1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi


Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə51/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari. Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlar, o’quvchilar saroylari, bolalar sport maktablari, bolalar turistik sayyohat maskanlari, istirohat bog’lari, uy-joy boshqarmalari, ko’ngilli sport jamiyatlari tomonidan olib boriladi. O’quvchilar uylari va saroylari bolalar vaqtli mashg’ulotlar, o’yinlar, gimnastika o’tkazadilar, lekin ko’ngil ochishlar va maktabda tashkil qilish qiyin bo’lgan sport turlari bo’yicha sport shu‘balari tashkil qiladilar, tennis, suzish, badiiy gimnastika va boshqalar. Ular, shuningdek, badantarbiya chiqishlari va bayramlari, sport ustalari bilan uchrashuvlar o’tkazadilar. Bu ishga rahbariyatlik qilish uchun malakali mutaxassislar jalb etiladi. uchun moslaydilar». Bu ishda ko’ngilli sport jamiyatlari, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari, maktab katta yordam ko’rsatishi mumkin.
Turar joylarda quyidagilar tashkil etilishi mumkin: ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari, sportning har xil turlari bo’yicha guruh, shu‘ba yoki mashg’ulotlari; sport musobaqalari «bir uy bolalar o’rtasida, bir uy- joy boshqarmasiga qarashli bir necha uy komandalari o’rtasida, shuningdek, bir uy-joy boshqarmasi bilan ikkinchi uy-joy boshqarmasi komandasi tuman, shuhar musobaqalarida qatnashuvchi uy-joy boshqarmasi komandalari o’rtasida; turitsik safar, sayrlar, suv xavzalariga borish.
Turar joylardagi jismony tarbiya va sport ishlariga rahbariyatlik qilish uchun jismoniy tarbiya kengashi tuziladi yoki saylanadi. Kengash tarkibiga yoshlar qo’mitasidan vakillar, sportchilar, ota - onalar kirititlishi kerak.Turar joydagi ishning uslubiy markazi maktab bo’lmog’i lozim. SHu‘balar, guruhlar, komandalariga rahbariyatlik qilishga tajribali va bilimdon va ota-onalar, sportchi - razryadchilar, sportchi insruktor
«yo’riqchi»lar jalb etilishi kerak.
YOzda yozgi maydonlar va o’quvchilar oromgohlaridashahardan tashqarida va shaharda bolalar bilan katta ishlar olib boriladi.
YOzgi maydonlarda turli kundalik ommaviy badantarbiya va sport tadbirlaroi o’tkaziladi. Kundalik tadbirga o’yinlar, sayrlar, such va olish, cho’milish yoki dush qabul qilish, ekskursiya, safarga chiqish, badantarbiya chiqishlari va sport musobaqalariga tayyorgarliklari kiradi.
YOzgi maydonlarda badantarbiya ishi etakchi o’rin egallaydi. CHunki yozda sog’lomlashtirish vazifalari asosoiy hisoblanadi. Bu ish xap xil ishlar bilan qo’shib olib borilishi kerak.
O’quvchilar oromgohi:bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini olib borish uchun eng qulay sharoit shahar yoki tuman tashqarisidagi o’quvchilar oromgohlarida yaratiladi. Oromgohlar bolalarning yozgi dam olishning tashkil etishning eng yaxshi shaklidir. Ochiq havoda deyarli kecha-kunduz bo’lish, kundalik rsjimga qat‘iy rioya qilish, batartib ovqatlanish, jismoniy mehnat va badantarbiya mashg’ulotlari, o’yinlar, qo’shiq aytish, quyosh va havo vannalarini qabul qilish, suvda cho’milish - bolalarning sog’ligini saqlash ular organizmni chiqiktirish va jamoaning jipislashuviga yordam beruvchi omillardir.
18O’quvchilar oromgohlarida ommaviy badantarbiya va sport ishlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
O’quvchilarni kundalik, badantarbiya mashg’ulotlariga jalb qilish.
maktabdagi badantarbiya darslarida olingan malaka va ko’nikmalarni takomillashtirish.
zalda yoki uncha katta bo’lmagan sport maydonida berib bo’lmay digan, xususan, suzish, o’yinlar, joylarda bajariladigan mashqlarga doir va malakalarni singdirish.
o’quvchilarning badantarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga qiziqishlarini oshirish
O’quvchilarda gigienik malakalarning tarbiyalagnishga yordam berish. Bolalarning o’quvchilar oromgohlarida nisbatan qisqa vaqtda bo’lishi barcha rahbariyatlarga oromgohdagi ishni tayyorlashga alohida mas‘uliyat bilan qarash majburiyatini yuklaydi.
Ish rejasi oromgohga borulgunicha tayyorlanishi kerak. Birinchi navbatda oromgoh xududiga etib badantarbiya yo’riqchisi va o’quvchilar sardori rahbariyatligida katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirishlari lozim. Badantarbiya uchun harkatli va sport o’yinlari, Yengil atletika mashg’ulotlari uchun joy tanlanadi va jihozlanadi. CHo’milish joyi belgilanadi va tartibga keltiriladi.
O’quvchilar uylari va saroylari bolalar bilan ish olib boradigan boshqa maktabdan tashqari muassasalarga uslubiy yordam uyushtirish uchun katta o’rin tutadi. Buning uchun konsultatsiya, ma‘ruzalar va seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi, ularni yoshlar qo’mitasi hamda xalq ta‘limi organlari bilan birgalikda tashkil qiladilar va o’tkazadilar.
Jismoniy tarbiyaga oid juda muhim ishni xalq ta‘limi organlari va ko’ngilli sport jamiyatlari tomonidan tashkil etiladigan bolalar sport maktablari olib boradilar. Bu maktablarning asosiy vazifasi o’quvchilarning sport mahoratini oshirishdan iborat. Bolalar sport maktabining barcha ishlari shunday tashkil etilishi kerakki, yosh sportchilar o’z maktablari jamoalaridan ajralib qolmasinlar va sport bilan shug’ullanishni maktabda fanlarni yuqori o’zlashtirish bilan birga qo’shib olib borsinlar.
Bolalar sport maktablari o’quvchilarning bayramlari, ertalabki badantarbiya va o’quvchilar yig’inlaridan chiqishlarini uyushtiradilar hamda badantarbiya faollari va badantarbiya ishi rahbariyatlari bilan yo’l-yo’riq, mashg’ulotlar o’tkazadilar. Bolalar sport maktablari maktabdan tashqari ta‘lim muassasa sifatida umumta‘lim maktablari mustahkam aloqada ishlashi lozim, bolalar sport maktablarining o’quvchilari esa o’z maktablarida faol bo’lishlari, jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishlarni o’tkazishda o’qituvchilarga yordam berishlari kerak.
Madaniyat va istirohat bog’larida ham o’quvchilarni jismoniy tarbiyalashga oid katta ishlar olib boriladi. Bog’larning bolalar sektorlarida sport maydonchalari va gimnastika shaharchalari barpo etiladi. Ularda bolalarning individual va jamoa o’yinlari uchun jihozlar bo’ladi. Odatda, bunday bog’larda bolalar turli jihozlar inventarlardan foydalanish va uynash imkoniyatiga ega bo’libgina qolmay, balki ular uchun guruhli mashg’ulotlar, o’yinlar, raqslar ham uyushtiriladi.
Bolalar o’rtasida olib boriladigan maktabdan tashqari jismoniy tarbiya ishlarini uy- joy boshqarmalarida ham o’tkazadilar. Ota-onalar bolalar bilan birgalikda uy-joy boshqarmasi xodimlarining ko’magida doimo ishlab turuvchi sport maydonlari barpo qiladilar «yozda ko’kalamzorlashtiradilar va ularni mashg’ulotlar, o’yin va ko’ngil ochishlar Oromgohga borilgunga qadar o’quvchilarning tarkibi ularning jismoniy tayyorgarligi. Sportga qiziqishlari, chumila olish ko’nikmalari aniqlanadi. Har bir novbat uchun tuzilgan ish reja bu navbat 2-3 ta bo’ladi». Kundalik ertalabki badantarbiya, zvino va otriyadlarda o’yin, badantarbiya, Yengil atletika va suzish mashg’ulotlarini, oromgoh spartakiadasi, sayrlar, ekskursiyalar, safarlar, o’quvchilar oromgohining ochilishi va yopilishi paytidagi jismoniy tarbiya taldbirlarini tashkil etish va o’tkazish albatta ko’zda tutiladi. Kun tartibida har kuni havo va quyosh vannasini qabul qilish belgilangan. Mazkur tadbirlar vrach tomonidan uta individual ravishda tayinlanadi. Ularni amalga oshirish jarayonini tibbiyot hamshirasi nazorat qilib turishi kerak. Jismoniy tarbiya rahbariyati o’z ish rejasida bolalar bilan jismoniy tarbiyaning ahamiyati, respublikamiz sportchilari yutuqlari haqida suhbat o’tkazishni belgilaydi. Oromgohdagi ko’rgazmali chiqishlarga iloji bo’lsa sport utsalari, razryadli sportchilar, sport maktablari o’quvchilarini jalb etish kerak. Bunda o’quvchilar oromgohini otaliqqa olgan kasaba uyushmasining ko’ngilli sport jamiyati kengashi yordam ko’rsatishi kerak.
Ertalabki badantarbiya har kuni uykudan turilgach, har bir otryad uchun maxsus ajratilgan joyda yomg’ir yog’ayotgan bo’lsa, binodaderazalarni ochib qo’yib o’tkaziladi. Har bir o’quvchi saflanishga ortiqcha vaqt sarflamaslik uchun o’z joyini bilishi kerak.
Odatda bolalar zvino-zveno bo’lib bittadan kalonnaga sarflanadi «zveno cafdorlari oldinda turadi» qiz va o’g’il bolalar birgalikda shug’ullanadilar. Ertadabki badantarbiya har bir otryadda alohida o’tkaziladi, unga otryad sardori rahbariyatlik qiladi.
Badantarbiya musiqa jurligida o’tkazishning katta ahamiyati bor. Turli yosh guruhlariga mo’ljallangan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasi oldidan, har bir navbatda uchtadan qilib o’tkaziladi. Badantarbiya yurish bilan boshlanadi, undan so’ng olti-ettita mashq bajariladi. Birinchi mashq, odatda, «tortilish», «cho’zilish» xarakterida bo’lib. sekin sur‘atda bajariladi Undan so’ng cho’qqayib, engashib, gavdani burib, qo’l va oyoqlarni siltab bajariladagan mashqlar amalga oshiriladi.
Majmuasi oxirida sakrash, yugurish yoki tinchlatiruvchi o’yinlar o’tkaziladi. Mashg’ulotlar musiqa yoki qo’shiq otsida safda yurish bilan tugallanadi. Mashqlar buyumlar bilan yoki buyumlarsiz o’tkazilishi mumkin. Mashqlarni o’tkazishda to’g’ri nafas olishga alohida e‘tibor beriladi. Zveno va otryadlardgi o’yin, gimnastika, enigl atletika va suzish mashg’ulotlari haftasiga uch-to’rt marta o’tkaziladi. Ularga otryad sardorlari yoki badantarbiya yo’riqchilari rahbariyatlik qiladilar. Agar oromgohda katta yoshli o’quvchilar bo’lsa, bunday holda kichik yoshdagi o’quvchilar yo’riqchi rahbariyat qilib tayinlanishi mumkin. Badantarbiya rahbariyati ularga tegishli yo’l-yo’riq beradi. O’yin, gimnastika va Yengil atletika mashg’ulotlari malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga oid maxsus mashg’ulotlarda ham chekishlar va musobaqalarga tayyorlanish paytida ham o’tkaziladi.
Oromgohdagi badantarbiya mashg’ulotlari maktabdagi mashtulotlardan birmuncha farq qiladi. Bu erda quyidagi amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga katta e‘tibor beradi: to’g’ri va egri-bugri so’qmoqda to’siqlar oshib, joy va to’satdan beriladigan signaldan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha topshiriqlarni bajargan holda yurish va yugurish tabiiy to’siqlardan «ariqchalar, yiqilgan daraxtlar, butalardan» sakrash. Oromgohda arqon va ipga, tik tepalik yoxud daraxt tanasiga tirmashib chiqishga o’rgatishning katta imkoniyatlari mavjud.
Tabiiy sharoitda quyidagi muvozanat saqlash mashqlari o’tkaziladi: zovur utsiga qo’yilgan yog’ochdan o’tish, ariqdan toshma - tosh sakrab o’tish.
Ko’proq mahalliy shroitda o’ynaladigan milliy o’yinlarga teng o’rin beriladi. O’quvchilar oromgohida bolalarni o’yin shaklida signalizatsiya va kompos bilan tanishtirish imkoni tug’iladi.
Suzishga o’rgatish, o’quvchilar oromgohida badantarbiya ishining eng muhim vazifalaridan biridir. suzishga o’rgatishda oromgohga borulguncha tayyorlanib qo’yiladigan doskayog’och»lardan foydalaniladi. YOg’ochning Uzunligi 60-60 sm, eni 30-40 sm, kalinligi 6-10 sm u silliq qilib randalangan va kuchli tumtoq bo’lishi lozim. Suzishga o’rgatishni toza suvli, tobora sayozlanib boradigan xovuzlarda o’tkazish kerak. Oqimning tezligi 0,5 sekunddan oshmasligi darkor. Xovuz yoki anhor tubida shikatslantiruvchi daraxt ildizlari, taxta to’siqlar, uchi o’tkir toshlar, shisha siniqlari va boshqa buyumlar bo’lmasligi lozim. suzish joyini tanlayotib, anhorni sinchiklab ko’zdan kechirish, uning chuqurligini o’lchash kerak. O’quv mashg’ulot o’tkaziladigan joy chegaralanishi va yaxshilab belgilab qo’yilishi lozim. YAxshisi xovuz tubigacha koqilgan qoziqlar bilan chegaralagani ma‘qul. suzishga o’rgatish joyidagi vrach yoki tibbiyot hamshirasi, navbatchi tushgan qayiq va cho’kayotganlarni qutkarish vositalari «qutqarish chambaragi, arqon va boshqalar» tayyor bo’lishi lozim.
Suzishga o’rgatish joyidagi suvning sifati sanitariya-gigiena talablariga javob berishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan suzish mashg’uloti harorati 200S kam bo’lmagan suvda o’tkaziladi. Dastlabki mashg’ulotlardan 5 daqiqa keyinchalik 15 daqiqa suvda bo’linadi. suzish mashg’ulotlarini jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki suzish bo’yicha yo’riqchi borishi shart.
Suzish mashg’ulotlari, odatda sog’lomlashtirish tadbirlariga ajratilgan soatlarda o’tkaziladi. Juda issiq havoda mashg’ulotlarni kuniga ikki marta o’tkazish mumkin. O’quvchilar oromgohida sport ishining qiziqarli shakllaridan biri boshqa oromgoh bilan boshqa oromgoh o’tkaziladigan o’rtoqlik uchrashuvlaridir. Bunday uchrashuvlar dasturiga harakatli asbob o’yinlari, Yengil atletikaga oid musobaqalar, gimnastika chiqishlari, sport KVNlari va boshqalar o’tilishi mumkin.
O’quvchilar oromgohi spartakiadasi, odatda keyingi navbatning ikkinchi yarimida o’tkaziladi va umumoromgoh jismoniy tarbiya bayramidagi final musobaqalar va chiqishlar bilan tugallanadi. «oromgoh yo’nalishiga ikki-uch kun qolganda. Kichik yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallangan oromgoh spartakiadasi dasturiga Yengil atletika va o’yin musobaqalari kiritiladi.
Dastlabki musobaqalar zvenolar ichida keyin otryadlardagi zvenolar o’rtasida so’ng esa otryadlar o’rtasida o’tkaziladi. YAkunlovchi jismoniy tarbiya bayramida parad, ommaviy gimnastika chiqishlari va eng yaxshi zvenolar hamda otryadlarning final uchrashuvlari o’tkaziladi. Spartakiada g’oliblari aniqlanadi. Spartakiada rejasi oldindan - oromgoh ish boshlanguncha tuziladi va oromgohga keyingi navbat kelib o’quvchilarning jismoniy taryyorgarligi aniqlangach 5-6 kundan so’ng to’la tasdiqlanadi. Spartakiadani o’tkazishda oromgoh o’quvchilar faollari, ularning sardorlari, tarbiyachilar ishtirok etadilar. Oromgoh boshligi spartakiadagi umumiy rahbariyatlik qiladi. Musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga badantarbiya rahbariyati javob beradi.
Sayrlar, ekskursiya, yurishlar. Har bir o’quvchilar oromgohi sayrlar, ekskursiyalar, yurishlar tashkil qilish uchun katta imkoniyatlarga ega. Oromgohga kelguncha o’quvchilar sardorlari yoki tarbiyachilar orasidan turitsik yurishlar tashkilotchisi tayinlanadi. U oromgoh atrofi bilan batafsil tanishishi, sayrlar, ekskursiyalar hamda yurishlar, marshrutlarini oldindan oldindan belgilab olishi lozim. Bolalar oromgohiga kelishgach, belgilangan marshrutlar geografiya, biologiya, tarix o’qituvchilari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
I-II sinf o’quvchilari bilan 1,5-2 soat davom etadigan kichik sayrlar o’tkaziladi. Undan maqsad tevarak - atrof va diqqatga sazovor joylar bilan tanishish, gul va mevalar terish, o’rmon hayotini kuzatish va xokazo. Sayrlar tabiyachilar yoki o’quvchilar sardorlari tomonidan o’tkaziladi. Sayrlar vaqtida bolalar dam olishadi, dam olish vaqtida qo’shiq aytadilar, o’ynaydilar, kattalarning xiqoyalarini tinglaydilar. 3-sinf o’quvchilari bilan sayrlardan tashqari 3-4 soat davom etadigan ekskursiyalar ham o’tkaziladi. Ekskursiyalar vaqtida, yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari, kollektsiyalar, gerbariylar to’plash, joyni harita va kompas yordamida mo’ljallash o’tkaziladi, o’yinlar tashkil qilinadi19.
Oromgohda, sayrlar va ekskursiyalardan tashqari, bir kunlik va ikki kunlik turitsik yurishlar ham o’tkazilishi mumkin. Ularga faqat jismoniy baquvvat va mashq qilgan bolalar qo’yiladi. Ular yurishga tayyorlanish jarayonida har biri 3-4 soat davom etadigan bir necha ekskursiyalarda qatnashadilar. YUrish marshruti va jadvali uning oldiga qo’yilgan maqsadni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. YUrish rahbariyati yo’lda yurishga, dam olishgaunga ovqatlanish ham kiradi», yurishning asosiy vazifasini bajarishga hamda topshiriq va o’yinlarni o’tkazishga ketadigan vaqtni hisobga oladi.
YUrish oldidan katta tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh muayyan bir vazifani bajaradi, ovqat tayyorlaydi, gulxan yokadi, baxtsiz hol ruy berganda, birinchi ko’rsatadi va xokazo. Bundan tashqari, gerbariy va kollektsiyalar yig’ish uchun yo’lini qayd etish, o’tilgan marshrutni yozib borish va boshqalar uchun ham guruhlar tuziladi. YUrish rahbariyati tayyorgarlik jarayonida o’quvchilar bilan bir necha mashg’ulot o’tkazadi. Ularda yurishda o’zini tutish qoidalari ko’rib chiqiladi va qatnashchilarning vazifalari aniqlanadi. 20-25 kishi bo’lib chiqilganda o’quvchilar rahbariyati, vrach yoki tibbiyot hamshirasi ham birga boradi.
Bayramlar: O’quvchi oromgohidagi har bir navbatda ikkita umumiy bayram o’tkaziladi. Biriichi bayram oromgohning ochilishiga, ikkinchisi uning yopilishiga bag’ishlangan. Oromgohning ochilishi bolalar kelgan, uch- to’rt kundan keyin, yopilishi navbat tugashiga bir kun qolganda o’tkaziladi. Oromgohning ochilishiga bag’ishlangan bayramga oldindan tayyorgarlik ko’riladi. Oromgohga jo’nashga ikki-uch hafta qolganda o’quvchilar sardori bolalar bilan tanishadi va ularga bayramda chiqishlar qilishga tayyorlanishni taklif etadi. Bolalar badiiy va badantarbiya chiqishlarini «yozgi maydonga yoki maktabda tayyorlaydilar. Badantarbiya chiqishlarining dasturiga erkin mashqlar va piramidalar kiritiladi. Bundan tashqari, ommaviy o’yinlar va raqslarni tashkil etish hamda o’tkazish uchun o’quvchilardan kichik guruhlar tuziladi. Oromgohning yopilishiga bag’ishlangan bayram erkin mashqlar va piramidalardan tashqari, akrobatika mashqlari va eng yaxshi gimnastikachi hamda Yengil atletikachilarning yutuqlari namoyish etiladi.
Bayramga tayyorgarlik bolalar oromgohga kelishgandan so’ng tezda boshlanadi. O’quvchilar oromgohida kun tartibi. Oromgohda tashkil etiladigan barcha ishlar bolalarning sog’ligini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish uchun yordam berishi kerak.
Dam olish, xuzurbaxsh ta‘sir etishning hal qiluvchi shartlaridan biri to’g’ri tuzilgan kun tartibi hisoblanadi. U vrach va oromgoh boshligi tomonidan belgilanadi hamda barcha tomondan bajariladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin