1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej
Toshkent - IX-XII asrlarda. Sirdaryo (Yaksart - Sayxun)nnng o’rta oqimidagi Shosh (Choch) ailoyatn-ning poytaxti VIII asr manbalarida Madinat-ash-Shosh. IX asrdan Binkat, X asr oxirlaridan Tashkent sifatida mashhur bo’lgan. IX-XII butun Movarounnahr, ya’ni Xorazm va O’rta Osiyonnng boshqa viloyatlari kabi Shosh uchun madaniyatning yuksak darajada gullab-yashnash davri bo’ldi. Bu davr avstriyalik tadqiqotchi A.Mes kiritgan atama bo’yicha "islom renessansi" deb nomlanadi.
IX asr» oxiri X asr boshida Toshkent islom ma’naviy madaniyatining yirik markaziga aylanib ulgurgan edi. Bu yerda xalifalikning markaziy mintaqalariga xos bo’lgan aqliy faollik avj olgani ta’kidlanadi, hanafiylik yo’nalishi (islomning katta bardoshlilik va murosasozligi bilan ajralib turadigan) keng tarkaladi. Bu sifatlar hanafiy targ’ibotchilariga Movarounnahrda mavjud ko’pdinlilik sharoitlarida mahalliy aholi bilan faol muloqotda bo’lish imkonini berdi. Ko’pgina shaharlar kabi Binkat-Toshkent savdogar-hunarmand aholi muhitida hanafiylik mazhabining bundan ksyingi shakllanishi sodir bo’lgan markaz bo’lib qoldi. Ruhoniylik sharoitida Shoshda qiyosiy dindorlik ham keng yoyiladi,u, ayrim olimlar fikricha, xalifalikning markaziy mintaqalarida shunga o’xshash vaziyatlarda yuzaga keldi. Shahar aholisining o’rta doiralarida va uning ma’rifatli yuqori tabaqalarida mu’tazaliylar kalomi g’oyalari yoyildi. U, ma’lumki, 826 yilda xalifa Ma’mun tomonidan islomning davlatdagi rasmiy yo’nalishi deb e’lon qilingan edi. Biroq Xorazmda bo’lganidek (Beruniyga ko’ra). Shoshda ham sunniylik mazhabi tiklangan vaqtda ham islomda mu’tazaliylarning maslakdoshlari hali saqlangan edi. Masalan, Abu bakr Muhammad Kaffol Shoshiy (976 yidda vafot etgan va Toshkentda dafn etilgan) bir nscha marta mu’tazaliylarga moyillikda ayblangan edi. U shuningdek, islomdagi ash-Shofe’iy (767-820) asos solgan boshqa mazhabga ham yaqin edi. Shofe’iylik jamiyatning ilmli odamlari orasida ommalashgandi. Shu o’rinda Shoshdagi dastlabki so’fiy mutaassiblarini ham aygib o’tmasa bo’lmaydi. Bunga g’oziylarning ko’pchiligi, jumladan, Sug’dda va Turikstonda targ’ib olib borgan, butun musulmon olamida mashhur bo’lgan so’fiy al-Xalloj (922 yilla qatl etilgan) kirar edi.
IX—XII asrlarda Shoshdagi diniy hayot rang-barangligi va faolligi yana qator olimlar va shogirdlar faoliyati bilan ham izohlanadi. X asr arab manbalari ijodi Toshkent bilan bogliq olimlarning nomlarini ham bizgacha yetkazib kelgan. Tibbiyot bo’yicha ko’plab ilmiy asarlar yozgan, Sharqda keng tanilgan XI asr tabibi Sharafiddin Abu Abdulloh Ilohiy (1068 yilda vafot etgan) nomi shu siraga kiradi.
Shoshning arab-islom madaniyatiga mansubligi shaharsozlik tamoyil-larida, shahar hayoti muhitida, hunarmandlik faoliyati sohasidagi tipik, islom ruhidagi me’moriy va yodgorlik inshootlari tiklanishida yorqin namoyon bo’ladi.
Kadimshunoslikning yozma manbalari va ashyolarini o’rganish Shoshda o’tish davri bo’lganini aniqlab bermagan. Bu vaktda islomga bo’lgan hayot me’yori va tarzi, aholisinnng sajiyasi mintaqani islomlashtirish bilan asta-sekin o’zgarib borgan bo’lishi kerak edi. Shoshning yana bir xususiyati shundaki, bu mintaqaning IX-XI asrlarda ta’kidlangan barcha iktisodiy va madaniy sohalarlari parvozi oldi rivojlanish bilan tayyorlangan. Musulmon madaniyatining asosiy artefaktlari (hosilalari) xalifa likning markaziy mintaqalaridan olib kelingandi, yangi dinning tatbiq etilishi esa mahalliy zaminda ularning rivojlanishiga turtki berdi. Shu davr musulmon olamidagi umumiy madaniy yuksalishda Shosh-Toshkentning qonuniy joyini aniqlab bsruvchi eng yorkin alomatlaridan biri — bu shaharnnng shaktlanishi. Agar ilgari ikki qismli tuzilma: qal’a va shahar bo’lgan bo’lsa, islom davrida shaharlar savdo-hunarmandlar shaharchasi- rabot devori tiklanishi hisobiga uch qismga bo’lingan. Arab mamlakatlari poytaxt Shosh— Binkatda qal’a - kuxandiz, ichki shahar - madina va ikkita (ichki va tashqi) rabotni tilga oladi. Endi arabcha rabot va mahalla atamalari ishlatilmoqda, keyingisi o’zining oldingi ma’nosi qishloqdan farqli o’laroq, shahar mahallasini bildiradi. Atamaning rivojlanishi xalifalikning markaziy yerlarida qo’llangan, Shoshda u o’zining keyingi ma’nosida paydo bo’lgan. Ibn Havqal Binkat shahrining barcha qismlari devorlari, darvozalari va ular nomlari haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi.
Shahar topografiyasining asosiy uzvi endi masjid hisoblanadi. Tosh-kentning o’zida zamonaviy shahar turar joylari qurilishi sharoitidagi qadimshunoslik ishlari xususiyati sabab bo’lib, dastlabki masjid izlari topilmagan.
Binkat shahri IX-XI asrlarda iqtisodiy yuksalish yo’lidan bordi, bu, eng avvalo, shahar hunarmandchiligi faoliyati rivojlanishnda namoyon bo’ldi. Xunarmandchilik ustaxonalari va do’konlar shaharnnng ichkarisida. Shuningdek, rabotlarda joylashgan. U, asosan. savdo yo’llarida, shuningdek konlar yaqinida gullab-yashnagan. Ayni shu vaktda, Chotqol va Qurama tog’lari konlari faol ishlagan, u yerlarda temir, qo’rg’oshin, kumush, firuza zaxi-ralari mo’l bo’lgan.
Cho’ldan keltiriladigan xomashyo asosida to’qiladigan gilamlar va to’quvchilik hunarmandligi yetakchi o’rinlardan birini egallagan. Binkatda jun, paxtadan gazmol, kiyim-kechak, ro’mol, joynamoz, charm buyumlar, jumladan, qoshi va korsoni baland egarlar, kigiz va o’tovlar ishlab chiqarilgan. Istahriy Chochda tayyorlanadigan kiyim-kechaklarning boshqa mamlakatlarga olib borib sotilganligini ta’kidlagan. Choch idishlari mashxur bo’lgan. X asr geografi Maqdisiyning xabar berishicha-Butun Sharqda unga teng keladigani bo’lmagan". Toshkentdagi qazilmalar chogida sopol idishlarning boy tuplamlari yig’ilgan, ular zamondoshlari bahosini isbotlab turibdi. Yuksak badiiy qiymatga ega, ajoyib sifatli idishlar hozirda Toshkent muzeylarida saklanadi. Oq tarhli idishlar: lagan. likob, pyolalar keng tarqalgan bo’lib. ularga IX-X asr boshlaridayoq eski kufiy xati bilan chekitlgan arabcha yozuvlar eyeb berib turibdi. Bu vaqtd gurkirab rivojlangai kufiy xati ommalashib kettan va keyinchalik yozuvlarga o’xshash guldor bezaklar ham rasm bo’lgan. Jonivorlar-hayvon, baliq, qush va ertaknamo jonivorlar tasviri tushirilgan idishlar ijrosi va syujst boyligi bilan noyob hisoblanadi. Bosma qolip gulli idishlar g’oyat ajoynb. Shoshda bo’lganidek, Movarounnahrda ham sirkor idishlar ishlab chiqarish texnatagiyasn xalifalikning markaziy mintaqalaridan olib kelingan edi, u yerlarda texnik izlaiishlar davri va uning asosiy ms’yorlarini asta-seknn ishlab chiqish qayd etilgan. Ammo mahalliy hunarmandlar bu texnologiyani eng yuqori darajaga ko’tardilar. Bezak boyligi va rang-barang kabi idishlar sifati shunn ko’rsatadiki, 1X-X1 asrlar Binkat maktabi Movarounnahrdagina emas, balki butun islom Sharqida haqli ravishda yetakchi o’rinlardan birini egallagan.
Issiq hammomlarni umummusulmon madaniyatining ajralmas uzvi va uning o’ziga xos bslgisi deb atash lozim bo’ladi. Ular butun musul olamida mashhur edi, Agar xalifalikning markaziy viloyatlarida hammomlar eramizning VII-VIII asrlarida mavjud bo’lgan va Vizantiyada saqlangan va rivojlangan Rim an’analari ta’sirida yuzaga kelgan bo’lsa, islom davlatining sharqiy hududlarida ular islom bilan tadbiq etilgan yangilik bo’lgan. Islom o’z o’rnini mustahkamlagach issiq xammomlar qurish udumi e’tirof etilgan Bu srda shu binolar qurilishining ishlab chiqadigan andazasi qo’llanilgan va ularning qurilishi IX asr oxiri-X asrda ancha rivoj topgan. X-XII asrlarda issiq hammomlar Shoshda ham shahar uy-larining shartli uzviga aylangan, Shohjuvor shahrnda o’rgannlgan uchta hammom binolari konstruksiyasi Yaqin Sharqdan olib kelingani haqida guvohlik beradi, shu bnlan bnrgalikda bu ozodalik inshotlarida boy bezaklar va o’yma terrakota (koshinlar)dan keng foydalanilgan haqida tasavvur beradi.
Shunday qilnb. X—XII asrlar Shosh uchun shaharlar va shahar hayotining keskin ko’tarnlish davri bo’lgan edn. Binkat-Toshkent, jumladan, hunarmandchilnk va savdo, jamoatchilnk, ma’naviy va madaniy hayotining shiddatli rivojlanishi, shahar o’qimishli qatlamining tarkib topgani bilan izohlanadi. U Sharq madaniy hayotida jonli ishtirok etgan va islom dunyosiga qator ruhoniylar, olimlar, shoirlarni bergan. Shu ma’noda, Shosh -Binkat-Toshkentning sharq sajiyasi shakllanishidagi ishtirokini musulmon renessansi deb qarash to’g’ri bo’lar edi.
Buxoro Abbosiylar Xalifalikning sharqiy yerlariga sharkiy viloyatdan chiqqan aholiga ko’proq tayanishgan. Ammo vaqt o’tishi bilan, muttasil bo’lib turgang qo’zg’alonlar ta’sirida ular hokimiyatga mahalliy, arab bo’lmagan zodagon vakillarini ham jalb etish zarurligini tushunib yetdilar. Bunday zodagonlar vakillari jumlasiga Hirot viloyati Pushanga shahridan chiqqan asli Buxorolik Tohir Ibn Husayn edi.Tohir Ibn Husayn Xuroson noibi etib tayinlanib, Xuroson hamda Movarounnahrni egallagan Tohiriylar sulolasining (821-823) asoschisi bo’lib qoldi. So’nggi Toxiriylardan biri Husayn Ibn Tohir 874 yili Xorazmdan Buxoro vohasi tomon yul olib, 5 kunlik qamaldan so’ng, Buxoroni qo’lga kiritadi. Uning qo’shinlari tomonidan qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yenib ketdi, buxoroliklar qo’zg’alon ko’tarib, Husaynni qochirib yubordilar. Undan keyin Buxoroni keyinchalik mashhur bo’lgan Samoniy Amir Ismoil Ibn Ahmad boshqara boshladi. Shunda nafaqat shahar, balki tuman Markaziy Osiy tarixida yangi davr boshlandi.
Somoniylarning zodagonlari, ayrim ma’lumolarga karaganda, Samarkand yoki Termiz chekalaridan kelib chiqqan, boshka ma’lumotlarga kura, Balxdan kelib chiqqan. Anna shu sulola asoschisi Samonxudat nevaralariga o’z boshqaruviga olgan Movarounnahr viloyatlari orasida Buxoro yo’q edi. Fakat oradan yarim asr utgach 874 yilda Samonxudotning 25 yoshli keyinchalik mashhur bulib ketgan Ismoil ibn Ahmad Buxorodan Husayn quvulgandan so’ng bu yerda qaror topdi. Ismoilning ko’tarilishi shu yerdan boshlandi. 892 yili u butun Movarounnahr hukmdori bo’lib koldi. Buxoro ana shu o’lkan saltanatning poytaxti bulib koldi. 943-944 yillarda yozilgan Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da keltirilgan ma’lumotlar aynan Ahmad ibn Ismoil Buxoroni somoniylar poytaxti kilganligiga xech bir shubha yo’q. Ismoil zarb etilgan Buxoro tangalaridan birontasi bizgacha yetib kelmagan vaholanki uning Samoniy dinorlari (tilla tangalari) dirxam va chaqalari serob, xususan, chaqalari arxeologik qazilmalarda ko’p uchraydi.Ular XI asrning I choragiga kadar muomilada bulgan. Ismoil poytaxt Buxoroda mustakil musulmon davlati podshohining o’z nomidan tanga zabt etishdek eng muhim va nufuzli huquqdan biron marta foydalanmadi. Movarounnahrga hukmdorlik kila boshlaganidan keyin u o’zining bu huquqini Samarqandda amalga oshirdi. Agar samoniylar davrida Samarkand maydoni, kattaligi boyliklari buyicha Buxorodan ustunligini hisobga olsak, Ismoil davrida Samarkand uziga xos rasmiy poytaxt, Buxoro esa amaliy poytaxt rolini uynagan, ya’ni tanga zarb etish shaharning rasmiy mavqyeini qo’l yozma an’anasi esa amaliy mavqyeini ifoda etgan. Ismoildan keyin Buxoroda ham muntazam tanga zarb etildi, chamasi u endilikda rasmiy poytaxt bulib kolgan.
Har holda, butun Movarounnahr o’troq aholisi uchun bo’lganidek, Buxoro aholisi uchun Ismoilning mamlakatni ilgari ko’pincha, markaziy Osiyo vohasiga bostirib kirgan ko’chmanchilar hujumidan saqlashga muvofiq bo’lganligi g’oyat muhimdir. Shu sababdan Ismoil taxtga utirishdan ancha oldin Buxoro vohasi atrofiga anchagina uzun devor oldirilgan edi. Uni risoladagidek saqlab turish uchun kata mablag’ va kuch talab qilingan. Ismoil ibn Ahmad vaziyatni qat’iy o’zgartirdi va qonuniy faxr bilan: «men tirik ekanman, men Buxoro devoriman» deb xitob qilgandi. Garchi Ismoil vafotidan (907) keyingi o’n yilliklarda somoniylar davlati umuman, bexatar, badavlat bo’lsada, Ismoilning avlod va vorislaridan birontasi salohiyat va zakovatda unga tenglasha olmadi. Samoniylar davlati ham tanozilga yuz tuta boshladi. Ismoilning nevarasi Nasr va uning o’g’li Nuh davrida sulolaviy o’zaro urushlar davom etdi.
X asr oxirida Samoniylar davlati to’la inqirozga uchradi, isyonkor harbiy boshliqlar hukmdorga bo’ysunay qolishdi.
999 yilda Qoraxoniylar Nasr ibn Ali Samoniylar poytaxtini jangsiz egallaydi. Sulolaning so’nggi vakili Ismoil Qoraxoniylar bilan bir necha yil kurash olib bordi va 1005 yilda halok bo’ldi.
Shahar Samoniylar davrida bir necha qismlardan tashkil topgan. Bu qismlar orasida eng mustahkami Ark (qal’a) edi, u juda baland va qalin devor bilan o’ralgan bo’lib, deyarli yo’lab bo’lmasdi. Arkdan sharq tomonda mustahkamlangan shahriston (shaharning qadimiy qismi) joylashgan. Shahar tashqari rabot ham devor bilan o’ralgan va ichki hamda tashqi rabotlarga bo’lingan. Arkning g’arbiy etagida Registon maydoni bo’lib, unda 10 ta davlat boshkarmalari – devonxona binosi qad ko’targan. Xuddi shu yerda saroy qurilgan bo’lib, Buxoroga X asr oxirlarida kelgan Muqaddasiy musulmon olamida bundan muhtashamroq saroyni ko’rmaganligini ta’kidlaydi.
Registonda, shuningdek, hayit namozlari o’qiladigan iydgoh-musallo ham bo’lgan, ammo Samoniylar davrida shahar aholisi shu qadar ko’paydiki, natijada, eski musalloga barcha namozxonlar sig’may qoldi. 971 yilda qal’adan yarim farsax (3-4 km) masofada yangi musallo qurildi.
Buxorodagi samoniylar davri inshootlaridan faqat, samoniylar maqbarasi – markaziy Osiyoda eng qo’hna musulmon me’moriy inshooti va pishiq g’ishtdan ko’tarilgan ilk binogina bizning davrimizgacha saqlanib keldi. G’isht faqat oddiygina terilgan emas, balki u ayni vaqtda birdan – bir bezak namunasi edi.U haqiqatan ham, Markaziy Osiyo me’morchiligining shoh asaridir.
Somoniylar davridayoq Buxoro o’tmishiga bag’ishlanganasarlar paydo bo’la bordi. Bularning bir qismi, ehtimol, butkul yo’qolib ketgan. Narshax fukorosi Abu Bakr Ibn Jafr Narshoxi tomonidan Samoniy Nuh ibn Nasir (903-954) uchun yozilganBuxoro tarixi asari vaktimizga saklanib kelgan. Kata shuhrat kozongan ana shu asar keyinchalik (XIX qadar) bir necha bor kayta ishlandi, kiskartirildi va tuldirildi, kayta-kayta kuchirildi. Samoniy vaziri Bal’amiy Tabariyning arab tilida yozilgan ko’p jildli umumiy tarix asarini 963 yili fors tiliga tarjima kildi. Tabariy asarining bizga yetib kelgan taxririda uchramaydigan eng muhim ma’lumotlar Bal’amiy kitobida uchraydi.
Nasr ibn Ahmadiyning yoshlik yillarida amalda davlatni boshkargan boshka samoniy vazir muhammad Jayhoniy faning barcha sohalari bo’yicha asar qoldirgan. U ayniqsa, geografik asar muallifi sifatida kuprok mashhur. Bu asar uning zamondoshi Ma’sudiyning so’zlariga qaragnda bu olamning bayoni, u xakida unda kanday galati narsalar borligi shaharlar, poytaxtlar, dengizlar, daryo, halq, ularning manzilgohlari va boshka g’aroyib hikoyalar va qizikarli tarixiy voqyealar hakida hikoya kiluvchi kitobdir. Afsuski, bu kitob saklanib kelmagan
Bayon etilganlardan kurinib turibdiki, davlatning yukori lavozimli amaldorlari fakat fan va san’at homiysi bo’lmabgina qolmay, ayni vaktda Buxoroning ijodiy hayotida ham bevosita ishtirok etganlar.
Buxoroga fakat Samoniylar davlatning hamma tomonlaridangina emas, balki o’zga mamlakatlardan ham olim va adiblar okib kela boshlagan. Chunonchi, asli ispaniyalik huquqshunos va hadislar bilimdoni Muhammad ibn Solih al-Qahtoniy o’z bilimlaridan qoniqmay vatanini tark etdi va ko’p mamlakatlarni kezib, Misr, Mekka, Suriya, Iroq, Hamadan, Isfaxon,Nishopur, Marv shaharlarida ilm ortirish Bilan shugullandi. Ilmga chankokligi uni Samarqandga yetakladi, u yerdan esa Buxoroga yetakladi. U Buxoroda o’rnashib kolib X asr oxirlarida vafot etdi. Chamasi xudi shu yerda Muhammad al-Qahtoniy Islom olamidagi bilimlar xazinasini topa oldiki, bunakasini hyech bir yerda uchratmagan edi.
Lekin boshqa Qoraxoniy Hukmdor ali-Tegin (Ali ibn Husan) 1020-1021 yillardan Buxoroda uzoq vaqt o’rnashib, Movarounnahrning ajralib chiqishga asos soldi. Lekin uning hokimiyati mustahkam emasdi. Dushmanlari Mahmud G’aznaviy va Qoraxoniy Qodirxon Yusufning bir necha bor hujumidan vaqtincha mulklaridan ayrildi. Ko’p o’tmay u Buxooroni qaytarib olishga erishdi (1028), keyin Samarqandni ham oldi. Zarafshon vodiysiga to o’limiga qadar 1034 yilgacha hukmronlik qildi. V.V.Bartoldning fikricha, Ali-teginnning poytaxti Buxoro va Samarqand bo’lgan. Qo’lyozma manbalar ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo’lgan.
Birok Samarqand tangalarida faqat Alining o’zi, Buxoro tangalarida esa uning o’g’li va vorisi Yusuf tasvirlangan. Ali Ibn Hasan mamlakatining poytaxti Samarqand bo’lgan
Ismoil ibn Ahmad davrida bo’lganidek, tangalar masalaning rasiy jihatini, qo’lyozma manbalar esa amaldagi holatini aks ettirgan. Ali uchun har ikki shahar muhim edi, lekin rasmiy poytaxt sifatidan Samarqandni belgiladi.
Yusuf davrida ham Samarqand poytaxt shahar vazifasini bajarar edi. Undan so’ng, Qoraxoniy hokim Bo’ri-tegin Ibrohim undan Samarqandni tortib olib, o’zini podshoh xon (Tafg’ochxon) deb e’lon qildi. Movarounnahrda Ibrohim tomonidan alohida davlat tuzilmasi sifatida barpo etilgan G’arbiy Qoraxoniy hoqonligining poytaxti Samarqand bo’lib qoldMovarounnahrni saljo’qiylar egallagach, qoraxoniylar ularga qaram bo’lib qoldilar.
1141yilda Samarqanddan shimoliy-sharqda bo’lgan jangda Qoraxitoylar Sanjar ibn Malikshoh boshchiligidagi musulmon qo’shinlarini tor-mor etib, butun markaziy Osiyoni o’zlariga bo’ysundirgan bo’lsalarda, Samarqand taxtini Qoraxoniy xonlarda qoldirdi, ular 1212 yilgacha Samarqandda hukmronlikni davom ettirishdi.
XII asr boshlarida Buxoroda musulmon ruhoniylari, sayyidlarning ta’siri va qudrati oshib bordi. Garchi ular XIII boshlariga qadar Qoraxoniylarga bo’ysunishgan bo’lsada, o’z qo’llarida Buxoro vohasining ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatni jamlashdi.