1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA RIVOJLANISHINING MADANIY-TARIXIY ASOSLARI. TARBIYA – IJTIMOIY HODISA



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə12/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

3-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA RIVOJLANISHINING MADANIY-TARIXIY ASOSLARI. TARBIYA – IJTIMOIY HODISA .
Reja:
1.Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari.
2.O’zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi.
3. Tarbiya – ijtimoiylashtirish omili.
4. Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.

Tayanch tushunchalar: g‘urur, vijdon, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, ilg‘or o`zbek pedagogik g‘oyasi.
Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo’lsada, u ijgimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘ro‘g‘li)manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtainazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko‘ramiz. Keyinchalik Markaziy Osiyo hududida islomdinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni yuzaga keltirdi. Ular mintaqadagi oila va jamiyat tarbiyasiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibigakirishi madaniy almashinuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o‘zaro munosabatlarning shakllanishini yuzaga keltirdi. Moddiy barqarorlik, ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviyi va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirishga yordam berdi.
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg‘onish davri olimlarining asarlari alohida o‘rintutadi. Ular faoliyatining mohiyati o‘sha davrgacha mavjud bulganijtimoiylashtirish usullarini ilmiy asoslangan tizimholatiga keltirganliklaridadir. Etuk olimlarning faoliyatidagi uziga xoslik, ya’ni doimiy ilm bilan mashg‘ulbo‘lish, bilimga chanqoklik ularning ijtimoiy pedagogik qarashlarining mazmunida uz aksini topadi. Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi olimlar uz ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o‘sib kelayotgan avlodga qaratish g‘oyasini ilgari surishgan va buni tadbiq etishgan. Bu, avvalambor, ular ta’limning maqsadini xryotga tayyorlash, axloqiy me’yor va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo‘lishda, deb bilganliklarida namoyon bulgan. Mashxur olim Al-Xorazmiy (783 — 850 y.) asarlari yorqindidaktik tavsifga egadir. U savol-javob metodi orqalibilimlar qulga kiritilishi, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishi va jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973 — 1050 y.)ta’lim jarayonida qullaniladigan ilmiy usullarni ishlabchiqqan. U, shuningdek, ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Allomaning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo‘naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o‘z ifodasini topgan. Uning tarbiya,shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy faoliyat uchunilm va meqnatning ahamiyati haqidagi g‘oyalari hozirgacha o‘zahamiyatini saqlab qolgan Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980 —1037 y) o‘zdavrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy qoldirgan bo‘lib, uning barcha asarlarida pedagogik mavjud. Olimning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrofmuhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati,bolalarni jamoada o‘qitish haqidagi g‘oyalari hozir ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylar ta’lim muammolari bo‘yicha fikrlar bildirishgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o‘z akushy, jismoniy, axloqiy, estetik va meqnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini alohida ajratib ko‘rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:
— asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;
— amaliyotni tajriba bilan bog‘lash;
qabul qila olishlik;
— ko‘rgazmalilik.
Ibn Sinoning fikricha, ijtimoiylashtirish ko‘nikmalari jamoa bo‘lib o‘qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchunu quyidagilarga asoslanishi lozim:
1. Ta’lim oluvchilar, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil kilish.
2. Musobaqalashuv elementidan foydalanish.
O‘quvchining ijtimoiy-axloqiy xususiyatlarining biri - muomala. O‘zaro tushunish, o‘zaro yordam, do‘stlik qissini rivojlantirildi.Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy-pedagogik yo‘naltirilganligi ularning, avvalambor, hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta’lim maqsadini sharhlashlarida o‘z ifodasini topgan. Ular shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishini ta’minlab beruvchi eng muhimsifatlar - bu mehribonlik, yaqinlarga yordam, g‘urur, vijdon, yaxshi niyatlilik va sabr, deb hisoblaganlar. O‘quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnattayyorgarliklariga kattae’tibor qaratib, Forobiy va Ibn Sino yoshlarning jamiyatga*’kirish”larining eng muhim omillari sifatida faollik,mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik vaaqliy qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tishgan. Forobiy ijtimoiy tarbiyada o‘qituvchiga etakchi urinajratib, uning faoliyatini - jamiyatning kelajagi ungabog‘liq bulgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy hamIbn Sino kabi, o‘qituvchilar e’tiborini o‘quvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga qaratishlarilozimligiga ishora qilgan. Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta e’tiborberishgan hamda o‘zlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiymavqega erishganlik namunasi bo‘lib xizmat qilishgan. Forobiymehnatsevar, irodali, kamtar, sodda bo‘lgan va doimyordamga intilgan. Forobiyning o‘quvchilarni individualpsixologik va aqliy xususiyatlariga mos keluvchi ta’limning ustuvorligi, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlarihozirgi kunda ham katta ahamiyatga ega. Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri haqidagi g‘oyalar Alisher Navoiyning adabiy merosida niqoyatda aniq ifodasini topgan. Shoirning pedagogik qarashlari insonparvar tavsifga ega. Buyuk inson egallashi lozim bo‘lgan barcha bilim va kasb-hunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo‘llanilishi kerakligini aloqida ta’kidlab o‘tgan. Markaziy Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o‘rnini ijtimoiylashuvning mikroomillar: muhit,oila va o‘quvchilar guruhiga e’tibor karatganlarida hamda otaonalar, pedagog va o‘quvchining harakatlarini mujassamlashtirish kerakligi bilan bog‘liqlikda ochibberganliklarida yorqin namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, o‘rta asr olimlari ijtimoiy pedagogikasohasida katta meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogikasarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilminirivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.Alisher Navoiy, Forobiy, Ibn Sinolarning falsafiy vapedagogik konsepsiyalari keyingi davrlarning etakchi ta’limotlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. XI — XII aerda yashab ijod qilgan Markaziy Osiyoma’rifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan,pedagogikaning rivojiga katta hissa qo‘shishdi. Yusuf Xos Hojib, Burxoniddin Zarnujiy va Ahmad Yugnakiylar bolalar jamiyatda o‘z o‘rnini topishida bilim, ota-ona, oilaning o‘rninialohida ajratib ko‘rsatadilar. Ular tarbiyaning asosiy maqsadi deb, komil insonni tarbiyalash, unga etishish vositasi sifatida esa qattiq qo‘llik va doimiy mehnatga o‘rgatishni tushunishgan. Zarnujiyning ‘Ta’limda o‘quvchiga pandlar” kitobi, Yusuf Xos Hojibning “Kugadg‘u bilig” asari Markaziy Osiyoda pedagogikaga oid bo‘lgan birinchi kitoblar hisoblanadi.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin