1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə16/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o’zini qulay sezishi uchun qaerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o’zgartiradi va uz o’rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo’yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi kam mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qo’yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei ijgimoiy maqom deyiladi. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida ta’lim olgan va bu so\a bo’yicha diplomga ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qulga kiritilgan maqom desak, adashmagan bo’lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar qolatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. SHuning uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rolь deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas kdsmi hisoblanadi. Uning murakkablik ji\ati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin. Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak buladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola uz rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muxim rolь — jamoa a’zosi rolidir. Bola bog’cha yoki maktabda, sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganida jamoa a’zosi, o’rtoq, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga takdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoqo’zlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rolь o’z Vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqtsir. SHu bilan birga, bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttaham rollarini misol qilsak bo’ladi. Katga shahar ko’chalarida, savdo do’konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’rilik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxdg sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslash uv bolaning m uvaf f aqiyatl i ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala doirasining kengayish i, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishi sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “Meni obrazini shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.


Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin