1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Shahrisabz vohasi XVI asrda.Buxoro xonligining viloyat shahri



Yüklə 398 Kb.
səhifə27/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Shahrisabz vohasi XVI asrda.Buxoro xonligining viloyat shahri.

Siysiy tarixi. XV asrning oxirida, ayniqsa, Samarqand hokimi Ahmad Mirzoning o’limidan so’ng (1494) Mavorounnahr amalda mustakil boshkariladigan bir kancha viloyatlarga bulinib ketdi. Bu davrda Sirdaryoning quyi oqimidan Balxash kuligacha bulgan katta hududda xukmronlik kilayotgan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) Temuriy hukmdorlarning uzaro nizolaridan foydalanib, 1497 yilda Movarounnahrda dastlabki harbiy yurish uyushtirdi. Bu harbiy harakatlar davrida Movarounnahrning birorta ham shahri bosib olinmagan bulsada, Shayboniyxon boshchiligidagi kuchmanchi uzbeklar Shahrisabz va Qarshi shaharlarini talab, katta ulja bilan kaytib ketdilar.


Shayboniyxonning Movarounnahrga 1500 yilda boshlagan ikkinchi yurishi natijasida dastlab Movarounnahrning ikki yirik shahri – Buxoro va Samarqand deyarli jangsiz qo’lga kiritildi. Sungra Qashqadaryo vohasidagi shaharlar ham Shayboniyxon qo’shini tomonidan egallandi. Temuriy hukmdorlarning Shayboniyxon qo’shinlarini to’xtatishga bulgan urinishlari hyech qanday natija bermadi va nisbatan kiska muddatda (1500-1507) Movarounnahr, Xorazm, Xisor va Xurosonda Shayboniyxon hukmronligi o’rnatildi. Bu davlatning poytaxti sifatida, Temuriylar davridagidek, Samarqand shahri tanlandi.
Shayboniyxonning o’limidan so’ng (1510) Xuroson va Xorazmning katta kismi Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Temuriy shahzoda Mirzo Bobur Eron qo’shinlari yordamida 1512 yildi Kesh, Qarshi, Samarqand va Movarounnahrning boshka shaharlarini egalladi. Lekin G’ijduvon yaqinida Ubaydullaxon boshchiligidagi Shayboniylar Mirzo Bobur va unga yordamga kelgan Najmiddin Soniy qo’shinlari ustidan g’alaba qilgandan so’ng (1512), Movarounnahr va Xurosonning shimoliy qismi Yana Shayboniylar qo’liga o’tdi. Shayboniyxonning o’limidan keyin Movarounnahrda Ko’chkunchixon (1510-1529), Abu Saidxon (1529-1533) va Ubaydullaxon (1533-1539) hukmronlik qildilar. Mahalliy muarrixlar Ubaydullaxon faoliyatiga baho berib uning davrida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnaganligini ta’xkidlab o’tishgan. Lekin Ubaydullaxonning ulimidan keyin Movarounnahr bir kancha Shayboniy sultonlar amalda bulib olindi. Taxt uchun o’zaro kurash boshlandi.
XVI asrning 50-yillaridan boshlab Movarounnahrning siyosiy hayotida yosh va iqtidorli Sulton Abdulla paydo bo’ldi. Tarixda Abdullaxon II nomi bilan kolgan bu hukmdorning ilk siyosiy yutuklari Qashqadaryo vohasi bilan bog’liq. Abdullaxon 1552 yilda Nasaf viloyatini qo’lga kiritdi. Lekin Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon 1553-1554 yillarda Samarqand, Miyonkol va Qashqadaryo vohasini egallab olgandan so’ng, Balxga tog’asi Pirmuhammadxon huzuriga ketishga majbur bo’ldi. Shahrisabz shahrini egallagan Navro’z Ahmadxon bu yerga Hoshimsultonni hokim etib tayinladi. Navro’z Axmadxonning o’limidan so’ng (1556) Abdullaxon Movarounnahrga qaytdi va dastlab otasining mulki bo’lgan Miyonkol qala’sini egalladi. 1556 yilning kuzida Shahrisabz ham Abdullaxon tomonidan egallandi va bu shaharga Husrav Sulton hokim etib tayinlandi. Samarqand, Turkiston, Toshkent, Xo’jand hukmdorlari bilan bo’lgan janglardan so’ng Abdullaxon 1557 yilda Buxoro shahrini, 1557 yilning yozida Qashqadaryo viloyatining quyi oqimida joylashgan Kaspi qo’rg’onini, 1558 yilning boshlarida esa Qarshi shahrini ham egalladi. Shundan so’ng Abdullaxonning maxsus buyrug’i bilan Shahrisabz Qarshi viloyatiga qo’shib yuborildi va Qashqadaryo vohasini boshqarish Xusrav Sulton qo’liga o’tdi. Lekin Qashqadaryo vohasi shaharlari bir necha marotaba Abdullaxonga dushman bulgan Shayboniy sultonlar qo’liga o’tib turdi. 1574 yilga kelibgina Abdullaxon Qarshi, Shahrisabz va Xisorda o’z hokimiyatini to’liq o’rnatdi. Oradan ikki yil o’tib Samarqand va Toshkent viloyatlari ham abdullaxon qo’liga o’tdi.
Abdullaxon hukmronligi davrida Qashqadaryo vohasida hyech qanday muhim siyosiy to’ntarishlar ro’y bermadi. Faqat XVII asrga oid tarixiy manbalarda saqlanib kolgan ma’lumotlarga kura, Abdullaxonning Shahrisabzni egallash uchun qilgan yurishlarida, Amir Temurning mashhur Oqsaroy qarorgohi va Dorussaodat majmuasi, xususan Jahongir Mirzo maqbarasi qisman vayron etildi.
Yozma manbalarda ko’rsatilishicha XVI asr urtalarida ham Shahrisabz Temuriylar davridagidek, muhim ahamiyatga ega bulgan yirik shahar hisoblanib, mustahkam mudofaa devorlari va burjlari bilan uralganligi tufayli hyech kanday kudratli hukmdor uni osonlik bilan egallay olmas edi. Qarshi va Shahrisabzga nisbatan ancha kichik shahar bo’lib, uning mudofaa tizimi ham shahrisabznikiga qiyoslaydigan darajada mustahkam emas edi. Bu davrda Qarshini doruga – harbiy boshlik boshkargan bulsa, Shahrisabzni kup hollarda ulus boshliklari – sultonlar boshkarar edi. Lekin Abdullaxon II tomonidan Buxoro xonligiga asos solinib, Buxoro taxtga aylantirilgandan keyin mamlakat miqiyosida Shahrisabzga nisbatan qashining ahamiyati osha boshladi. Buning isbotini biz Abdullaxon II tomonidan Qarshi shahrida etilgan va ko’pchiligi bizning davrimizgacha saklanib kolgan bir necha binolar – masjid, madrasa, hammom, sardoba, xonaqoh, ko’prik va boshqalar qurilganligida, Shahrisabzda esa Temuriylar davriga oid bir qancha me’moriy inshootlar vayron etilganini ham kuramiz.
Buxoro xonligida iktisodiy va madaniy hayotni ancha rivojlantirishga erishgan Abdullxon II ning ulimidan keyin, uning vorislari Buxoro xonligining katta hududini (Xuroson, Badaxshon, Xorazm) qo’ldan chiqardilar va qisqa vakt hukmronlikdan sung Buxorodagi siyosiy hokimiyatni xam boy berdilar. O’zaro urushlarda kirilib ketgan Shayboniylar sulolasi urniga XVII asr boshlarida Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi.

Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin