1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida



Yüklə 9,83 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü9,83 Kb.
#175790
  1   2   3   4
1-MAVZU

1-MAVZU: Ijtimoiy pedagogika fani jamiyat rivojining asosi sifatida


Ma’ruzachi: L.Qorayeva
2023-yil
REJA:
  • Ijtimoiy pedagogika fanlari tizimidagi o‘rni.
  • Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari.
  • Ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlaridan farqi.
  • Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi

O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir.
XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari,
XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy materiallar manbai hisodlanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muxim yo‘nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti shaxs bo’lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy xayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og‘ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogika fanining tarmog’idir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, xatti-xarakatlar tizimidan iborat ijtimoiy xayotga kirisha borish jarayonidir.
Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishgan
Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi
A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika”dir.

Yüklə 9,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin