosimini o‘lchash usuli
sfigmONOMETR YORDAMIDA O’LCHASH
Texnik xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar. 1. Sfigmomanometr bilan ishlashda sistemadagi bosimni 260mm.sim.ust.dan oshirib yuborish taqiqlanadi. Bu holat asbobdagi simobni filtr orqali tashqariga chiqarib yuborishi mumkin. 2. Asbobni mustaqil tuzatish man qilinadi.
VAZIFALAR 1. Qo‘lning tirsakdan yuqori qismiga manjetani aylantirilib o‘raladi. va ilmoq bilan mahkamlab qo‘yiladi. 2. Noksimon havo yuboruvchi yordamida manjetaga havo yuboring va asbobda 160 – 180 mm sim. ust. teng bo‘lgan bosim hosil qiling. 3. Fonendoskop membranasini tirsak o‘ymasidagi arteriyaga qo‘ying. 4. Noksimon havo yuboruvchi vintini ochib, bosimni sekin kamaytiring (o‘lchami uchun yetarli tezlik olinadi). Shu bilan bir vaqtda fonendoskopdan tovush eshitilib turiladi.
5. Birinchi tonning hosil bo‘lishi bilan (qon siqilgan arteriyadan o‘tadi) manometrning shu nuqtasi belgilanadi, bu sistolik bosim – Ps bo‘ladi. 6. Keyingi bosim tushishida asbobda oxirgi tovush (ton) belgilanadi. Bu diastolik bosim Pd bo‘ladi. Olingan Ps va PDis bosimlarni jadvalga kiriting. 7. Manjetadagi qolgan havoni tez chiqarib yuborish uchun muftani ajratib yuboring. 8. Tajribani uch marta takrorlang
Qon bosimi ortishi
Qon bosimi oshishi, gipertoniya (qad. yun. giper — «yuqori» + τoniya — «taranglik, tonus») — bugungi kunda yurak-tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial qon bosimining 140/90 ga yetishi yoki unda oshib ketishi bilan ifodalanadi. Yuqori arterial bosim qon tomirlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi. Juda kuchli bosim taʼsiriga esa baʼzi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va buning natijasida ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik infarkt elastikligi yoʻqolgan va sinuvchanlikka moyil boʻlgan tomirlar joylashgan aʼzolarda sodir boʻlishi sababi ham shunda.
Sog‘lom odam qon bosimining normal qiymati 110-130/70-90 oralig‘ida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar o‘zgarganda esa holatni nazorat qilish, odatlarni va turmush tarzini o‘zgartirish, kasallik rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muntazam tekshiruvlardan o‘tish kerak.
Shu bilan birga, yuqori qon bosimi 3 asosiy bosqichga bo‘linadi: