1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə13/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari.
Texnosferada ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun turli maqsadli himoya vositalari qurilmalari qo‘llaniladi. Himoya vositalari quyidagilarni ta’minlashi lozim:
– texnosferadagi (ish zonasidagi) xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ularning ta’sirini uzoqlashtirish yoki haydashi (so‘ruvchi shkaf, havo almashtirgich yordamida);
–zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirilishi;
–texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy omillardan himoya qililishi.Himoya vositlari har bir zararli holat uchun mehnat xavfsizligi talablariga asoslanib qo‘llaniladi. Himoya vositalri qo‘lanilish xarakteriga qarab: jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. Bularninng har biri taktik qo‘llanilishiga qarab tasniflanadi. Jamoa himoya vositalariga: shovqindan, titrashdan, issiqdan, sovuqdan, elektro-statik zaryadlardan, zararli changlardan, radiatsiya nuridan va boshqa ta’sirlardan himoyalovchi: to‘siqlar, blokirovkalar, tormozlar, yorug‘lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, xavfsizlik belboqlari, avtomatik harorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarini yerga ulash qurilmalari, shamollatish, yoritish, sovutish, izolatsiyalash, germetizatsiyalash vositalari va boshqalar kiradi. Shaxsiy himoya vositalari asosan inson tana a’zolari (nafas olish yo‘llari, yuz, ko‘z, bosh, eshitish a’zolari, teri va boshqalar) himoyalovchi vositlarga bo‘linadi. Shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishiga qarab bir necha sinflarga bo‘linadi.
– himoya kostyumlari (pnevma-gidrokastyum, skafandrlar);
– maxsus kiyimlar (kombenzonlar, yarim konbenzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalat, fartuk, nimcha, paltolar);
– maxsus oyoq kiyimlar (etik, yarim etik, botinka, kalish va boshqalar);
– nafas olish organlarini himoyalovchi vositalar (gazniqoblar, resperatorlar, pnevmomaskalar);
– boshni himoyalash vostilari (kaska, shlem, shapka, qalpoq, shlyapalar);
– qo‘lqoplar, ko‘zoynaklar, shovqindan saqlovchi vositalar, himoya tasmalari, belbog‘lar, dielektrik poyondoz, qo‘l ushlatgich – ilgaklar va boshqalar.
–teri a’zolarini saqlovchi dermotologik vositalar (sovun, pasta, krem, mazlar);
–odam boshini mexanik va elektr toki ta’siridan himoyalovchi kaskalar (tekstolitli, plastmassali, vinilplastli, shishapastli xillari);
Mexanik shikastlanishdan, termik kuyishdan, kislota, ishqor, tuzlar, erituvchilar, zararli va terini qizdiruvchi moddalar, elektr toki ta’siridan qo‘lni himoya qilish uchun paxtadan, kanopdan, sherst gazlamasi, charm, rezina, polimer materiallardan tayyorlangan qo‘lqoplardan foydalaniladi. Sanoat korxonlarida ishchi-xizmatchilar himoya kaskasini kiyib yurishlari kerak. Ayollar esa sochlarini ixchamlashtirib, ro‘mol o‘rab ish yuritishlari lozim.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin