1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə23/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

  • Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

  • Darsning xrono kartasi-80minut.

  • O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

  • Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

  • Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

  • Yo’qlama-5 minut

  • Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

  • Yangi mavzu bayoni-50 minut

  • Sinov savollari namunasi-5 minut

  • Uyga vazifa berish



Toshkent.

Toshkent o’zining geografik o’rni va xo’jalik rivojlanishiga ko’ra shahar tarqqiyotining barcha bosqichlarida O’rta Osiyo tarixida muhim rol o’ynaydi.


1503 yili Muhammad Shayboniyxon Toshkentni bosib olgach, Shayboniylar davlati bir viloyatning markaziga aylanadi. Shayboniyxon nisbatan markazlashgan davlat tuzib, bosib olgan yerlarini o’z yaqin qarindoshlari va qabila boshliqlariga bo’lib beradi. Ularni kuchayib ketishini oldini olish uchun yozma manbalarda ta’kidlanganidek, bir hukmdorni boshqa bir hukmdor bilan almashtirishni amalda qo’llagan.muhammad soliq yozishicha, Toshkent 1503 yili bosib olingandan so’ng, Jonibek Sultonga berilgan. 1509 yozib tamomlagan Fazlulloh ibn Ro’zbixon Toshkent hukmdori deb Suyunch Xo’ja nomini ko’rsatib o’tadi.
«Tarixi Qipchoqxon»muallifi ta’kidlashicha, samarqand taxtida o’tirgan Ko’chkunchixon Toshkent, Andijon va Shoxruxiya shaharlari va viloyatlarini boshqarishni ukasi Suyunchxo’ja Sultonga topshiradi.
Suyunchxo’ja Shayboniylar dinastiyasi Toshkent shaxobchasining asoschisi hisoblanadi. Uning avlodlari Abdullaxon II Toshkentni bosib olgunga qadar Toshkentning mustaqilligi uchun kurashib kelganlar.
Suyunchxo’ja Sulton hukmronlik (1509-1524) yillarida Toshkentning iktisodiy va madaniy markaz sifatida roli birmuncha o’sadi.
Ko’p yillar Toshkent va Shoxruxiyada yashagan Zayniddin Vosifiy nihoyatda bebaho yodnomasida Toshkent va uning atrofida yashab ijod etgan shoirlar, yozuvchilar, rassomlar, hattotlar va boshqa madaniyat arboblari haqida qisqa ma’lumotlar beradi. Suyunchxo’jaxon toshkent qal’asidan tashqarida Kaykovus chorbog’ini barpo etgan, degan fikr qo’lyozmalarda uchraydi. Fayzulloh ibn Ro’zbehon ma’lumotlari ham diqqatga sazovor. Jumladan Suyunchxo’ja o’z qo’li ostida ko’p ming sonli lashkarlarga ega bo’lganligini bilamiz. Suyunchxo’janing tantanali yurishlarida «kelib chiqishi bo’yicha o’zbek bo’lgan o’n mingdan ortik otlik askari bor edi. Jang vaqtida har birining kuchi va mardligi o’sha vaqtning ming pahlavoniga to’g’ri keladi». Suyunchxo’ja Toshkentning qudratli xonlaridan bo’lgan. U o’z qo’shinlari bilan tez-tez qo’shni cho’llarga hujum qilib turardi.
Toshkent va Sirdaryo bo’ylaridagi shaharlarga hukmronlik qilish uchun o’nlab yillar mobaynida Shayboniylar bilan qozoq sultonlari o’rtasida kurali borgan.
Shayboniyxon vafotidan so’ng (1510 yil 29 noyabr) qisqa vaqt Suyunchxo’ja Shayboniylar dinastiyasining boshlig’i deb e’lon qilinadi. Amir Temurning Bibixonim madrasasida uning nomiga xutba o’qiladi. Suyunchxo’ja davrida sultonlar o’rtasidagi o’zaro janjallar tugamagan.
Suyunchxo’ja 1524 yili vafot etgandan so’ng, Toshkent taxtiga uning o’g’li Sulton Mahmud o’tiradi. (Keldi Muhammad 1524-1533).
1533 yili vafot etgan Keldi Muhammad o’rniga shu vaqtga qadar Shoxruxiyani boshqarib kelayotgan Suyunchxo’janing boshqa o’g’li Navro’z Ahmadxon (1533-1555yy) nomi bilan mashhur bo’lgan Baroqxon o’tiradi. Baroqxonni Toshkent, Turkiston va Farg’onaning hukmdori deb atashadi. Bu esa Turkiston va Farg’onaning Toshkentga tobe bo’lganligidan dalolat beradi.
1554 yili Navro’z Ahmad Shayboniylarning oliy xoni bo’ladi. «Tarixi Qipchoqxon» muallifi qayd qilishicha, butun Turkiston, Movarounnahr, Balk, Badaxshon, Xorazm, Marvni «xutba va uning ismi zarb qilingan tangalar bezadi». Uning davrida Farg’ona shaxarlari Toshkentga tobe bo’lgan. Navro’z Ahmaddan Buxoro-xoni Burxon Sulton Qorako’l amirlariga qarshi kurashishda yordam so’raydi. Katta kuch to’plab kelgan Navro’z Ahmadxon o’z lashkargohida o’ldiriladi. U Juyboriy shayxining abdullaxon bilan kelishib yuborgan odami tomonidan o’ldirilgan bo’lsa kerak. Ba’zi bir manbalarda bu voqyea 1556 yil, yana bir boshqa qo’lyozmalarda esa 1557 yil sodir bo’lgan deyiladi.
Kuchli markazlashgan hokimiyatlarning yo’qligi O’rta Osiyo shahar va kishloklarining ayniksa, chegara atrofida Toshkentning umumiy iktisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
Ogir feodal zulm, tinimsiz uzaro va boskinchilik urushlar, tabiy ofatlar mehnatkash xalkning tinkasini kuritardi va uning sinfiy kurashini rivojlanishiga olib kelardi.
Navro’zxon vafotidan sung oliy xon kilib, balx hokimi Pirmuhammad tan olinadi. Shunda ham u balxni tark etmaydi. Bu davrlarda Abdullaxon II ning mavqyei kuchayib bordi. Lekin uning g’alabasi ammakivachchalar, tog’avachchalar yaqin va uzok karindoshlari xamda uzbek kabila boshliklari bilan konli tuknashuvlarorkali amalga oshiriladi. Uzbek sultonlarining bir kismi Abdullaxonning markazlashtirishga Karshi olib borgan kurashlarida birlashishga va jang kilishga xarakat kilganlar. Shundaylar orasida Navro’z Ahmadxonning o’g’illari, ayniqsa Bobo Sulton ajralib turdi. Boboxon Abdullaxon II ga Karshi olib borgan kurashlarida qozoq sultonlarining yordamidan foydalandi.
XVI asrning so’nggi o’n yilligida Toshkent axolisi og’ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Boxoro xukmdori Abdullaxon II ning parchalanib ketgan yerlarning yagona davlatga birlashtirish uchun qilgan xarakatlari Toshkentda xam qirg’inlik urushlar biln davom etdi. Abdullaxon 1579 yili Toshkentni bosib oladi va uni Darvishxonga in’on etadi. 1580 yili Toshkentda halq isyoni ko’taradi. Abdullaxon Toshkent ustiga qaytadan yurish qiladi. 1582 yil u yana Toshkentni o’ziga bo’ysundiradi.
Bungacha uning lashkarlari olti marotaba Toshkent ustiga yurish kiladi. Fakat Abdullaxon 7 chi marta hujum qilgandagina Toshkentni uziga tobe kilishga erishadi. Navro’z Abdullaxonning 5 ta o’g’li Abdullaxonga qarshi kurashishda birlashganlar.
Toshkent aholisi uz feodallariga va tashki boskinchilariga kattik kurash olib bordilar. Badriddin Kashmiriyning yozishicha («Ravzat ar-Rizvon») shahar uzoq vaqt qamal qilingan vaqtda aholining ahvoli achinarli bulgan. Qamalda qolgan Toshkent aholisi «ochlikda yashagan». Harbiy yurishlar Toshkent va O’zbekistonning boshka shaharlarini iktisodiy ahvoliga salbiy ta’sir etganini tasavvur qilish mumkin.
«Deydilarki-deb yozadi Mahmud ibn Vali-bu vioyatning o’ziga xos xususiyati shuki, bu viloyat bir dakika ham isyonsiz va g’alayonsiz turmaydi. Shuning uchun Shosh iblislar makoni va xukmdorlar yuli deb bejiz aytilmagan. Eron podsholari davridan to bugungi kungacha bu bezovta yer adovat va zo’rlikdan bir dakika xam ozod bulmagan».
Bu vaqtga kelib qozoqlar xoni Tavakalxon Abdullaxonga Karshi xarakat olib borib Sirdaryo buyidagi shaharlar, Toshkent uchun kurash boshladi. 1588 yil halq g’alayonlaridan foydalangan qozoq sultonlari Toshkentni bosib oldi.
Bu vokealar Abdullaxon tuzgan davlat mustahkam iktisodiy va ijtimoiy bazaga ega bulganligidan, lekin jaxongirning ustamonlik mahorati va irodasi tufayli harbiy kuchga asoslanganligidan dalolat beradi. Abdullaxonning yagona o’g’li Abdulmo’min otasi vafotidan sung, uning siyosatini davom ettirishga xarakat kildi.
Keyinchalik Tavakalxon qozoq, qalmiq va qirg’iz buylari bilan Buxoro xonligiga bostirib kirdi. U Toshkentdan tashkari Turkiston, Andijon, Miyonqol, Axsi kabi boshka markazlarni egalladi. Hatto Samarkand ham vaqtinchalik unga tobe bo’ldi. 1599 yili Toshkentda uning vafoti bosqinchilik yurishlariga chek qo’ydi. Keyinchalik Toshkent Qozoq sultonlari qo’lida qolib ketdi.



Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin