1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida



Yüklə 2,45 Mb.
tarix26.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#148951
1-MAVZU

1-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

  • Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.
  • Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
  • Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari.
  • Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika.
  • Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
  • Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim.

O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir.
XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari,
XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy materiallar manbai hisodlanadi.
Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishgan
Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi
A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika”dir.
M.A.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan.
V.D.Semenov “Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan, deb hisoblaydi.
I.P.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir”.
ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog‘liq.
“Pedagogika”
“Sotsiologiya”
va
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrik bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko‘rsatadi
Nazariy vazifa
Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi:
bola (o‘smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o‘zaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash
inqirozli holatlardan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo‘yish, chiqish yo‘llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muloqot qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash
atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
g‘urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish
bola (o‘smir)da oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish.
Insonparvarlik vazifasi
Yu.V.Vasilkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalarini ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa
Ijtimoiy - huquqiy vazifa
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa
Tarbiyaviy vazifa bolaning jamiyatga qo‘shilishi yoki uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishida ekanligini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifaning asosini davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini tashkillashtirish, muammolarini hal qilishda maslahatlar beruvchi tashkilotlar ishini takomillashtirish tashkil etadi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa – nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy vazifalarni ijtimoiy pedagog bajaradi.
Yu.V.Vasilkova vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
  • falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish, inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlashi;
  • bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganishi;
  • bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;
  • ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.

Yu.V.Vasilkova vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
  • u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi;
  • ijtimoiy pedagog bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning muammolari, huquqlariga aloqador tashkilot va mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanishi;

Olimlar ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilarni kiritishgan
Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagi faoliyati, uning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashiga bog‘liq.
O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin