4. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
Ma’lumki, xavfsizlik – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo hamma holatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, yong‘in xavfida: yong‘inning boshlang‘ich fazasida o‘chirish mumkin bo‘lsa, asosiy yong‘in fazasida o‘chirish imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Yoki biror texnologik jarayonlarda amal qilayotgan ko‘rsatkichlar: harorat, bosim ko‘rsatkichlari birdan o‘zgarishga uchrasa, texnologik jarayonni boshqarish darajasi (xavfsizlikni ta’minlash) cheklanishi mumkin, natijada yo yong‘in chiqadi, yo portlaydi, yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot yaroqsiz holga kelib, atrof muhitga to‘kilishi mumkin.
Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar kiritiladi: gomosfera va texnosfera.
Gomosfera – inisonning faoliyat jarayonida uning turgan o‘rni tushuniladi. Masalan: ishlovchining obyektdagi, sexdagi, bo‘limdagi joyi.
Texnosfera – ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi. Masalan: ishchining tokar yoki frezer dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining bevosita payvandlanayotgan qismlar holatidagi ish joyi tushuniladi.
Xavfsizlikni ta’minlashning 3 uslubi mavjud:
1. Gomosfera bilan texnosferani bir-biridan vaqt yoki joy jihatdan uzoqlashtirish usuli, bu usulda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qo‘llash va boshqa boshqaruv tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Masalan, konserva sanoatida sharbatlar ishlab chiqarishda, atom elektr stansiyalarida texnologik jarayonlarni boshqarishda, avtomobilsozlikda yig‘ish jarayonidagi ishlarni bajarishda masofadan turib mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlar orqali boshqariladi.
2. Xavfsizlik qoidarini qo‘llab xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish muhiti)ni normallashtirish hamda texnosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalarini xarakteristikalariga moslashtirishga asoslangan.
Bunda gomosfera va texnosfera ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu usul ishlovchilarni shovqin, chang, gaz, yoritilganlik, harorat, jarohatlanish va boshqa xavfli omillardan himoya qilishga qaratilagan tadbirlar majmuasini hamda xavfsiz uskuna jihozlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Masalan, to‘qimachilik kombinatlarida yuzaga keladigan ishlab chiqarish changlari; jihozlardan chiqadigan shovqin, ish joylarning yoritilganligi va boshqa ko‘rsatkichlar me’yor darajalarida bo‘lishi talab etiladi.
3. Ish joylaridagi ishlovchilarni himoya vositalari yordamida himoyalashga asoslangan. Bunda texnosfera xarakteristikalarini o‘zgartirish uchun har xil himoya vositalri qo‘llaniladi.
Masalan, shovqin chiqadigan ishlab chiqarish tarmoqlarida shovqinga qarshi qurilmalar, kimyo sanoatida zaharli gazlarni ish joyidan kamaytiruvchi-so‘ruvchi shkaflar, yuqori haroratli ish joylarida sovitish qurilmalarini ishlatish, zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladigan joylarda inson organizmini himoya qiluvchi vositalarni qo‘llash va boshqalarni aytish mumkin.
Ammo real shart-sharoitlarda yuqoridagi usullarning faqat bittasini qo‘llash orqali ishlovchilarning zaruriy xavfsizlik darajasini ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Iloji boricha amaldagi usullarni tatbiq etish orqaligina maqsadga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |