Gumanizm printsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:
bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo’lishiga qaramay ularga hurmatli munosabatda bo’lish;
har bir bolaning o’zicha bo’lishi, ularga hurmatli munosabatda bo’lish huquqini tan olish; hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo’lish emas, balki o’zicha bo’lish huquqini tan olish;
bolaga o’ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, «Men o’zim» tutgan o’rnini, o’z muammolarini o’zi hal etish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda yordam ko’rsatish;
shavqat qilish va achinishga emas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo’lgan rahmdillikni tushunish;
muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog’lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bo’lishi tizimi o’ylab chiqilishi lozim.
Glossariy: Pedagogik faoliyat – ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy madaniy tajribani berishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida unga jamiyatda amalga oshirishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan professional faoliyat.
Ijtimoiy o’qitish- bolalarda jismoniy mahorat va ko’nikmalar shakllantirish va ijtimoiy bilimlar berish uchun maqsadga muvofiq jarayoe va natija.
Printsiplar: Prirodo sobraznost (tabiylik, tabiylikka muvofiqlik) –bolani tarbiyalash, o’qitish va ijtimoiylashtirish bolaning jismoniy psixik rivojlanishi qonuniyatlari asosida sodir bo’lishi va tashkil etilishi kerak.
Kulturosoobraznost –bolani tarbiyalash ijtimoiylashtirish jarayoni ushbu jamiyatning va tabiatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida amalga oshirilishi kerak.
Insonparvarlik- bolani shaxs sifatida qimmatini tan oluvchi, uning qadri va erkinligini himoya etish bilan ifodalangan, insonning baxtini ijtimoiy institutlar ijtimoiy bahosi asosiy mezonlari deb hisoblovchi,tenglik va adolatlikni esa insonlar o’rtasidagi munosabatlar qoidasi deb hisoblovchi dunyoqarashlar sistemasi.