REJA: 1. Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti.
2. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
3. Ijtimoiy pedagogika fanining kategoriyalari va tamoyillari.
4. Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
Ijtimoiy pеdagogika fan sifatida pеdagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pеdagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pеdagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi ―ijtimoiy so‘zida namoyon bo‘ladi.
―Ijtimoiy tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta‘sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning obyekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruh”larga alohida e'tibor qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi. Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muqofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan yo`nalishi to`liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan. “Ijtimoiy pedagogika” ning paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi o`zgarishlar bilan boqliq. Chunki bu o`zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda. An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan qar bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.
Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uyjoy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabqalari bilan boqliqdir.
Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq. Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya, Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya Filosofiya-Mantiq-Iqtisod Tarix-Etnografiya-huquq fanlari bilan Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini o`rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi. Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashadi. Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi. Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir. Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot irqlarining paydo bo`lishi, odamning tana tuzilishidagi farq-tafovut, o`zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr o`rtalaridan boshlab rivojlandi. Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki jahonning turli mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi.
Pеdagogika – bu fan sifatida o‘sib kеlayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta‘limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pеdagogika esa tarbiya va ta‘limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini bеlgilab bеradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga ―kirishi, ularning ma‘lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) dеb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma‘lum ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat mе‘yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, tеng huquqli a‘zosi bo‘lishga intiladi.
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning obyekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo`lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti- bu bola, biroq organish predmetlari turlicha. Pedagogikaning organish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni organadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda organadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko`rsatmoqda.
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta‘sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotiningtarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе‘yorlari va axloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta‘lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, axloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma‘lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta‘lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta‘limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta‘siri tеgadi.
Ijtimoiy tarbiya uslubiyati - ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning inson mablag‘iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi. Ma’lumki, har bir fanni mazkur fanning o‘rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushunchavoqey olamni bilish jarayonida yuzaga keladi. Voqeylik o‘zgaruvchan bo‘lganligi tufayli tushunchalar ham dinamik tarzda o‘zgarish va rivojlanish harakteriga ega. Boshqacha qilib aytganda tushunchalar tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashishadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo‘llaniladigan yirik nazariy va amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari “ijtimoiy pedagogik faoliyat” “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq atvorning me’yor va qoidalari haqidagi bilimlar, tajribalarni o‘zlashtirib boradi. Bolalar ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyati shuki, ular jamiyat ilgari surayotgan yurishturish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. Faqat ular bu darajani hayot davomida egallaydilar. Shuning uchun bolalar ijtimoiylashuviga ota-onalar, qarindoshlar, bolalar bilan ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) bu masalaga alohida e’tibor bermoqlari zarur. Chunki, bolalar hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari va ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buni ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bolalar avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda 8 u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ham qo‘lga kiritadi. Bular esa bolalarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish va unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni “ijtimoiy ta’lim” deyiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida uning rivojlanish tarixi mobaynida o‘rganib kelingan. Chunki, bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni ifodalaydi. Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosiga qaraganda bir muncha kengdir. Darhaqiqat, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlar (bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar)ni qamrab oladi. Ularning ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularga individual yordam ko‘rsatishning o‘zaro munosabati jarayonida yaratiladi. Guruh (jamoa)larda ijtimoiy tajribani tashkil qilish esa ularning hayotiy faoliyatini yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Bunda guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish, guruhdagi faoliyatni rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurishturish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, ko‘nikish, shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini aniqlab olish birligidir. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda ko‘maklashish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirish, uning jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘zo‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir. Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, harakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarda farqlanadi. Masalan pedagogik, texnikaviy, tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat esa uning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. Umuman olganda o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib uning mazmuni, harakteri tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgandir. Ijtimoiy pedagogika o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tadqiqot metodlaridan keng ko‘lamda foydalanadi; - umummantiqiy metodlar (analiz, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, loyihalash) - umumpedagogik metodlar (kuzatish, suxbat; tajriba; manbalarni o‘rganish; qayta ishlash, umumlashtirish) - xususiy pedagogik - psixologik metodlar (individual va guruhiy o‘rganish, xurmatlash, tushuntirish, ijobiy fazilatlarga tayanish, ijtimoiy fikrlarni hisobga olish, tashxislash ekspert xulosalarini hisobga olish); - tarixiy metodlar tarixiy qiyoslsh, genetika, strukturaviy (alohida belgilar, shartli guruhlar) tarixiy manbalarni o‘rganish; - sotsiologik metodlar ( anketa, so’rovnoma, intervyu olish, sotsiometrik, biografik, monitoring, test topshiriqlari, modellashtirish); - matematik – statistik (taxlil, natijalarni qayd etish, tekshirish).