OʻZBEK TILINING BOYISH MANBALARI
( TASHQI MANBA ASOSIDA)
JDPI talabasi
Mizomova Farida
Ona tilimiz boshqa tillardan oʻzining lugʻat tarkibining boyligi bilan ajralib
turadi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham oʻzining bir necha asarlari
orqali
buni yaqqol isbotlab bergan. Navoiy tilimizdagi soʻz tovlanishlarini boshqa tillar
bilan qiyosiy tarzda oʻrgangandir.
Oʻzbek
tilining leksikasi fan-texnika, sanʼat,ishlab chiqarishning taraqqiyoti
bilan bogʻliq holda boyib boradi.
Oʻzbek tili leksikasi bir
qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni
eng avvalo,ikkita katta guruhga ajratish mumkin:
1)ichki imkoniyat;
2) tashqi imkoniyat.
Til lugʻat tarkibining ichki manba asosida boyishi deganda sheva-
lahjachalardan soʻz olish,yangi soʻzlar yasash asosida boyishi tushuniladi.
Masalan,buvi,buva soʻzlari adabiy tilga Andijon shevasidan olingan, bildirishnoma,
dalolatnoma, maʼruzachi soʻzlari yasama soʻzlardir.
Chet tillaridan soʻz oʻzlashtirish asosida til lugʻat tarkibining boyishi tashqi
omil asosida boyishi deyiladi. Bunda oʻzbek adabiy tiliga fors-tojik, arab, rus va
boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirishi tushuniladi.¹
Oʻzbek tiliga boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirish turli
davrlarda turlicha
boʻlgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan ,
undan ham
keyinroq esa rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan soʻz oʻzlashtirish
faollashgan. Oʻzlashgan soʻzlar ham oʻzbek leksikasida anchagina miqdorni tashkil
Nusxa ko'chirilishi orqali so'z yasaladi. Ammo tilda ba’zan yangi so'z yasalmay,
azaldan mavjud bo'lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining
Birorta ma’nosini yuklash orqali ham ma’no o'zlashtirilishi ta’minlanadi.
oʻzlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi.³
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.Nosirjon Uluqov – «Tilshunoslik nazariyasi»- Toshkent – «
Barkamol fayz
media» - 2016-yil,116-bet.
2. Hasanxon Jamolxonov – «Hozirgi oʻzbek adabiy tili» - Toshkent – «Talqin» -
2005-yil, 196-197- betlar.
3.http://iht.uz.