1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy
Pozitiv negativ mutaxassis nashavand Iste’molchi daydi o’g’ri Oila a’zosi Jamoa a’zosi fuqaro gadoy Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o’g’il yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o’quvchi, o’rtoq, do’st, yetakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo’lish), mutaxassis (o’qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o’zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo’lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning «hammadek» bo’lishi ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo’ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada - boshqa ehtiyoj - o’zini o’z individualligini ko’rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidiradi, namoyon qila boshlaydi, natijada uning individuallashtirilishi sodir bo’ladi. Bola individuallashtirilishi shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o’zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o’xshashiga qaramay notakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo’nalish bo’yicha sodir bo’ladi: sotsializatsiya (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) vaindividuallashtirish (mustaqil bo’lish). Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o’zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o’zlashtirsa, boshqa tomondan unga o’z ahamiyatli «umumiy»ni individualligini qo’shsa, sotsiumda bolaning integratsiyasi sodir bo’ladi.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo’lmasa, unda o’ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo’lishi mumkin, bu shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Agar bola moslashuv fazasidan o’ta olsa va atrofdagilarga o’z individual farqlarini ko’rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga to’g’ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik, gumonsirashlik, agressivlik, o’ziga yuqori baho berish rivojlanadi.
Bola rivojlanishiga tarbiya ham ta’sir ko’rsatadi. Hozir pedagogikada «sotsializatsiya» va «tarbiya» tushunchalari keng muhokama qilinmoqda. Tarbiya shaxs sotsializatsiyasi asosiy omillaridan biri.
Agar bola ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirmasa (muhit negativ ta’siri natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoiy moslashuvga (ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashish) yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Agar ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarning shakllanmaganligi shunchalik yuqori bo’lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashishiga halaqit bersa, ya’ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo’lsa, bu holda bola bilan yo’qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo’naltirilgan maxsus choralar tizimini tadbiq etishni ko’zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur.
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o’z ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir bo’lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi.