O\'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI
1996 yil 19 mayda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshketda Halqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Islom
diniga oid boy ma'naviy-madaniy merosni asrash, diyorimizda etishib chiqqan buyuk allomalaming ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama
20. rganish maqsadida 1999 yil 7 aprelda Toshkent Islom Universiteti, uning qoshida Islomshunoslik ilmiy-tadqiqod markazi va akademik litsey tashkil etildi.
0‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, yahudiylar, baptistlar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, xristian- presvitorianlari singari bir qancha din va mazhablar faoliyat yuritmoqda. Bu borada, respublikamizda 15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 186 ta tashkilot
n
faoliyat olib borayotgani buning amaliy ifodasidir . Shuningdek, “1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o‘quv yurti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2186 ta diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yirigi 0‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va o‘rta Osiyo eparxiyasi, evangel xristian-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, toiiq Injil xristianlari cherkovi, 0‘zbekiston Bibliya jamiyati. Shuningdek, 1987 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 8 ta yaxudiy sinagogalari, 6 ta Bahoiylar jamiyati,
21. ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fiiqarolar emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan”14.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi siyosiy huquqlarga bag‘ishlangan. Fuqarolaming huquqlari va erkinliklari tizimida uning siyosiy huquqlari alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolaming davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bogiiqdir. Siyosiy huquq va erkinliklar siyosiy manfaatlarga tegishli bo‘lgan hamda shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “0‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik
tarzda tashkil etish yoii bilan amalga oshiriladi,,15deyiladi. Fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim prinsiplaridan biri boiib xizmat qiladi.
Fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. 0‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.
Fuqarolaming saylov huquqlarini o‘z navbatida aktiv va passiv saylov huquqlariga boiish mumkin.