1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə21/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti va joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi.


Tashqi madaniyat – bu ahloq turmush, iste’mol qilish me’yorlari
Ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti.
Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat.
R ossiya pedagogikasida madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo‘lsak, yozish, o‘qish, sanash, malakasidan, o‘z dini, o‘z vatani, uning tabiati, georafiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g‘oya xalqchilik g‘oyasi sifatida aks ettiriladi.
Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o‘ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan.


M adaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g‘oya uning «Turkiy guliston yohud ahloq» degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi.
« Inson tug‘ilgan va o‘sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o‘z quyoshli o‘lkamizni sevganimizdek, arablar ham o‘z Arabistonini, uning issiq qumli cho‘llarini, eskimoslar o‘z SHimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq erlarini sevadi»1.

1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin