1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej
IX-XII asrlarda Kesh. Kesh viloyati IX—XII asrlarda Qashqadaryo vodiysining sharqiy qismidagi katta hududni egallar edi. Shimol, sharq va janubi-sharq tomonlardan Turkiston tog’ tizmalari bilan to’silib, uning tog’lardagi chegaralari suv ayirgichlargacha yotardi. Baland tog’lar vohani tashqi dushmanlardan himoya qiluvchi tabiiy to’siq vazifasini bajarib kelgan. Janubiy-g’arbda viloyat G’uzordaryo vodiysini, shimolda esa Kashqadaryoning o’ng sohili bo’ylab joylashgan yerlarni ham o’z ichiga olar edi.
M.Ye. Masson fikricha, Kesh viloyatining o’rta asrlardagi g’arbiy chegarasi hozirgi Kamaytepa xarobalaridan (Kesh—Nasaf yo’lida) to Bahrintepa xarobalari (Kashqadaryo o’zani yaqinida)gacha o’tkazilgan shartli chiziq bo’ylab o’tar edi. Manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra, Kesh viloyati bo’yiga ham, eniga ham 4 kunda bosib o’tiladigan yo’lga teng hududni egallagan.
IX asr boshlarida Kesh viloyati Movarounnahrning boshqa viloyatlari singari Tohiriylar sulolasiga qarashli yerlar tarkibiga kirib, ma’muriy jihatdan Samarqand shahriga bo’ysungan. IX asrning 20-yillarida Kesh viloyatining davlat xazinasiga kiritadigan yillik to’lov miqdori 112 ming dirhamni tashkil etgan. Bu mablag’ qo’shni Nasaf viloyatining yillik to’lov miqdoriga nisbatan ancha ko’p bo’lib, o’sha vaqtlarda Kesh iqtisodiyotining ancha yuksak darjada rivojlanganligidan dalolat beradi.
Pul muomalasi ham keng ko’lamda rivojlanib borgan. Lekin mahalliy bozorlarda davlat tomonidan zarb qilingan to’la qiymatli tangalar bilan bir qatorda past sifatli misdan zarb qilingan «muhammadiy» qora dirhamlari ham muomalada bo’lgan. Bunday tangalar Keshda ham topilgan.
IX asrda Kesh viloyatida Muqanna tarafdorlari hokimiyatga qarshi hara-katni davom ettirdilar. Lekin arab hukmdorlari bu qo’zg’alon va galayonlarni shafqatsizlik bilan bostirar edilar. Kitob hududida joylashgan qadimgi shaharning asta-sekin xarobaga aylanib borishi ham shu voqyealar bilan bogliq bo’lishi ehtimoldan xoli emas.
IX asrning birinchi yarmida Movarounnahrda hukmdorlarning boshqa bir sulolasi — Somoniylar siyosiy maydonga chiqdilar. Shu asrning o’rtalariga kelib, Kesh viloyati So’gd tarkibida avval Nasr ibn Ahmad (864—892 yillarda hukm surgan), so’ngra uning ukasi Ismoil ibn Ahmad (892—907 yillarda hukm surgan) tasarrufiga o’tdi. Ismoil ibn Ahmad butun Movarounnahrii o’z hokimiyati ostida birlashtirib, arab xalifalariga faqat rasman bo’ysungan deyarli mustaqil davlat barpo etdi. Bunday hol Kesh iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berdi. Natijada qishloq xo’jaligi hamda hunarmandlik ishlab chiqarishining barcha sohalarida farovonlik ko’zga tashlandi.
Arab xalifaligining boshqa hududlarida deyarli mustaqil davlatlar tuzilishi bilan bir qatorda, Movarounnahrda ham Somoniylar davlatining barpo etilishi natijasida X asrga kelib joylarda mahalliy hokimiyatning mavqyei va ahamiyati oshib bordi. Ayni mahalda islom dinining nufuzi ham kuchaydi. Pul muomalasi avj oldi. X asrda umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan ku-mush dirhamlar, shuningdsk, mis filslar zarb etila boshlandi. Ismoil ibn Ahmad, Mansur ibn Nuh (Ikkinchi) va boshqa hukmdorlar nomidan zarb etil-gan tangalar Kesh viloyatidan ko’p topilgan.
X asrga kelib Kesh viloyati rustoq deb atalgan 16 ta ma’muriy-hududiy tumanlarga bo’lingan. Chunonchi, arab sayyohi Ibn Xdvqal quyidagi rustoq-larni sanab o’tgan: Miyon Kesh, Rud, Ba-landarin, Rasmoin, Ko’shk, Aru, Buzmo-jan, Siyem, Argon, Jojrud, Xuzorrud, Xuzor, Suruda, Ichki Sangardak, Tashqi Sangardak va Maymurg. Shu muallif-ning o’zi xabar berishicha, Kesh viloyati Buxoro va Nasaf bilan birga So’gd viloyatining alohida tumanlarini tashkil etib, maxsus devon orqali boshqarilgan.
X asr oxirida Qoraxoniylar sulolasidan bo’lgan Iloqxon boshchiligidagi turkiy qarluq qabilalari Movarounnahrga hujum qila boshladilar. Kesh va Nasaf viloyatlari ham ayni paytda Somoniylar va Qoraxoniylar orasida yuz bergan hokimiyat uchun kurashga aralashib turdilar. Chunonchi, oxirgi somoniy hukmdorlaridan biri Nuh ibn Mansur (976—997 yillarda hukm surgan) yordam so’rab G’aznaning turkiy hukmdori Sabukteginga (977—997 yillarda hukm surgan) murojaat qildi. Sabuk-tegin 20 ming kishilik qo’shin bilan Amudaryodan kechib o’tib, Keshga, so’ngra Nasafga kirdi hamda Nuh ibn Mansur bilan birlashib, Qoraxoniylarning qo’shinlariga qarshi janglar olib bordi. Qoraxoniylar bir muddat maglubi-yatga uchradilar. Biroq, Nuh ibn Mansur va Sabukteginning birin-ketin va-fotidan so’ng qarshilik susayib, 999 yilda Qoraxoniylarning hukmdori Nasr Iloqxon Buxoro shahrini zgalladi. Shu bilan Movarounnahrda Somonialar sulolasining hokimiyati tugatildi.
Ehtimol, XI asrda Kesh viloyati ma’lum vaqt davomida muayyan musta-qillikka ega bo’lgan bo’lishi mumkin
Xar holda shu davrda Keshda zarb etpilgan tangalar shuidan dalolat beradi. Chunonchi, XI asr boshida Kesh viloyatini Bektuzun ismli bir turk hukmdori boshqargan bo’lib, bu yerda o’z nomidan tangalar zarb qildirgan. Aslida u So-moniylarning sobiq saroy amaldori va harbiy sarkardasi bo’lgan, Qoraxoniylar kelgandan keyin esa ular tomonga xizmatga o’tib ketgan.
Kesh hududida qarluqlar bilan ham jang olib borilgani ma’lum. Biroq G’aznaviylar va Qoraxoniylarning Movarounnahr uchun olib borgan kurashida Keshning tutgan o’rni unchalik ma’lum emas.
Qoraxoniylarning poytaxti Samarqand shahri bo’lgan. Mustaqil davlat tarkibi XI asr o’rtalariga kelib, 146-rohim Tamgach Bugroxon (1052—1068 yillarda hukm surgan) davrida uzil-kesil shakllandi. Qoraxoniylarning hokimiyati davrida Movarounnahr shaharlari gullab-yashnadi, yirik imoratlar va inshootyaar qurilishi avj oldi. XI asr oxirida Saljuqiylarniig Movarounnahrga yurishlari boshlandi. Ular Qoraxoiiylar sulolasi bilan qarindoshlik aloqalarini o’rnatib, ularni asta-sekin o’zlariga tobe’ qilib oldilar. Lekin ko’p o’tmay Movarounnahr hududlariga qoraxitoy ko’chmanchi qabilalari hujum qildilar. 1141 yilda Samarqand yaqinidagi Katvon dashtida Saljuqiylar va Qoraxoniylarning birlashgan qo’shinlari bos-qinchilarga qarshi kurashga chiqdilar, lekin shiddatli janglardan so’ng mag-lubiyatga uchrab, tormor etildilar. Qoraxoniyyaar Movarounnahrni qoraxitoy-larning vassali sifatida boshqara boshladilar.
XII asrda xorazmshoh Alouddin Takash (1172—/200 yillarda hukm surgan) Movarounnahrga bir necha bor muvaffaqiyatpli yurish qildi, XIII asr boshida esa uning o’g’li xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200—1220 yillarda hukm surgan) deyarli butun O’rta Osiyoda o’z hokimiyatini o’rnatdi.
Kssh hududida Qoraxoniylarning XI—XII asrlarga oid tangalari tez-tez tanilib turadi. Bunday tangalar shahar hududida ham (masalan, Oqsaroy yonidagi shurfdan) topilgan, Oltyutena xarobalaridagi qulollik xumdoni yonidagi xonada olib boradigan qazishma ishlarida esa Ibrohim ibn al-Xusayn nomidan 1178—1280 yillarda zarb qilingan 31 kumush dirhamdan iborat xazina topilgan. Xorazmshoh Muhammad ibn Taqash tangalari ham 6u hududlarda ko’p uchraydi.
Islom davri manbalaridan Kesh to’g’risidagi ilk ma’lumot at-Tabariy-ning tarixiy asarida, Muqanna boshchiligidagi qo’zg’alon tasvirida uchraydi. IX asr muallifi al-Ia’qubiy Keshni «So’gdning bosh shahri» deb (7), uning zamondoshi Ibn al-Faqih esa «Samarqand viloyatidagi shahar» (8), deb tav-siflashgan. X asr oxirida al-Maqdisiy Keshni Buxoro viloyati tarkibiga ki-ritgan (9).
X asr arab geograflari o’sha davrdagi Keshning tarixiy topografisiga oid ayrim ma’lumotlarni keltirganlar. Xususan, Ibn Xavqal o’zining gsografik asarida shahar tuzilishining batafsil tavsifini keltirgan bo’lib, 6u ma’lu-motlar tadqiqotchilar tomonidan qayta-qayta istifoda etilgan (10, 11). Uning tavsificha, Kesh ko’handiz (ichki qal’a), hisn (shahriston) va rabod (tashqi shahar)lardan iborat bo’lgan. Shuningdek, rabodga yondosh boshqa bir shahar ham bo’lgan. Ko’handiz joylashgan ichki shahar X asrda vayron bo’lib yotgan, tashqisi esa obod bo’lgan. «Dor al-imora», ya’ni hukmdor qarorgohi ichki shahardan tashqarida, rabod esa «al-Musayalo» nomli joyda bo’lgan. Shahar zindoni va jome’ masjid vayron etilgan ichki shaharda, shahar bozorlari esa rabodda joylashgan. Bu shaharning kattaligi farsahning uchdan biriga teng bo’lgai. Barcha imoratlar naxsa va yog’ochdan ishlangan.
Ichki shahar devorida to’rt darvoza bo’lib, ular Bob al-Xadid (Temir darvoza), Bob Ubaidulloh (Ubaydulloh darvozasi), Bob al-Kassorin (Tozalovchilar darvozasi), Bob al-Madina ad-doxila (Ichki shahar darvozasi) deb nomlangan. Tashqi shahar devorida ikki darvoza bo’lib, ular: Bob al-Madina ad-doxila (Ichki shahar darvozasi) va Bob Barknon (Barknon dar-vozasi) deb atalgan. So’nggi darvoza nomi Kesh yaqin atrofida joylashgan Bark-non qishlogi nomidan olingan.
Kesh shahar darvozalari yaqinida ikki daryo oqib o’tgan. Biri — Nahr al-Kassorin (Tozalovchilar daryosi) deb nomlangan. U Siyom tog’laridan boshlanib, shaharning janub tomonidagi darvozalar yaqinidan oqib o’tgan. Ikkinchisi Nahr Asrud bo’lib, Kash rustoqidan boshlanib, Keshning shimoliy tomonidagi darvozalar yonidan oqib o’tgan. Shaharda va rabodda oqar suv mo’l bo’lib, bu yerda ajoyib bog’-rog’lar barpo etilgan. Kesh iqlimi g’oyat issiq bo’lgani tufayli bu yerda mevalar Movarounnahrda eng erta yetilib, Buxoro bozorlariga birinchi bo’lib yetkazilgan.
Al-Maqdisiyning ma’lumotiga ko’ra, Kesh shahri «ko’handiz», «madina», «ichki rabod» va unga yondosh bo’lgan «tashqi rabod»dan iborat bo’lgan. Qo’handiz ichki rabodda bo’lib, vayrona holida yotgan. Kesh jome’ masjidi ichki shaharda joylashgan va Samarqand jome’ masjididan keyin So’g’ddagi eng chiroyli masjid hisoblangan.
Shu tariqa, X asrda Kesh shahri bir-biriga yondosh joylashgan va bir-biri bilai bog’liq bo’lgan to’rt qismdan tashkil topgan.
Manbalarda Kesh shahrining kattaligi X asrda taxminan bir farsahning uchdan biriga teng bo’lgani ko’rsatilgan, bu 2,5 kmni tashkil qiladi. M.Ye. Masson «farsahning uchdan biri» o’rniga «uch farsah» deb o’qishni hamda 6u hajmni Shahrisabz va Kitob atrofidagi o’zlashtirilgan va so’nggi o’rta asrlardagi Chim devori o’rab olgan barcha yerlar sifatida tushunishni tavsiya etgan. Biroq keltirilgan matnni bu tarzda o’qib bo’lmaydi, chunki matnda «farsah» so’zi birlikda, raqam esa — muzakkar (erkak jins)da berilgan. Shu bois, arab grammatikasi qoidalariga ko’ra, bu yerda faqat «farsahning uchdan biri», deb o’qish mumkin.
Shu ma’lumotlarga asoslanib, shahar maydoni 400 ga deb chiqarildi va juda oshirib yuborilgan, deb hisoblandi. Biroq, mazkur raqamni, ya’ni «farsahning uchdan birini» faqat shahar bo’yiga taalluqli, deb qabul qilinsa, shahar unchalik katta bo’lib chiqmaydi. Tadqiqotchilar shahar maydonini o’lchashda ushbu kattalik shahar tomonlarining har biriga taalluqli, deb qabul qilganlar. Lekin manbalarda aynan shunday bo’lganligi haqida to’g’ridan-to’g’ri ishora yo’q.
Binobarin, shahar Kitobdan janubi-g’arb tomonga, Shahrisabz va undan Termizga olib borgan karvon yo’li bo’ylab 2,5 km ga yaqin masofaga cho’zilgan bo’lishi mumkin. Ayni mahalda shaharning eni uncha katta bo’lmagan.
IX—XII asrlarda Shahrisabz o’rnida mavjud bo’lgan shahar ham shu yo’l bo’ylab cho’zilib ketgan. Bu yo’l, ayni vaqtda shaharning asosiy ko’chasi bo’lgan. Shahrisabz bilan Kitob orasidagi masofa 5—6 km ni tashkil etadi. Bordi-yu Kesh shahri X asrda 2,5 km ga cho’zilgan bo’lsa, uning rabodining janubiy chekkasi o’sha vaqtdayoq Shahrisabzdan 3—4 km masofada joylashgan. Shu bois, keyingi asrlarda Keshning savdo-hunarmandlik rabodi Keshning Shahrisabz o’rnida joylashgan yo’ldosh shaharchasi bo’lgan boshqa bir savdo-hunarmandlik rabodi bilan qo’shilib ketgan bo’lishi mumkin.
XI—XII asrlarda bu yerga Kesh shahar hayotining markazi asta-sekin ko’cha boshladi va yangi jome’ masjid qurildi.
XII asrda as-Sam’oniy Keshni «katta bo’lmagan shahar», xuddi shu asari-ning boshqa joyida esa «Samarqand yaqinidagi qishloq», deb atagan. Birinchi holatda u XII asrda Shahrisabz o’rnida joylashgan Kesh shahrini nazarda tutgan bo’lishi mumkin. As-Sam’oniy eslatib o’tgan «Kesh madrasasi» aynan shu yerda joylashgan bo’lishi mumkin. «Kesh qishlog’i»ga kelganda esa, as-Sam’oniy, aftidan, XII asrda Kitobda, Qalandartepa o’rnida mavjud bo’lgan manzilni nazarda tutganga o’xshaydi.
Ibn Xavqal ma’lumotiga ko’ra, Keshning tashqi shahar devoridagi Barknon darvozasining nomi Barknon qishlog’i nomidan olingan. Binobarin, Barknon qishlog’i o’rta asrlarda shahar darvozalari orqali chiqilgan karvon yo’li bo’yida joylashgan ancha muhim bir joy bo’lgan ko’rinadi. V.V. Bartold Bar-knon qishlog’i shaharga bevosita tutash bo’lgan, deb hisoblagan. Kesh tashqi shahriniig Barknon darvozasi janubi-g’arbga, Nasaf va Termizga olib boruvchi karvon yo’liga olib chiqqan. IX—X asrlarda bu karvon yo’lida Keshga eng yaqin joylashgan yirikroq aholi punkti Shahrisabz o’rnidagi shahar bo’lgan. Shah-risabz yaqinida karvon yo’li ikki yo’nalishga ajralgan: biri janubga, Termiz tomonga, ikkinchisi — janubi-g’arbga, Nasaf tomonga ketgan. Bu ma’lumot-larning bari Barknon qishlog’i X asrda Keshning yo’ldosh shaharchasi bo’lgan Shahrisabz o’rnida joylashgan, deyishga imkon beradi. XX asr boshida Shahrisabzning shimoliy darvozasi «Kitob darvozasi» yoki «Ark darvozasi» deb atalgan. X asrda bu yerda hyech qanday darvoza bo’lmagan, albatta.