Inson huquqlari. Umum insoniy demokiratik tabiat



Yüklə 28,09 Kb.
səhifə1/6
tarix20.12.2022
ölçüsü28,09 Kb.
#76744
  1   2   3   4   5   6
O\'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI


O'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI


Reja:
1. Inson huquqlari.
2. Umum insoniy demokiratik tabiat.
3. Fuqorolarni saylov huquqlari.
Xulosa.
Fodalanilgan adabiyotlar ruyxati.

Inson huquq va erkinliklari - eng oliy qadriyat
Inson huquqlari - tabiat tomonidan berilgan, tabiiy, davlat tomonidan mustahkamlangan huquqlardir. Shuning uchun ham, inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi.
Insoniyat o‘z tarixiy rivojlanishi jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik tizimini yaratgan. Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik - bu inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari haqidagi qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro xujjatlar va milliy qonunlar kiradi.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik o‘z taraqqiyotida uch katta bosqichni bosib o‘tgan.
Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasidan boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan. Bunga misol qilib, AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi 10 ta qo‘shimcha - Inson huquqlari to‘g‘risidagi Billni ko‘rsatish mumkin.
Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e tibor quyidagi muammolami huquqiy tartibga solishga qaratilgan:
4. shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi;
5. shaxs daxlsizligi;
6. xususiy mulk huquqi;
7. saylov huquqi (turli senzlar bilan cheklangan boisada).
Ikkinchi bosqich XX asming birinchi yarmini o‘z ichiga olgan. Bu bosqichda sotsialistik g‘oyalar va harakatlar ta'sirida insonlaming ijtimoiy- iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik tez rivojlangan.
Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi to‘g‘risidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan.
Fransiya va Shvetsiyadagi sotsial qonunchilik, 1920-yilgi Veymar Konstitutsiyasi, Fransiya va Italiyaning 1946-yilgi Konstitutsiyalari bunga yaqqol misol boiadi.

Yüklə 28,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin