1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida


g‘urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish



Yüklə 9,83 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü9,83 Kb.
#175790
1   2   3   4
1-MAVZU

4
g‘urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish
5
bola (o‘smir)da oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish.
Insonparvarlik vazifasi
Shaxsning rivojlanishida o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qo‘yilgan maqsad va vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik emas, o‘zaro tushunishga asoslanishida ko‘rinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Yu.V.Vasilkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalarini ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa
Ijtimoiy - huquqiy vazifa
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa
Tarbiyaviy vazifa bolaning jamiyatga qo‘shilishi yoki uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishida ekanligini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifaning asosini davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini tashkillashtirish, muammolarini hal qilishda maslahatlar beruvchi tashkilotlar ishini takomillashtirish tashkil etadi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa – nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy vazifalarni ijtimoiy pedagog bajaradi.
Yu.V.Vasilkova vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
  • falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish, inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlashi;
  • bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganishi;
  • bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;
  • ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.


Yüklə 9,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin