Noorganik birikmalarning asosiy sinflari 23-21 Saparova Sevinch



Yüklə 5,18 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,18 Kb.
#201526
Noorganik birikmalarning asosiy sinflari

Noorganik birikmalarning asosiy sinflari

23-21 Saparova Sevinch

Reja:

  • Oksidlar
  • Asoslar
  • Kislotalar
  • Tuzlar

Oksidlar


Biri kislorod bo‘lgan ikki elementdan tarkib topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Temir oksid (III)
Xrom oksidi(III)
Mis oksid (II)
Qo’rg’oshin oksid (II)

Oksidlar suv, asos va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishiga qarab, bir nechta guruhga bo‘linadi:


1. Asosli oksidlar: Na2O, BaO, CuO va hokazo.
2. Kislotali oksidlar: CO2, SO3, P2O5 va hokazo.
3. Amfoter oksidlar: ZnO, Al2O3, Sb2O3 va hokazo.
4. Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan): CO, NO, N2O va hokazo.
5. Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga va valentligi ikkiga teng bo‘ladi — Na2O2 , H2O2 , BaO2 .

Asoslar


Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid guruh (OH)dan iborat bo‘lgan murakkab moddalar asoslar deyiladi.

Asoslar suvda erishi va erimasligiga qarab ikkiga bo‘linadi.


1. Suvda eriydigan asoslar: NaOH, Ca(OH)2 , KOH, Ba(OH)2.
2. Suvda erimaydigan asoslar: Cu(OH)2 , Fe(OH)2 , Cr(OH)2 .

Ham kislota, ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladigan asoslar amfoter asoslar deyiladi.


Zn(OH)2 , Al(OH)3 , Cr(OH)3 .

Kislotalar


Molekulasi tarkibida metallarga o‘z o‘rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig‘idan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi.

Kislotalar molekulasi tarkibida kislorod atomining bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:


b) kislorodsiz kislotalar:
H2S, HBr, HI.
  • kislorodli kislotalar:

  • HNO3 , H2CO3 , H2SiO3;

Kislotalar tarkibidagi metallga o‘rnini beradigan vodorod atomlari soniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • Bir negizli kislotalar:

  • HCl, HBr, HNO3.

2. Ikki negizli kislotalar:
H2 SO4 , H2SO3 , H2S.
3. Uch negizli kislotalar: H3PO4.

Tuzlar


Molekulasi metall atomi va kislota qoldig‘idan tashkil topgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi.
(Metall atomi o‘rnida
NH4+ ioni ham bo‘lishi
mumkin. Bunday tuzlar ammoniy tuzlari deyiladi).

Tuzlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • O‘rta yoki normal tuzlar:

  • NaCl, KCl, CaCl2, Ba(NO3)2, Al2 (SO4)3, FeSO4.

2. Nordon tuzlar: ikki yoki uch negizli (ko‘p negizli) kislotalar nordon tuzlarni hosil qiladi. NaHCO3, Ca(HCO3)2, KHSO4, Ca(H2PO4)2.


3. Asosli yoki gidroksid tuzlar:
(CuOH)2CO3, Ca(OH)Cl, Mg(OH) NO3, Al(OH)2Cl.

4. Qo‘shaloq tuzlar (qo‘sh tuzlar): ikki xil metall va 1 ta kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy ahamiyatga ega bo‘lganlari achchiqtoshlardir: KAl(SO4)2, NH4 Al(SO4)2.

5. Aralash tuzlar: bir xil metall va ikki xil kislota qoldig‘idan hosil bo‘lgan tuzlar aralash tuzlar deyiladi: CaClOCl (yoki CaOCl2).


Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin