1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə19/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

  • Darsning xrono kartasi-80minut.

  • O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

  • Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

  • Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

  • Yo’qlama-5 minut

  • Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

  • Yangi mavzu bayoni-50 minut

  • Sinov savollari namunasi-5 minut

  • Uyga vazifa berish



    Buxoro.
    Garchi amir Temur o’z hukmronligi davrida Buxoroni o’z onasining vatani sifatida qadrladi. Buxoroda uning hukmronligi davrida Namozgoh masjidi ta’mirlandi Chashmai Ayyub maqbarasi bunyod etildi. Chashmai Ayyub maqbarasi qadimiy va mashhur mazor o’rnida Ayyub payg’ambarning soxta qabri ustiga 1383-1384 yillarda qurilgan. Maqbara nomidagi chashma so’zi uning ichidagi quduq tufayli, qo’llangan bo’lib, bu quduq rivoyatlarga qaraganda, Ayyub payg’ambar xassalarini yerga urganlarida suv otilib chiqqan edi.
    Amir Temur va Temuriylar davrida Buxoro Mavorounnahrga iqtisodiy va madaniy markazi sifatida o’z ahamiyatiga ko’ra, ikkinchi o’rinni egallab keldi, diniy-ma’naviy ta’sir jihatidan esa yanada kuchliroq yetakchilik qildi.
    Imom Buxoriy payg’ambar Muxammad alayhissalomning: «Kishi o’zidan so’ng odamlar foydalanadigan ilmni qoldirgan taqdirdagina vafotidan keyin ham kishilar orasida yashab kolaveradi» degan ko’rsatmalariga amal qilib, o’z bilimlarini zamondosh muxaddislarga va barcha mo’min-musulmonlarga qoldirishni burchi deb bildi.
    «Al-Jomi’ assaxix»ning diqqatga sazovor jihati shundaki, bu — ilk muhaddislarning nomlari bo’yicha tanlangan hadis to’plamlaridan farqli o’laroq mavzu tasnifi bo’yicha tanlangan hadis to’plamidir. Imom Buxoriy qo’llagan tamoyil unga rivoyatlar doirasini ancha kengaytirish imkonini berdi.
    Imom Buxoriyning «Sahih» kitobi hozirga qadar musulmonlarning Kur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turadigan muqaddas kitobi sanaladi. Xozirgi vaqtda musulmon olamidagi barcha madrasayu ma’hadlarda hadislar ana shu ki-tob asosida o’rganiladi. Shuningdek, Imom Bu-xoriy bir qancha taxrirlarda «At-Ta’rix al-kabir» (Katta tarix) nomida muxaddislar biografiyalari to’plamini tuzgan. Kur’onga yozilgan sharh xam Imom Buxoriy qalamiga mansubki, hali u yaxshi o’rganilmagan.
    Imom Buxoriyning shogirdlari, izdoshlari va zamondoshlari orasida buyuk islomshunos olim Abu Iso Muxammad ibn Iso at-Termizpy (209/824-279/892) xam bor. Xakim Termiziy («Termpzlik donishmand») lakabini olgan at-Termiziy yirik «hakimiy» sufiylik tarikatinnng asoschisidir. Kalnn va samarali do’stlpk munosabatn al-Buxoriy bilan at-Termizpydek buyuk olnmlarni jppslashtirdi.
    Baxouddin Naqshbandning «Kalbing Allohda, qo’ling ishda bo’lsin» degan hikmati bag’oyat kimmatlidir. Uning o’zi uyi atrofidagi yer-larni chopib, bug’doy yetishtirish bilan shug’ullangai. U xar bir mo’min- musulmonning burchi o’ziga qoniq qilib, fikri-xayoli o’z kechmish-kechirmishlari bilan band bo’lishga intilishdan iborat deb hisobladi.
    Xalq o’rtasidagi naqllarga ko’ra Naqshband odamlarni g’am-g’ussadan va baxtsizlikdan forig’ etuvchi mo’jizaviy kuchga ega bo’lgan. 1863 yili qalandar ko’rinishida Buxoroda bo’lgan venger sharqshunosi Armaniy Vamberi o’z sayoxatnomasida ta’kidlaganidek shaxar aholisi 6alolarni daf etish uchun: «Yo Bahouddin, balogardon!» (balolarni daf etuvchi) deb xitob qilardn.
    Naqshbandiylik ta’limoti Markaziy Osiyodan Sharqning boshqa mamlakatlariga kirib bordi va o’rta asr diniy-ma’naviy, iloxiy tafakkurinnng yorqin ko’rinishlaridan biri bo’lib qoldn.
    Naqshbandiylik tariqatining ma’naviy merosi bizning davrimizgacha yashab keldi. Chunonchi, XIX asr oxirlarida qayd etilganidek Turkiston o’lkasida uch tariqat: naqshbandiya, kodiriya, kubraviya xukm surib kelgan.
    Bahouddin Naqshbandning qabri xozirga qadar saklangan bo’lib, musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan. Uning nomi bilan ataluvchi mozor Buxoro shaxri yaqinidagi shu nomli qishloqda joylashgai.
    Keyinchalik, ilk temuriylar davrida Buxoro ma’naviy-diniy markaz va davlatning birmuncha karshi kayfiyatli ikkinchi poytaxt sifatidagi o’z mavqyeini yanada mustahkamladi. Chunonchi, Amir Temur faoliyatidan so’ng samarqandda hokimiyatni Halil Sulton egallab olgan keyin, Shohruhning taxtga da’vogar va mavjud oliy hokimiyatga qarshi faoliyatida bulgan o’g’illari Ulug’bek va Ibrohim Sulton Buxoroga kelishdi. Shahar kattaligi jihatdan Samarqanddan qolishmas edi. Shahzodalar Buxoro arkiga kelib joylashdilar.
    Buxoro faqat Movarounnahrning Samarqandga qarshi kayfiyatda bo’lgan ikkinchi markaziy sifatidagini emas, balki Xurosonga strategik jihatdan yaqin shahar ekanligini inobatga olib Shohruxdan yordam kuttilar. Halil Sulton tomoniga o’tgan Buxoro lashkarlari arkka hujum qilgandan so’ng, shahzodalar qochishga majbur bo’ldilar.
    Bu davrda, aytish joiz, Buxoro Sadrjahonlari ilgari bo’lganidek, bu davrda ham, jamiyatning zodagon qatlamlaridan chiqqan kishilar bo’lib, oliy hokimiyat ular tomonda edi. Ko’pincha Buxoro Sadrjaxonlari dunyoviy hukmdorlarning rasmiy noiblari hisoblanar va ular o’z davrining boy kishilari bo’lgan.
    Xudi shu boisdan Ulug’bek o’zidan oldingi podshohni og’darishda kata ta’sir ko’rsatgan. Buxoro ruhoniylarning mavqyeini yaxshi tushunib, diniy doiralarni qo’lga olishga intildi. 1417-1418 yillarda ulug’bek Buxoroda qurdirgan muhtasham madrasi uning ilk qurilishlaridan bir bo’ldi. Uning uymakor yog’och darvozasi peshtoqidagi: «ilm olishga intilish har bir muslim va muslima uchun qarzu farz» hadisi ayniqsa diqqatga sazovor bo’ldi 1419 yilda 28 noyabrda madrasaning rasmiy ochilishida Ulug’bek Buxoroga yetib keldi, shuningdek G’ijduvon Bahouddin Naqshbandiyning ustozi, ana shu eng nufuzli so’fiylik tariqatining asoschisi Xoja Abduhaliq G’ijduvoniy qabri yoniga 1432-1433 yillarda Yangi madrasa qurdiradi Buxorodagi masjidi Kalon ham Ulg’bek davrida to’liq ta’minlandi. Ulug’bek deyarli butun hayoti davomida ko’pincha va uzoq muddatga Buxoroga kelib turdi.
    Ulug’bek vafotidan keyin Buxoro ruhoniylarining davlatidagi siyosiy hayotga ta’siri kuchaydi. Ulug’bekning o’g’li Abdullatif davrida Naqshbandiylik taraqqiyotidagi kishilar mavqyei ancha ortdi, shahzoda Abdulla tarafdorlari hokimiyatni egallagandan so’ng, Buxoro temuriylar taxtiga o’z da’vogari Abu Saidni ko’tardi. Abu Said hokimiyatga erishgach, huzuriga Toshkentdan Naqshbandiylik tariqatining mashhur vakili Hoja Ahrorni chaqirib oladi va u keyingi qirq yil mobaynida Temuriylar davlatida eng nufuzli siyosiy va diniy arbob bo’lib qoladi.
    Ulug’bekdan keyin Temuriylar va katta amaldorlardan birontasi Buxoroni obodonchiligi bilan qiziqmadi.
    XV asrning so’nggi yillarida shaharning ulkan boyliklarga va ularning har qanday tarxon yorliqlariga ega bo’lgan eng nufuzli mansabdorlar Temuriy Tarxonlar qo’lida qolib ketdi.
    Bobur ham Buxoro xususida: Buxoro ko’rkam shahar. Mevalari mo’l va ajoyib, qovunlari juda yaxshi Movarounnahrning Biron yerida Buxorodagidek ko’p va ajoyib qovun bo’lmaydi. Buxoroda tovuq va g’ozlar ko’p. Movarounnahrda Buxoro sharobidan o’tkir sharob hyech yerda yo’q.
    Har bir qo’shni yerlar hisobiga boyishi orzusida bo’lgan alohida feodal guruhlar o’rtasidagi doimiy harbiy to’qnashuvlar XV asr oxirlarida Temuriylar davlatini to’la bosh boshdoqlikka va ko’plab mayda mulklarga parchalanishiga sabab bo’ldi.
    Ko’plab oddiy va muxtasham qurilishlar XIV asrda tezlashdi. Lekin o’sha davr obidalaridan ozginasngina bizgacha yetib kelgan. Shunga qaramay, Buxoronnng sharqiy devori ortidagi ikkita yodgorlik inshootining o’ziyoq o’sha davrda shakllangan uslub xaqida tasavvur beradi.
    Bayonqulnxon maqbarasi (1358) Buxoroda nihoyatda yuksak nufuzga ega bo’lgan kubrovpya tariqatining raxbarp Sayfiddin Baxorzpy (vafoti 1261) qabri yoniga qurilgan. Ko’p o’tmay, qabr ustiga muhtasham sag’ana barpo ztilgan.
    Chashman Ayyub — Buxoronnng o’ziga xos obidasidir . U ba’zan maqbara deb yurntiladi, aslida u Ayyub payg’ambar qadamjoyidir. Afti-dan, Ayyub payg’ambarni e’zozlash islomdan oldingi davrlarda suvga sig’inish bilan bog’lpq ravishda vujudga kelgan bo’lsa kerak. Bnno qu-rilishi bir necha davrni o’z ichnga oladi. Taxmin kilinishicha, uning qadimiy qismi XII asrga borib taqaladi. Ayni vaktda saqlanib kolgan qabr lavxasida 1380 yoki 1384/5 sanasi o’yib yozilgan (yozuv yaxshi saklanmaganligidan turlicha o’qilishiga sabab bo’lgan) — bu Amir Temur hukmronligi davridir. Yanada keyinrok sanasi XVI asr deb belgilangan peshtoq paydo bo’lgan.
    Binoda oltita xona bo’lib, ularning ichki kismida muqaddas bulok joylashgan, uning ortida katta mexrobli masjid savlat to’kib turibdi. Bino ko’p gumbazli, tashkaridan konus shaklidagi bosh gumbaz xamda uni tutib turuvchi baland silindr shaklidagi gumbazli qism ajralib turibdi. Bunday tizim Movarounnahr me’morchiligiga mutlaqo begonadir, Xorazm uchun esa xos. Yuqorida keltirilgan sanaga ko’ra, bu gumbaz Amir Temurning Urganchga qilgan zafarli yurishlari va uning Xorazmni zabt etganidan keyin Buxoroga olib kelingan ustalar tomonidan bunyod etilgan. Darvoqye, xuddi o’sha davrda aynan xorazmlik ustalar Shaxrisabzda Amir Temurning o’g’li Jaxongir uchun chodirsimon gumbazli maqbara qurishgan. Shunisi xam borki, Buxoroning muqaddas bulog’i ustidagi inshoot ancha oldin kurila boshlagan bo’lishi mumkin.



    Yüklə 398 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin