1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə16/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

IX-XII asrlarda Samarqand.
Arablarni O’rta Osiyoga yurishlari, jumladan 705 yillardagi Xuroson noibi Kutayba ibn Muslimning harbir yurishi oqibatida Movarounnahr xalifalik tarkibiga kiritildi. Samarqand – Movarounnahr boy va ahamiyatli shaharlaridan biri sifatida va uni egllash ham. Kutayba ibn Muslimning asosiy maqsadlaridan biri edi.
O’sha davrda yozma manbalarning guvohlik berishicha, dastlabki kunlardanoq shahar aholisi va himoyachilari arablarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Qamal uzoq vaqt davom etdi va natijada Samarqand hukmdori Gurak arablar bilan og’ir kelishuvga rozi bo’ldi. Samarqand halqi har yili yirik kontribusiya to’lash bilan birga, dushman harbiy xizmatga 30 ming kishi jo’natishi lozim bo’lgan. Lekin bu bilan cheklanib qolmasdan, kelishuvga binoan, shaharning ichki qismi aholidan ozod etilib, bosqinchilarga bo’shatib berildi.
VIII asr o’rtalariga qadar Samarqandda mustaqillik uchun kurash davom etdi. Bu kurash so’g’dlarning turklar bilan ittifoqlikda arablarga qattiq zarbalar berib, qisqa tanaffusli g’alabalar davom etdi. VIII asrning 50 yillari boshlariga qadar, shahar qo’ldan-qo’lga o’tirib turdi va to’la to’kis arablar hukmronligi o’rnatildi.
776 yilda butun So’g’dni komiga olgan Muqanna (Hoshim ibn Hakim) qo’zg’aloni bo’lib o’tdi. Bu harakatda Samarqand asosiy rolni uynadi. Muqanna bir necha bor So’g’d poytaxtini egallashga harakat qiladi, lekin bu natijasiz bo’ldi.
IX asr boshlarida shahar tarixida yana bir siyosiy voqyea yuz berdi. 806 yilda shaharda arab zadagoni Rofi ibn Lays boshchiligida isyon bo’lib o’tdi. Uni Xuroson Noibining og’ir soliq zulmidan va poraxo’rlgidan g’azablangan co’g’dilar faol qo’llab – quvvatlashdi. Rofi ibn Lays Samarqandni o’z harbiy harakatlarini boshqaradigan markaz etib oldi. 810 yilda xaliflik katta qo’shin bilan harakatni bostira oldi.
VIII – asr oxirlariga kelib, mahalliy zadagon vakillari ko’pchilik qismi arablar xizmatiga o’ta bordilar. Ayniqsa, abbosiylar hukmronligi davrida ularga ko’proq suyana bordilar. Mana shu davrdan boshlab, siyosiy sahnaga Tohiriylar va Samoniy kirib kela boshladilar.Tohir ibn Husayn xalifa Ma’mun qo’shiniga qo’mondonlik qilib, 821 yilda Xuroson noibi etib taynilanib, Tohiriylar sulolasining asoschisi bo’lib qoladi. O’z navbatida, u mahalliy hukmdorlardan bo’lgan Asad ibn Somonoilasidan bo’lgan safdoshlarini ham qo’llab-quvvatladi.Keyingi to’rt o’g’il-Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos Movarounnahr va Xurosonning shahar va viloyatlarini boshqardilar. Nuh to’ng’ich o’g’il sifatida Samarqandninghukmdori bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab shahar Movarounnahrda o’zining siyosiy mavqyeini tiklab bordi.
Manbalarning guvohlik berishicha, bu yerga Shoshdan, Farg’onadan soliqlar tushib, shunga binoan, savdo markazi sifatida ustunlik qila bordi.
Samoniylar borgan sari to’la hukmronlikka erisha borib, IX asr oxiriga borib, xalifalikdan deyarli mustaqil bo’lib oldi. Ular o’zlarining ichki va tashqi siyosatlarini olib borib, tanga zarb etish huquqini ham mustahkamlab oldilar.
IX-X asrlarda poytaxt rasman Buxoroga ko’chirilgan bo’lsada, Samarqand Movarounnahrning asosiy shaharlaridan biri bo’lib qoldi. Shaharning poytaxtlik mavqyei Nuh ibn Nasr (943-954) davrida bir muncha vaqt qaytib keldi, chunki bu davrda Buxoro boshqa bir samoniylarga qaram yirik hukmdor qo’shinlari tomonidan egallangan edi. (Sam. Viloyati Tim qishlog’ida Arab-ota maqbarasi samoniylardan qolgan.)
X asr oxirlarida Samoniylar davlati to’la inqirozga uchray bordi. Bu davrda yangi siyosiy kuchga ega bo’lgan – Qoraxoniylar paydo bo’ldi. Qoraxoniylar istelochisi Nasr ibn Aligina Samoniylarni tor-mor eta oldi.
Samarqand taxtini egallagan, ko’p sonli Qoraxoniylardan faqat asosan Toshg’achxon Ibrohim ibn Nasr alohida ajrilib turib, u 1070 yilgacha hukmronlik qilgan. Bu hukmdor tarixga aqlli va uzoqni ko’zlovchi siyosatchi sifatida kirib, Movarounnahrda o’z fuqorolari manfaatlarini himoya qilgan holda, siyosiy barqarorlikni yurgiza oldi.
Kumush dirhamlar ayniqsa, ichki savdoni ta’minlab, Samarqand bu borada Shoshdan tashqari, Buxoro va Xuroson shaharlarini ta’minladi. Ismoil ibn Ahmad (892-907) hukmronligi davrida chiqarilgan falsa deb nomlangan miss tangalar, uzoq o’n yillikda ichki bozorda pul almashinuvini ta’minlab va Buxorodan to Farg’ona vodiysiga qadar–butun Movarounnahrda tovar ayirboshlashda faol muomilada yurdi.
Bu shaharni xududiy o’sish va shahar madaniyati darajasiga katta ta’sir etdi. X asr boshlariga kelib, Samarqandda umumiy inshootlar, oliy o’kuv muassasalari va umuman shahar obodonchiligi yuqori darajada bo’lganligi manbalarda qayd etiladi.
Bu haqda, masalan, Ibn Xauqal X asrning 2-chi yarmida Samarqandga kelgan, uning aytishicha, uning asosiy tarkibiy qismlari – sitadel (qal’a), shahriston (shahar ichi), rabot, shahar darvozalarini sanab o’tgan va eng asosan ko’p sonli sug’orish kanallarini va shaharni bezab turuvchi – Saroy qurilishlari, jome ma’chitlar, karvonsaroylar, hammomlar va boshqalar ta’kidlab o’tadi.
Nasr ibn Ali davrida, Samarqand qoraxoniy mulklari ichida asosiy shahar bo’lib qoladi. 1040 yildan so’ng bu davlat G’arbiy va Sharqiy Qoraxoniylar davlatiga bo’lingach, Samarqand g’arbiy davlatning poytaxti va xon qarorgohiga aylanadi. Muayyan siyosiy barqarorlik bo’lmasada shahar rivojlanishda davom etdi, va XI-XII asrlarda hududiy jihatdan o’sdi. Aholi soni oshib bordi, shuningdek shahar atrofida savdo – hunarmandchilikning o’sish, shaharning ichi shahriston hunarmandchilik ustaxonalari bilan to’lib bordi.
Tamg’achxon Ibrohim davrida Samarqandda hashamatli qurilishlar – uning buyrug’i va ajratib bergan mablag’iga katta madrasa, kasalxona, bozor inshotlari qurildi. Bu hukmdor davrida Samarqand keng mamlakat maydoni va bu poytaxt haqiqat ham, munosib qurilishlar bilan bezatilgan edi. Shu davrga oid rasmiy hujjalarga – shaharning obodonchiligi, savdo markazi sifatida rivojlanganligini, hunarmandchilik mahsulotlari, ilm va Fan orqali shahar infratuzilishining rivojlanganligi tasvirlab beradi.

Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin