1-Mavzu; hayot faoliyati xavfsizligi asoslari. Reja


Hayot faoliyat xavfsizligi



Yüklə 121,02 Kb.
səhifə7/16
tarix30.08.2023
ölçüsü121,02 Kb.
#140987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1-Mavzu

Hayot faoliyat xavfsizligi - inson va uning salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlashga qaratilgan texnikaviy sanitar-gigienik va huquqiy tadbirlar majmuidir.
Xavfsizlik texnikasi-xavfli ishlab chiqarish omillarning, ya'ni xavfsizlik qoidalari buzilgandagi baxtsiz hodisalar, shikastlanishlarni keltirib chiqaradigan omillarning insonga ta'sir etishini oldini oladigan tashkiliy va texnikaviy tadbirlar majmuidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasi-zararli ishlab chiqarish omillarining, ya'ni kasalliklar keltirib chiqaradigan omillarning ishchilarga ta'sirini oldini oladigan tashkiliy, gigienik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar va vositalar majmui.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi ko'p uchraydigan ta'riflar bilan belgilanadi. Faoliyat - insonning jamiyatda mavjud bo'lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat - faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, insonning ta'rifi - harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo'lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, manaviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Faoliyat jarayoni modeli. Faoliyat jarayoni modeli ikki elementdan, ya'ni inson va muhit orasidagi to'g'ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. "Inson-muhit" sistemasi ikki maqsadli bo'ladi: 1) aniq bir natijaga erishish, 2) ko'ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash (inson sog'lig'iga va hayotiga ziyon, yong'inlar va falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o'xshash hodisalar oqibatida kelib chiqadigan natijaga xavf deb ataladi.
Xavflar, yashirin va xaqiqiy (yaqqol) xavflar.
Xavflar - yashirin (potentsial) va xaqiqiy bo'ladi. YAshirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo'lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Xavf va sabablarni misollarda (raqamlarda) ko'rish mumkin:
1. So'nggi 30 yil ichida (1969-1990 y.) tabiiy ofatlar ikki marta ko'paygan;
2. 1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko'paygan;
3. Dunyoda 500 mln.ga yaqin nogironlar bo'lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bo'lgan.
Har qanday faoliyat yashirin (potentsial) xavflidir. Shu bilan birga xavf darajasini boshqarish ham mumkin. Bu fikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo'lmasligiga asoslangan.
Xavfsizlik - bu ayrim extimollarga asoslanib paydo bo'ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik - bu maqsad, HFX bo'lsa shu maqsadga erishish uchun qo'llaniladigan vositalar, yo'l-yo'riq, qo'llanmalar, usullardir.
HFX - bu xavf-xatarlarni o'rganish va insonni himoya qilishni o'rganadigan fandir.

Yüklə 121,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin