1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə25/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Shayboniylar davrida Samarqand.

XV asrning oxirida Temuriylar davlatida kuzatilgan siyosiy inqiroz mamlakatning tashki kuchlar tomonidan bosib olinishiga zamin yaratdi. Bunday kuch sifatida maydonga dashti qipchoqli Muhammad Shayboniyxon chiqdi. Movarounnahr va unga tutash yerlarni qurol kuchi bilan buysundirgan bu hukmdor 1500 yilda Samarkandni zabt etishga muayassar buldi. So’ngra Hofiz Tanshi Boxoriyning yozishicha, o’g’li Muhammad Temur sultonni o’z merosxo’ri etib tayinladi va unga xon unvonini berib, Samarqandga hokim etib tayinladi.


Shayboniyxonni nisbatan qisqa hukmronligi davrida shaharda ayrim sohalarda jonlanish sodir bo’ldi. Oliy hukmdor poytaxt shahardagi qurilishlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu hukmdorga zamondosh tarixchi, Shayboniyxon «shaxsan o’zi qurdirgan Madrasa-i Oliyaga» borganini qayd etadi. 1510 yil uning fojiali o’limidan so’ng, Movarounnahrga uning jiyani Ubaydulla Sulton mavqyei mustahkamlandi. Ubaydullaxon davrida (1533-1539) mamlakatningpoytaxti rasman Samarqand sanalsada amalda bu hukmdor davlatni o’z merosiy mulki Buxorodan turib boshqardi.
Ubaydullaxon o’limidan so’ng, markaziy hokimiyatning parchalanishi va ikki hokimiyatchiliknivujudga kelishi bo’ldi. Buxoroda Ubaydullaxonning o’g’li Abdullazizxon (1540-1550) Samarqandda-Kuchkunjixon o’g’illari avval Abdullaxon 1 (1541y) so’ng Abdullatif (1541-1551) hukmronlik qildilar.
So’ngra Samarqand taxtiga Baroqxon nomini olgan Navro’z Ahmadxon (1551-1556), so’ngra Burhon sulton o’tirdi. Shu davrda Shayboniylar sulolasining zabardast vakili, qat’iyatli Abdulla sulton mavqyei oshib bordi. Abdulla Sulton 1557 yil Buxoroni egalladi va oliy hukmdor sifatida tarkib topgan an’anaga ko’ra dastlabJonibek Sulton avlodidagi eng keksa vakil-Pirmuhammadni (1557-1560), so’ngra otasi Iskandarxonni (1560-1583) Buxoro taxtiga o’tkazdi, haqikiy hokimiyat esa uning qo’lida qoldi. Uning davrida Buxoro uzil-kesil Shayboniylar davlatining poytaxtiga aylandi.
Abdullaxon II markaziy hokimiyatga boshqa shaharlar singari, 1578 yilda Samarqandni bo’ysunlirdi. Uning o’limidan so’ng, o’g’li Abdulmo’min va undan so’ng ham bu davlat chuqur inqirozni boshdan kechirdi.
XVI asrda bu sulola hukmdorlari davrida Samarqandda ayrim jabhalarda rivojanish jarayoni kuzatiladi shaharda qurilish ishlari jumlad, Kuchkunjixon tomonidan Alayka ko’kaldoshning Juma masjidida marmar minbar (1528), Juvonmard Alixon tomonidan hammom (1524) lari qurildi.
Bu davrda Samarqand O’rta Osiyodagi boshqa shaharlar kabi mahobatli himoya devorlari bilan o’ralgan edi. Bu o’rinda XVI asr muallifi Zayniddin Vosifiyning Samarqand devori haqida yozgan qo’yidagi so’zlari e’tiborlidir: «Karvon Samarqand shahri darvozasiga yetgach shunday bir shaharni qurdilarki, g’oyad mustahkam va maxkam. Devorni balandligi shu qadar ediki, agar falak ho’kizi unung tepasidan o’tkanda kungurasining keski qornini yirtgan bo’lardi». Samarkand shahri devorlari burj va darvozalar uni tashqi dunyo bilan bog’lovchi asosiy vosita sifatida muxim o’rin tutgan.
XVI asrga oid malumotlarga ko’ra, Samarqandni janubida So’zangaron, g’arbida Chorraha, shimoliy tomonida ohanin darvozalari joylashgan edi.
Zaxriddin Bobur ham Samarqandning ohanin, So’zangaron, Shayxzoda, Feruza, Gozuriston darvozalari nomlarini keltirilgan.
Samarqandda ham mahalliy aholi o’z extiyojlari va sotish uchun paxta tamaki yetishtirgan. Aholi dehqonchilik bilan bir qatorda bog’dorchilik bilan ham keng shug’ullangan.
Samarqandda bog’lar juda ko’p bo’lgan. Bog’larda turli xil mevalar, shuningdek xonlikda «eng yaxshi» shaftolilar yetishtiriladigan markaz hisoblangan.
Bu davrda turli hunarmandchilik sohalari keng rivojlangan edi. Xususan Samarqandda tuzilgan XVI asrga oid qozilik hujjatlarida 60 dan ortik hunar turlari kayd kilingan.
Shulardan biri tukimachilik edi. Samarqandlik tikuvchilar yaratgan mahsulotlarga boshqa shaharlar, mamlakatlar, dasht ahli orasida talab katta bo’lgan. Ularni katta qismini ip gazlamalar tashkil etgan. Masalan, bo’z (karbas), olacha, chit va boshqalar hisoblangan.
Samarqand ipak matolari ishlab chikaruvchi yirik markaz sanalgan. Hunarmandlar tomonidan to’qilgan ipak gazlamalarning eng mashhuri baxmal bo’lib, bobur «Samarqand yana bir matoi qirmizi mahmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar»-deb yozadi. Shuningdek, bo’yoqchilik ham rivojlangan edi. Hunarmandlar matolarni turli ranglarga, xususan, nil (indigo) bo’yog’iga bo’yashda katta mahoratga ega edila.
XVI asr Samarqandga oid hujjatlarda temirchilar-ohangarlar, bronzadan turli buyum quyuvchilar-rextagarlar, cho’yan buyumlarni quyuvchilar cho’yangarlar, mix yasovchiustalar mexchagarlar tarzida keltirilgan.
Ilm-fan va madaniyat rivojlangan bu qadim diyorda doimo yozuv qog’oziga ehtiyoj katta edi. Yozuv qog’ozi ishlab chiqarish rivojalangan markazlaridan biri Samarqand bo’lgan. Bu haqda Zahriddin Bobur «Olamda eng yaxshi qog’oz Samarqanddin chiqar»-deb qayd etgan edi. Samarqandda qog’oz ipakdan ( qog’oz-i abrishumi), yarim ipakdan va paxtadan tayyorlangan. Qog’ozgar ustalar tayyorlagan turli ranglarga-qizil, ko’k, sariq, va boshqa ranglarga ham bo’yaganlar.
Yana bir rivojlangan hunarmandchilik soxalaridan biri muqovasozlik edi. Muqovasozlik ustaxonalarda usta «sahhoflar» turli qo’lyozmalarni muqovalash bilan shug’ullanganlar. XVI asr boshlarida muqovasozlarning bunday do’konlaridan biri Samarqanddagi «Bozori Attoron» da joylashgan edi.
Samrqandliklar aholiga turli oziq – ovqatlar – qandolatchilik mahsulotlari, taomlar non yetkazib berishda o’z kasbining mohir ustasi edi. Shu sababli ham, Bobur «Xo’b nonvoliklari va oshpazliqlari bordir», -deb yozgan edi.
Bu davrda Samarqandda yana boshqa-zargarlik, kosib-ustalar, egar-jabduq yasaydigan qurol aslahalar ishlab chiqarish keng yulga kuyilgan edi.
Samarkand yirik savdo markazi sifatida mashhur edi. Shaharning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy yuksalishida muhim o’rin tutgan ichki, tashqi va tranzit savdo amalga oshiriladigan yerlar-bozorlarning ahamiyati beqiyos edi.
XV asr oxirida Bobur Samarqand haqida yozar ekan, uning bozorlari xususida qo’yidagilarni qayd etadi: «Samarqand shahri ajab orasta shahredur, bu shaharda bir xususiyati borkim, o’zga kam shaharda andoq bo’lg’ay, har harflarning Yana boshqa bozori bor, bir-birlariga maxluq emastur, tavr rasmedur».
Shahar bozorlari turli savdo rastalari majmuidan iborat bo’lib, ular odatda ma’lum turdagi molnii sotishga mo’ljallangan qatorlardan tashkil topgan.
Savdo amalga oshiriladigan joylar ko’pincha shaharning markaziy maydonlarini egallar edi. Bozorlar shahar ijtimoiy hayotning markazlari hisoblangan. Bu yerda hukmdorlarning farmonlari o’qib eshitirilgan, ayrim hukmlar ijro etilgan. Ko’p hollarda shariat va jamiyat qonunlarini buzgan shaxslarga nisbatan qo’llanilgan jazo choralari bozorlarda hammaning ko’z o’ngida ijro etilardi. Shunday qilib Samarqand ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarda muhim o’rin tutdi.



Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin