Hunarmandchilik, savdo va madaniyati
Bu davrlarda Toshkent ma’muriy boshkarishsh markazi edi, aholisi gavjum bo’lgan shahar bo’lib, aholining asosiy qismini savdogar-hunarmandlar tashkil qilgan.
Toshkent vohasining ko’chmanchilar dashti bilan chegaradosh konli tog’larga yaqin joylashganligi sababli, bu yerda hunarmandchilikning turli sohalari rivojlandi. Hunarmandlar tayyorlagan maxsulotlar fakatgina shaxar axolii urtasida emas, qo’shni o’troq aholi va dashtda yashovchi ko’chmanchilar o’rtasida ham sotilardi.
Shaharda ko’plab do’konlar, savdo rastalari, bozorlar mavjud edi. Dukonlarni kupchiligi bir vaktning uzida xam do’kon, ham ustoxona xisoblanardi.
Korxonaga o’xshash ustoxonalarda maxsulotlar tayyorlanib, ular asosan boshka joyda sotilardi. Metall, zargarlik va sopol buyumlar, kiyim-kechak qurollar do’konlarda sotilgan. Ayrim hollarda shu yerda tayyorlangan.
Odatda hunarmandlar yashaydigan maxallalar xunarmandlik nomi bilan atalib, shaharda kiraverishda –taqachilar, shahar markazida zargarlar, shahar chekasida sovungar va ko’nchilar, oqar suvlarga yaqin joyda gazlamalarga gul bosuvchilar yashaganlar.
Toshkentda XVI asrda kelib kurilish ishlari keng avj olgan. XVI asrda barpo qilingan. Binolardan biri-Baroqxon (Navro’z Ahmadjon) madrasasi hisoblanadi. Ko’kaldosh madrasasining barpo etilishi Baroqxonning o’g’li Darvishxon hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi.
Madrasaning 170 ta hujrasi bo’lgan.
Bugungi kunda Shayhontoxur nomi bilan ma’lum bo’lgan Shayh Hovandi Tohur maqbarasi XVI asrda qurilgan va keyinchalik boshqa maqbaralar hisobiga kengayib bordi.
Mazkur me’morchilik ansamblida Shayx Xovandi Tohur maqbarisidan janubroqqa joylashgan Yunusxon maqbarasi (1487 yilda vafot etgan.) alohida urin egallaydi. Uning gumbazli binosi pishiq g’ishtdan kurilgan madrasa va machit ham bulgan.
Hozirgi Samarkand darvozada Nuriddin ibn Said Muhammad Xo’ja (1511 yilda vafot etgan.) maqbarasi qurilgan.
So’nggi vaqtlargacha Qoratosh ko’chasida saqlanib kelgan hammom qoldiqlari usha davr kurilish texnikasi va bezali darajasidan dalolat beradi. Issiqlik o’tkazuvchi kanallarning haddan tashkari balandligi bu hammomning uziga xos xususiyati ekan. Xammomning devorlari vat agi maxsus korishmabilan suvalgan urtasida hovuz bo’lgan. Yechinish va dam olish xonalarining supalari, devorlari rang-barang sopol plitalar bilan qoplangan edi, burchakdagi yumalok xona aholi foydalanishi uchun qurilgan binolarning qiziqarli detallaridan hisoblanadi. Mazkur yodgorlik koldiklarini o’rgangan arxeologik olim M.I.Filanovichning fikriga kura, hammom tor doiradagi kishilar uchun mo’ljallangan bo’dib, XV-XVIII asrlardagi Toshkent Saroy arki binolari katoriga kirgan.
XVI-asrda sug’orish kanallarini tuzatish va yangilarini barpo etish bo’yicha ishlar davom ettirildi. Badriddin Kashmiriy: «1583 yili Jo’ybor shayxning farmoniga muvofiq Toshkentning shimoliy sharkidagi Zaxariq sug’orish kanali qayta tiklandi. Kanalni tiklash ishlarida 300 nafar yaqin qullar qatnashdi deb yozgan.
Shahar aholisi asosan paxsa uylarda isteqomat qilardi. Shu bilan birga moddiy ahvoli og’ir bo’lgan oilalar shaxsiy uylari bulmaganli uchun boylarga tegishli uylarni ijoraga olib yashashga majbur edilar.
Qadimda Toshkentda to’qimachilik sanoati rivojlangan bulib, u mahalliy paxtaga asoslangan edi. In –gazlama matolar ba’zi turlari kuplab mikdorda shahar tashkarisida, ko’chmanchilar yashaydigan chullarda, Rossiya shaharlarida sotilgan.
Zahriddin Muhammad Bobur yozishicha XVI asrda Toshkentda kamon va kamon o’qi yasaydigan ustalarning mahorati butun viloyatga tarqalgan ekan. O’sha vaktlarda kamon va kamon uki yasashmahorati juda kadrlangan.
O’qchi ko’cha nomi ehtimol qadim-qadimlardan ma’lum bo’lsa kerak. O’tmishda bu yerda kamon o’qi yashaydiganustalar yashaganligidan bu ko’cha shunday atalgan.
1590 yil 20 mayda tuzilgan hujjatda usta Abul Hirgohtarosh nomi qaydetilgan. Olimlarning fikriga ko’ra, xirgohtaroshlar yuqori tabaqa vakillari chodirlarining ustunlarini yasaydigan mutaxassislar bo’lgan. Bunday chodirlarning devorlari ikki xil mato-ichki tomondan shoyi mato, tashqarisidan brezentga o’xshash dag’al mato bilan o’ralgan. Bunday chodirlar zodagonlar ovga, dam olishga chiqqanlarida, uzoq muddatli harbiy yurish qilganlarida tayyorlangan, bo’lishi mumkin.
Toshkentda kulolchilik ham rivojlangan bo’lib, Ko’kaldosh madrasasi va Shayxontohur dahasida arxeologik kazishlar jarayonida Toshkentlik kulolar tayyorlagan mahsulot namunalari topilgan.
A.A.Semyonov qayd qilganidek, Toshkentda katta mis rastasida ustalar idishlar tayyorlab sotganlar. Shuningdek mazkur rastada boshqa shaharlarda tayyorlangan mis buyumlari ham sotilgan. Pul maydalaydigan sarroflar uchun katta kosalar sotilgan.
Odatda katta kosalarga chaqa va kumush tangalar, kichik kosalarga esa oltin tangalar solingan.
Shaharda ko’plab bozorlar bo’lib, bu yerlarga qo’shni viloyatlardan kishilar oldi-sotdi ishlari bilan kelganlar. Bunday munosabatlar ba’zida bozor nomida o’z aksini topgan. Masalan, Qozoq bozor. Bu bozorda asosan ko’chmanchilar tayyorlagan mahsulotlar sotilgan. Toshkentdan qo’shni viloyatlarga turli-tuman mollar: qora tariq, darmon (dori), novshadil, mo’yna, shuningdek, asirlar ham bo’lgan.
Hunarmandlarning asosiy qismi o’z mutaxassisliklari bo’yicha maxsus mahallalarda yashaganlar. Bizgacha yetib kelgan anna shunday mahalla nomlaridan qo’yidagilarni keltirish mumkin: Degrez mahalla, Kulolgaron, Zargarlik, Maxsiduz, Pichoqchi, Parchabof, Taqachi, Temirchi, charxchi, O’qchi va xakazo.
Yirik savdogarlar Toshkent aholisining ma’lum qismini tashkil etgan. Ular ko’tara savdo bilan shug’allanib, boshka shaxarlarga savdo ishlari bilan borganlar. Ular muhofaza yorlig’i bilan ta’minlangan.
Shaharlarda ruhoniylar ham katta rol uynaganlar. Shahardagi mulklarni kupgina qismi ruhoniylarga tegishla edi.
Afsungar-yadachilar jamiyat hayotida ma’lum rol uynaganlar. Ular «afsun o’qib, yomg’ir yog’dirish qobiliyatiga egamiz» deb da’vo qilganlar. Ayni vaktda ular kasallarni davolashi ham mumkin edi. Yuqori tabaqa vakillari uchun Toshkent chekasidagi Kaykovus bog’ida maxsus shifoxona qurilgan edi. Toshkent hokimiga tobe bo’lgan aholidan afsungar-yadachilar usun maxsus «yadachi» solig’i undirilgan.
Dostları ilə paylaş: |