Umumiy maʻlumotlar
Inson huquqlari sohasidagi Jahon taʼlim dasturining toʻrtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov gʻoliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida eʼlon qilinadi va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadilar.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi oʻquv kursi;
“Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi innovatsion gʻoya muallifi.
Ushbu tanlovning maqsadi inson huquqlari sohasidagi taʼlim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi oʻrtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdir.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Tanlovda yoshidan qatʼiy nazar, inson huquqlari sohasiga qiziqqan yoki shu sohada faoliyat olib borayotgan barcha ishtirok etishi mumkin;
Har bir ishtirokchi belgilangan nominatsiyalar boʻyicha ijodiy ish tayyorlashlari kerak.
Eslatma: Nomzodlar inson huquqlari sohasi boʻyicha maʼlum bir bilimga ega boʻlishlari lozim. Chunki ular aynan shu soha boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyon qiladilar.
Foydali tomonlari
Saralangan nomzodlar dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida eʼlon qilinadi;
Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadilar.
Hujjat topshirish
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar ushbu ariza shaklini toʻldirishlari lozim;
Ariza shakli tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga joʻnatilishi kerak.
Muhim: 2023-yil 1-noyabrdan kechikkan arizalar inobatga olinmaydi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Oxirgi muddat: 1-noyabr, 2023-yil;
Email: konkurs2023@nhrc.uz.