1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə30/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Samarqand.
Abdullaxon II o’limidan (1598) va uning o’g’l Abdulmo’min vafotidan keyin Shayboniylar davlati chuqur inqirozni boshidan kechirdi. Buxoro xonligida siyosiy hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo’liga o’tadi. Bu sulola hukmronligi davrida ham Samarqand mamlakatdi yuz bergan siyosiy jarayonlarda muhim o’rin tutdi.
XVII asrning I chi yarmida shahar tarixi Yalangtush-biy Baxadur faoliyati biln bog’liqdur. Manbalarga ko’ra, 1685 yilda Xiva zadagonlari Samarqand bosib olib va uni talon-taroj etdilar.
Malexo-i Samarqand yozishicha, xazina bo’shab qolgach, Subxon-Quli-xon (1680-1702) o’z qo’shinini ta’mirlash uchun savdogarlarga soliq solgan. Samarqand aholisi nochor ahvolda qolib ocharchilikn boshdan kechirdilar.
XVIII asrning 1-chi yarmida Buxoro xonligidagi zodagon-byurokratiya appratiyasining og’ir zulmi, poraxo’rlik, ikkizlamachilik va boshqa illatlar yuqori nuqtaga ko’tarildi. Manbalarda, mehnatkash aholining og’ir ahvoli, huquqsizligi, ularning gardaniga o’zaro feodal urushlarning og’ir yukki tushdi. Mana shular bilan boglik holda Samarqand XVIII 20-30 yillarda og’ir inqirozni boshdan kechirdi.
Zadagonlarning og’ir eksplutasiyasi natijasida 1709 yilda Samarqand mehnatkashlari ubaydullaxonning zulmkor hokimiyatiga qarshi qo’zg’alon ko’tardilar. Qo’zg’alonga bahona bo’lib, 1708-1709 yillarda ayirboshlashga kiritilgan sifatsiz tangalar bo’ldi.
1709 yil mayda Ubaydullaxon qo’shinga bosh bo’lib Samarqandga keldi, qo’zg’alonni shavqatsizlarcha bostirdi.
O’rta Osiyo xonliklaridagi XVIII asrning 1-chi yarmidagi hokimiyatdagi ahvol, xususan Samarqand viloyatida shafqatsizligi bilan ajralib turgan. Masalan, shunday Samarqand hukmdorlaridin biri Farhod-biydir (1711-1713).
Ibrohim-biy kenagas qabilasining kurashlari oqibatida, 1722 yilda Samarqandni egallab oldi. Hokimiyat uchun sulolaviy kurashda, ya’ni Ashtarxoniylar (Abul Fayzxon) va Mang’itlar (Muhammad Hakimbiy boshchiligida) o’rtasidagi kengashlar Samarqand taxtiga Rajab sultonni o’tqazdilar. 1723 yilda Radjab-Sulton Buxoroga qarshi yurish qildi. Uning taklifi bilan Samarqand viloyatiga kelgan ko’chmanchi qabilalar ekinzor, bog’larni payhon qilib, odamlarni talab, asir qilib olib ketdilar 1725 yil Radjab o’ldirildi.
Yetti yil mobaynida (1723-1729) Samarqand viloyati vayrona etildi, talandi. Samarqand aholisi Hissor, Farg’ona, Buxoro yuqori yuqori Zarafshonlarga qochdilar. Lekin ularning ko’pchilik qismi o’z hohishidagi-yaxshi joyni, topa olmadilar, ko’pchiligi ochlikdan o’lib ketdilar. «Oddiy halq o’z bolalarini ham sotishga majbur bo’ldi, boshqalari esa ochlikdan o’lib ketdilar»-dedi XVIII asrdagi dahshatli ochlik to’g’risida F.Benevini.
1730 yildan boshlab Samarqand arkida odamlar yig’ilib xarobalar ichida o’zalariga uylar qura boshladilar. Shahar hududida odam to’liq joylashmagan edi, va 10 yil o’tib, bo’shibqolgan Registon madrasalariga ko’chmanchilap qishda o’z chorvalarini qo’ydilar .
Buxoro xonligining siyosiy inqirozidan Eron shohi Nodir-shoh (1736-1747) foydalanib, bostirib keldi. U Lutfi Alixonni Samarqandga yuborib, «u yerdan Temur qabridagi tosh bilan birgalikda 7 ta metal qotishmasidan iborat Bibi machitidagi ikala darvozani ham olib kelishni buyurdi».
Abu Tohir Xo’janing ma’lumotiga 1748 yilda Buxoro hukumati Samarqandni «tartibga solish»da chora-tadbirlarni amalga oshirdi. XVIII asrning 60-70 yillarida Buxoro xonligini markaziy hokimiyati Samarqand viloyatini yana-yana o’ziga bo’ysundirishga majbur bo’ldi.
Bo’lajak Buxoro amiri, Shahmurod (1785-1800) Samarqand hukmdori bo’lgan chog’ida, «o’zini halqqa oddiy darvesh sifatida va dinga berilgan qilib ko’rsatishga» harakat qildi.
XIX-asr 1-chi yarmida Buxoro, Qo’qon va Xiva xonliklari o’rtasida o’zaro qo’shni xududlar uchun kurash davom etardi.
XIX-asr o’rtalarida Samarqand ma’muriy jihatdan 4-qismga bo’lingan edi: Qalandarxona, Suzangaron, Xayrabod va Xo’ja Axror.
Ma’muriy markaz – ark bo’lib, siyosiy hayotdagi markaz – Registon maydoni, savdo markazi esa-Chorsu hisoblangan. Har to’rttala hokim ham Buxoro noibiga bo’ysungan, noib o’z navbatida – Buxoro amiriga tobe bo’lgan. Bu vaqtda shaharning olti darvozasidan to’rttasi avvalgi nomlar bilan atalmaydigan bo’ldi. Xususan, Korez-goh darvozasi Xo’ja-Axror deb, Firuza-Qalandarxona deb, Oxanin-Hazrati Shohizinda, Hayrobod-Paykavak deb nomlandi. Qoganlari esa oldingi nomini: Suzangaron va Buxoro darvozalari saqlanib qoldi.
XIX-asr o’rtalarida Samarqandda yana shahar hayoti qaynab bordi. Haftada ikki bor-yakshanba va chorshanba kunlari katta bozor hisoblangan.
Shahar uy-joylar planirovkasi XIX-asr oxiriga qadar, o’sha holati saqlanib qoladi.
Shaharda ham qishloqladagi singari yerlar asosan, zadagonlar qo’lida to’plangan edi.
Yerlar: davlat, mulk, xususiy va vaqf yerlariga bo’lingan edi.
Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan.
Murakkab siyosiy voqyealar mobaynida poytaxt shahar mavqyei Buxoroga borilsada, Samarqandda hokimiyat tepasiga kelgan oliy hukmdorlarning shaharda joylashgan «ko’k toshga o’tirish» rasmiy marosimi o’tkaziladigan markaz sifatida ahamiyatini saqlab qoldi. XVIII asr boshlarida Mir Muhammad Amin Buxoriy Dune hukmronligini orzu qilgan turli hukmdorlar «Samarqandda ko’k toshga o’tirar edilar», deb qayd qilgan oliy hukmdoring Samarqandda ko’k toshga o’tirish an’anasi XIX asr birinchi yarmigacha ham davom etdi.
Iqtisodiy va savdo markazi sifatida Samarqandda hunarmandchilikning barcha turlari rivojlangan edi. XIX asr boshlariga kelib, o’t ochar qurollarning keng rasm bo’lishi natijasida, bu yerda miltiqlar, to’p o’qi tayyorlangn. XIX asrning 70 yillariga oid ma’lumotlarga ko’ra, shahar bozorida 15 ta ochiq ustaxonada qurol-yarog’ ta’minlanib, ular bu ish bilan mashg’ul «oltita yaxshi usta» mashg’ul bo’lgan.
XIX asr birinchi yarmida Buxoro xonligida porox va to’p o’qi tayyorlanuvchi asosiy markaz Samarqand edi.
XIX asr birinchi yarmida Samarqandda arxiv hujjatlariga ko’ra: 681 ta-to’quvchilik, 200ta-egarchilik, qog’oz va qog’ozli mahsulotlar-40 ta, metalga ishlov beruvchi-30 ta, ipakdan ishlab chiqarilgan mahsulotlar-34 ta, teriga ishlov beruvchi-30 ta, pillakashlik-15, bo’yoqchilik 15 ta, jami-1053 ta ustaxonalar mavjud bo’lgan.
O’tgan oldingi darslarda qayd etib o’tkanimizdek, hunarmandchilikning boshka turi ham rivojlangan edi. Shuningdek shahar atrofidagi qishloqlarda ham aholi hunarmandchilik, asosan, to’quvchilik bilan shug’ullangan. Ularning sharofti bilan, Samarqand sifatli ip- gazlama-olacha markazi hisoblangan. Masalan, Panjobda-ipak matolar (shoxi), sharqiy shahar atrofidagi-Kaftarxonada-chit ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Samarqandda tub aholi – o’zbeklar va tojklardan tashqari, qoraqalpoq, qozoq, turkman, eroni, uyg’ur, yahudalar, lo’lilar, induslar va boshqa millat vakillari yashaganlar.
1820-1821 yillarda Buxoro xonligiga sayohat qilgan rus sayohatchisi Ye.K.Meyen dorfning yozishicha, Samarqandda 50.000 ming aholi istiqomat qilgan, boshqa manbalarda esa 30.000 m aholi yashaganligi qayd etiladi. Xususan, Qalandarxona qimida 17 ta mahalla, suzangaron qismida-9 ta, Xayrabodda-16 ta, Xo’ja-Ahror qismida-15 ta maxala guzarlari bor edi. Tarixi bilan birga turli xil tarixiy iqtisodiy-ijtimoiy holati bilan. Xususan, mashhur shaxslar nomi – Faqih Abullaysi (X asrning taniqli olimi) mahallasi, yoki aholi kasb kori bilan bog’liq holda, Zargaron bu yerda-zargarlar, so’zangaron igna tayyorlovchilar, Charmgaron-ko’nchilar, Sharbatdor-turli xil ichimliklar tayyorlaydigan, aholisi boshqa yerdan ko’chib kelganlar-Toshkandi, Urguti, Xo’jandi, Koshkari va hakazolar; ba’zi mahallalar arxitektura yodgorliklari bilan bog’liq holda, Ruhobod, Ko’kmachit, Xonaqo, Go’ri Amir va hakazolar sug’orish va qurilishlari bilan bog’liq-Obimashad, Kulobod, Qush-hovuz va hakazolar. Manna shular jumlasidandir.
XVII asrga kelib Samarqandda, arxitektura yodgorliklari qurila borildi: Qozi Saqi madrasasi (1614 yil) sayid-Ahmad Xoji madrasasi (1637), Namozgoh yoki Idgoh (1618-1642 yil), sherdor madrasasi (1619-1631yy). Madrasa peshtoqiga ishlangan sher, uning bel qismida odam yuzli quyosh va orqasiga qarab hurkib borayotgan ohu tasvirining mavjudligi bilan izohlash mumkin. XIX asr manbalarida bu madrasa madrasai Kalon deb ham yuritilgan.

Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin