7 – savol. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati. Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari. Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari. Mashg’ulot rejasi: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy ta’lim (o’qitish).
Ijtimoiy tarbiya.
Ijtimoiy pedagogika printsiplari: a) tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lish printsipi; b) madaniyat bilan uyg’un bo’lish printsipi; v) gumanizm printsipi.
Asosiy so’z va iboralar: mezon va printsiplar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta’lim va tarbiya, tabiat bilan uyg’un bo’lish, madaniyatlashuv, gumanizm.
1.Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etish shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamental «asliy» deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo’ladi.
Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko’pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kiradi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o’z aksini topadi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko’rib chiqishda avval biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o’zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o’ziniki ekanligini ko’rib chiqamiz. So’ng u boshqa fanlardan nimani o’zlashtirganini va qaysi tushunchalar o’zinikiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o’zlashtiradi va ulardan keng foydalanadi, masalan, «shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya (ijtimoiylashuv)», «jamiyat». Uning asl mezonlari «tarbiya», «ta’lim» va «o’qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek, umumqabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi.