1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə78/82
tarix13.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#87527
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
1. Ijtimoiy pedagogikada qanday mezonlar mavjud?
2. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarini farqini izohlab bering,taqqoslang.
3. Ijtimoiy pedagogikadagi tamoyilari nechta va ular qanday?
4. “Buyuk didaktika» asarida ijtimoiy pedagogik g’oyalarining ifodalanishi?
5. Komenskiy qaysi asarida tarbiyaning tabiyatga uyg’un bo’lish tamoyilini yoritib bergan?


8 – SAVOL: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Bolaning sotsiumda rivojlanishi
Mavzu rejasi:
1. Bola rivojlanishi haqida tushuncha. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.
2. Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta'lim-tarbiya muassasalari, madaniyat, din va mahallaning o‘rni.


Asosiy tushuncha va iboralar: bola, rivojlanish, ijtimoiylashuv, ijtimoiy institutlar, oila, ta’lim muassasalari, madaniyat, din, mahalla.


1. Bola rivojlanishi haqida tushuncha. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan hislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin, mehnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yetakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va o’zlashtirishda yetakchi vazifani bajaradi.
SHaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin