Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o'zaro bog'liqlik masalasi HFX - uchta o'zaro bog'liq masalani xal etadi:
1. Xavflarni birday (umumlashtirish) deb hisoblash, yani ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko'rsatish.
2. Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.
3. Paydo bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy (xavfning qoldiq deformatsiyasidan kelib chiqqan) xavflarni yo'qotish.
HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko'p ulug' allomalar shug'ullanib kelishgan. Masalan. Gippokrat eramizdan avvalgi 460-377 yillar, Aristotel eramizdan avvalgi 384-322 yillar, nemis tabibi, olimi va muhandisi Agrikola 1494-1555 yillar, Mehnat muhofazasidan risola yozgan italyan tabibi, Ramatssini (1633 - 1714) tozalik gigienasiga asos solgan M.V. Lomonosov (1711- 1765) tog' konlarida mehnat muhofazasi to'g'risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan, bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug'ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), Press A.A. (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855 - 1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar.
Ulug' o'zbek hakimi Abu Ali Ibn Sino (980-1087) o'z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiena faniga asos solgan. Texnosfera va xavfsizlik muammosining rivojlanishiga akademik Legasov V.A. o'z ilmiy ishlarini bag'ishlagan.
HFX - o'z nazariya va metodologiya usullariga ega. Shunga qaramay HFX - muhandislik, ruhiy holat (psihologiya), inson fiziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika, iqtisod va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. HFX ning metodologik asosi - bu tartibiy taxlildir. Texnika va sanoat yuqori taraqqiy etgan hozirgi davrda HFX ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi. SHuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o'rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu HFX ning vazifasi va maqsadi. HFX - jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini ko'tarishda muhim ijtimoiy rol o'ynaydi. HFX fanini o'rganmay, odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan. Hayot, erkinlik, mehnat, shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi. (Inson huquqlari deklaratsiyasi, 3-bandi).
Hayotiy faoliyat xavfsizligi nazariyasining asosiy tushunchalari va ta'riflari.