1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə20/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Ijtimoiy pedagogika tamoyillari.

ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГИКАНИНГ ТАМОЙИЛЛАРИ

Тарбиянинг табиатга уйғун бўлиши тамойили

Маданият билан уйғун бўлиш тамойили

Гуманизм тамойили

Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.

Abu Nasr al-Farobi (873-950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida ediki, inson tabiatning eng taʼkidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.


Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi:

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi.
Masalan, «Uy-ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi.
YA.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.

Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827) yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim.
Ижтимоий педагогикада тарбиянинг табиат билан уйғун бўлиш принципига амал қилиб, қуйидаги қоидаларга таяниш лозим:
  • Болалар ёши хусусиятларини эътиборга олиш;


  • Болалар жинсий хусусиятларини эътиборга олиш;


  • меъёрдан четга чиқиш билан боғлиқ бўлган болаларнинг индивидуал хусусиятларини эътиборга олиш;


  • бола шахсидаги ижобий, кучли томонларга таяниш;


  • бола ташаббускорлигини ва мустақиллигини


ривожлантириш


Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Bestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. Uz ishlarida yozgan ediki, taʼlim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni eʼtiborga olish lozim

Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy «Inson tarbiyaning mazusi sifatida” degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va taʼlimi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish




Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi.
Antik jamiyatdagi faysuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. SHu narsaga SHarq Uyg‘onish davri mutafakkirlari va qomusiy olimlari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O‘tmish faylasufi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.



Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin