1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigieniktalablar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə38/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigieniktalablar
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:

  • yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo’lishi;

  • bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi yetarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi;

  • ish joyida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo’lmasligi;

  • me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;

  • xavfli ish o’rinlari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi;

  • yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo’lmasligi;

  • nazorat o’lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;

  • yoritilish bir tekis va turg’un bo’lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgarib turishi natijasida, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.

3.Yoritish vositalari.
Yoritqich lampalari yorug’lik tarqatish xususiyatiga ko’ra uch sinfga bo’linadi:
- to’g’ridan-to’g’ri nur tarqatuvchi;
- nur yoyuvchi;
- nur qaytaruvchi lampalar.
a) To’g’ridan-to’g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi bo’ylab o’z nurining taxminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi.
b) Nur yoyuvchi lampalar o’z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o’rtasida taqsimlashga asoslangan bo’lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera bo’ylab tarqatadi hamda har qanday soyalarga barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va devorlari yorug’lik qaytarish xususiyatiga ega bo’lgan binolarga o’rnatiladi.
v) Nur qaytaruvchi lampalarda asosan 90% dan ko’proq nur yuqori sferaga yo’naltiriladi va yoritish asosan qaytgan nur hisobiga amalga oshiriladi. Bunday yoritgichlar, soyasiz yumshoq va mayin yoritishni ta’minlab, asosan muzey, teatr binolarida qo’llaniladi.
Sun’iy yorug’lik manbai sifatida cho’g’lanma lampa va gazli lampalar olinadi.
Birinchisida yorug’lik manbai – volьframdan ishlangan va cho’g’dek qizigan ip (volfram). Bu lampalar uzluksiz yorug’lik spektri hosil qiladi, tabiiy yorug’likdagiga nisbatan, sariq – qizil nurlar ustunroq turadi. Cho’g’lanma lampalar vakumli (NV), gaz to’ldirilgan (NG), spiralsiz (NB) va shu kabilar bo’ladi. Ularga xos bo’lgan kamchilik shuki, uzoq ishlamaydi (taxminan 1000soat), f.i.k. kichkina.
Xozirgi paytda sanoatda gaz to’ldirilgan lampalar keng qo’llanadi. Ular past bosimli va katta bosimli bo’ladi.
Past bosimlisi lyuminitsent lampa deyiladi; shisha trubka ko’rinishda bo’lib, uning ichki sirti qattiq kristal modda –lyuminofor bilan yupqa qoplangan. Lampaning kolbasi (trubkasi) dozalangan miqdorda sinov (30 – 80mg) va inert gaz (odatda argon) bilan to’ldirilgan, taxminan 400 Pa (3,0mm simob ustuni) hosil qiladi. Trubkaning ikkala uchiga elektrodlar kiyg’azilgan. Lampa elektr tarmog’iga ulanganda tok elektrodlar orasidan o’tib simob bug’larida elektr razryadlar hosil qiladi, natijada ular nurlanadi (elektrolyumininestsentsiya hodisasi ro’y beradi). Bu nurlanish lyuminoforga ta’sir etib yorug’lik nuriga aylanadi (fotolyuminestsentsiya hodisasi).
Lyuminoforning turiga qarab, lyuminitsent lampa turli rangda yorug’lik beradi.
Hozirgi vaqtda sanoat manbalarning quyidagi turlarini ishlab chiqaradi: kunduzgi yorug’lik lampasi (LD), o’sha , yaxshilangan rang beruvchi (LDTS), oq rangli lampa (LB), iliq – oq rangli lampa (LTB), sovuq- oq rangli lampa (LXB) va boshqalar.
Gazli lampalarning asosiy afzalligi-tejamkorligidir.Ularning yorug’lik beruvchanligi 30 – 80 lm/vt; bu-cho’g’lanish lampalarinikidan 3 –4 marta ko’p; xizmat muddati 10000 soatga yetadi; gigienik afzalliklarga ega. Kamchiliklari shuki, yorug’lik oqimi pulьsatsiyalanib turadi, ko’zni qamashtiradi, ulanish sxemasi murakkabroq, drossellar ovoz chiqarib turadi, tashqi muxit harakatiga sezgir (past haroratlarda ularni ishlatib bo’lmaydi).
O’zgaruvchan tok bilan ishlaydigan gaz lampalarning pulslanuvchi yorug’lik tarqatishi juda noxush hodisa. U stroboskopik effekt (hodisa) keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni odam lipillayotgan yorug’likda harakatlanayotgan ob’ektni boshqacha (buzilgan ko’rinishda) qabul qilishi mumkin. Masalan, aylanayotgan jism qotib turgandek yoki teskariga aylanayotgandek tuyulishi mumkin. Yorug’lik oqimi pulslanmasligi uchun gaz lampalarni maxsus usul bilan elektr tarmog’iga ulanadi.
Yorug’lik manbai maxsus armatura ichiga joylanadi, shuning uchun yoritgich yoki yorituvchi asbob deyiladi. Ular o’zining qator yorug’lik texnikasi va konstruktiv tavsiflariga qarab farqlanadi:

  • bevosita yorug’lik beruvchi,

  • aksar sochilgan yorug’lik beruvchi,

  • aks etgan yorug’lik beruvchi.

Changdan va suvdan himoyalanish darajasiga qarab ham farqlanadi:

  • changdan himoyalangan,

  • changdan himoyalanmagan,

  • suvdan himolyalanmagan,

  • tomchilardan himoyalangan

  • yomg’irdan himoyalangan,

  • suv sachrashidan himoyalangan,

  • jips yopilgan

Yong’in va portlash xavfi bo’lgan binolarda maxsus lampalar ishlatiladi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin