Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fan.
Pedagogik aksiologiya ta’lim oluvchi va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni o’rganish hamda ta’lim-tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (o’ng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to’g’risidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasi – pedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning o’zaro uyg’unligi natijasida shakllangan fan sohasi bo’lib, muzey muhitida ta’lim-tarbiya berish yo’llarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yo’nalish bilan shug’yllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.
Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o’rganuvchi fan sohasi.
Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bog’liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish cho’qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Pedagogik fanlar tizimida ijtimoiy pedagogika alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogika – garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston uchun yangi hodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O‘zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo‘q qilinishi kiradi.
Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o’zlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Milliy istiqlol g’oyasi va ijtimoiy pedagogika nafaqat o’quv yurtlaridagi, balki butun jamiyatdagi mafkuraviy voqeliklarni sharhlovchi, o’zgartiruvchi va jamiyat a’zolari ongini tarbiyalovchi imkoniyatlarga ega. Milliy istiqtol g’oyalarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zaruriyati ijtimoiy pedagogika fanidan shunday mas’uliyatli vazifani ham hal etishni talab etmoqda. Aynan ijtimoiy pedagogika butun jamiyatni, uning a’zolari ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirishda, jamiyatning barcha nuqtalarini pedagogik tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogika milliy istiqlol qo’lga kiritgan jarayonlarni ijtimoiy pedagogik sharhlab, uni yanada takomillashtirishga, fuqarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qilmog’i kerak.
Milliy istiqlolning ijtimoiy buyurtmasi — O’zbekiston xalqida mustahkam mafkuraviy immunitet, fuqarolarning o’zligini anglashi, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni, diniy bag’rikenglikni, shakllantirishni talab etmoqda. SHuning uchun ham pedagogikada ilgari yetarlicha e’tibor berilmagan yo’nalish — ijtimoiy pedagogikaning ahamiyati kattadir.
Bu yo’nalish ayniqsa, bugungi mustaqil O’zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishida, jamiyat a’zolarini milliy istiqlol g’oyalari ruhida, mustahkam irodali, o’zligini, o’z haq-huquqlarini anglagan, mustaqil fikrga ega, hatto iqgisodiy biznes sohasida ham ma’naviy, faoliyat yuritish, jamiyat a’zolariga ma’naviy-ma’rifiy yordam berish kabi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarni bajarishda, ya’ni yurtimizda insonlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ma’naviy axloqiy ruhda tarbiyalash va ma’naviy yordam ko’rsatish yuzasidan mustaqil O’zbekistonda ko’plab tashkilotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etmoqda. Bularga misol sifatida Respublika Ma’naviyat Markazi, turli jamg’armalar, partiyalarni keltirishimiz mumkin.
Demak, jamiyatda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning zamirida har bir fuqaroning manfaatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy pedagogik faoliyat sifatida ma’naviy-mafkuraviy targ’ibot ishlarini olib borish, ya’ni milliy g’oya printsiplarini aholi o’rtasida targ’ibot qilish yotadi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Prezidenti I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: «...chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda»1.
Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadiganan g’oyaviy-emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi.
Ijtimoiy pedagogika O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq Ittifoq davrida ijtimoiy pedagogika yutuqtari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, milliy an’analarga befarq bo’lish holatlari bilan izohlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yubordi. SHuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo’nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida fakdt ijtimoiy-pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o’qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamlar ongidagi ijtimoiy kasallikning oldini olish va uning ma’naviy-axloqiy og’ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Pedagogika fanidan ma’lumki, tarbiya — bu ijtimoiy hodisadir. Demak, individning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uning ijtimoiy hayoti davomida egallagan bilim, ko’nikma va malakalarsha bog’liq. Afsuski, pedagogika olamida yosh avlodning ijtimoiy hayotidagi hodisa va jarayonlarshshg tarbiyaviy ta’siri masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy o’rganishga qaratilgan maxsus yo’nalish nazardan chetda qolib keldi. Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarimizning ongi va qalbi uchun kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo’nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning pedagogika o’quv yurtlarida maxsus kurs sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chunki XXI asr, ya’ni axborotlar tizimi davrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o’rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o’rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi
tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o’rganish davri yetib keldi. Demak, pedagogika fanining yana bir yo’nalishi — IJTIMOIY PEDAGOGIKAga bo’lgan ehtiyojni davrning o’zi ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularning ma’nosini o’zida jamlaydi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Yangi bilimlarning o’sishi ilmiy fikrlarning real hayotga tatbiq etilishi, yangi bilimlarning yuzaga kelishi, jamiyatning ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi, fanning differentsatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Chunonchi, asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazaridan bir ob’ektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafasi hamda psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda... Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika ham shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o’rganish va yanada takomillashtirish davr taqozosidir. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya yurtimiz
mustaqillikka erishgach, o’zining mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Bu yo’l jamiyatimizning kelajagini o’z qo’llariga oluvchi — yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilandi.
«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi. Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to’g’risidagi fan bo’lib,
ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va o’sha ta’lim berish to’g’risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi, «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqoti» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi.
Shunday qilib, pedagogika o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi fan hisoblanadi, ijtimoiy pedagogika esa ta’lim-tarbiya jarayonida bolani jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.
Insonni atrofdagi muhit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy qadriyatlarni o’zlashtirishi, o’z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashuvi murakkab va davomli hodisadir.
Har qanday jamiyatning rivojlanish etapida ma’lum ijtimoiy, ma’naviy qadr-qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-qoidalar, normalarni ishlab chiqadi. Jamiyatning har bir a’zosi mazkur qonun-qoidalarni egallab, uning teng huquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko’rsatadi. Bu ta’lim-tarbiya orqali amalga oshadi.
Jamiyatda o’zaro munosabatda bo’lgan, o’zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlar orkdli bola ijtimoiy normalarni egallaydi. Bulardan ba’zilari bolaning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga avvalo oila, ta’lim, madaniyat va din, turli-tuman klublar, birlashmalar, shuningdek, video-kino-prokat, kompьyuter-internet tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy tarbiyalash tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim?
Ijtimoiy pedagogika — fanning shunday tarkibiki, uning vositasida:
Dostları ilə paylaş: |